69
1-rulbo’ylama siljishini sozlash: 1-pastki qopqoq; 2- karteri; 2-plunjer; 3-zichlash-tirish
xalqasi; 4- rul mexanizmi; 3-sozlovchi qistirma; b) prujina; 5-sozlovchi tiqin; 6-
chegaralovchi chervyakni rolik bilan ilashish tirqishini sozlash: gayka 1-sozlovchi vint; 2-
shayba; 3-chegaralovchi gayka
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYa, ESPERO, MERSEDES-BENS va boshqa
turdagi avtomobillar rul mexnizmining gidrokuchaytirgichiga DEKSRON-II yoki shu sinfga
mansub transmissiya moylari quyiladi.
Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash ularning detallarini almashtirish hisobiga
amalga oshiriladi. Detallarning eyilgan joylari, masalan, soshka vali bo’yinlari xromlash yo’li bilan
tiklanadi, val ohiridagi rezba yo’nib tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba ochiladi. Rul
mexanizmi karteridagi podshipnik o’rnatiladigan uyaning eyilgan joylari yo’niladi va polat halqa
presslab o’rnatiladi.
Ta’mirlash vaqtida tarangligi pasaygan va singan prujinalar, sharsimon barmoqlarning
eyilgan ichqo’ymalari, bo’ylama va ko’ndalang tortqi barmoqlari almashtiriladi. Egilgan rul
tortqilari sovuq holda yoki 800°S haroratgacha qizdirib to’g’rilanadi.
Tormoz tizimining asosiy nosozliklari. Bunga friksion qoplamalar va tormoz
barabanlarining (disklarining) eyilganligi, tormoz kuchi sozlagichining noto’g’ri ishlashi,
gidroyuritmali tormoz tizimida rezinali manjetlarning eyilishi va shishib ketishi, tsilindr, porshen,
pnevmatik tormoz tizimida esa tormoz va himoya klapanlarining eyilishi, tormoz kamerasidagi
diafragmaning teshilishi, quvvat akkumullyatorlari manjetlarining ishdan chiqishi misol bo’ladi.
Tormoz tizimiga xizmat ko’rsatish ishlari asosan 1-TXK, 2-TXK va MXK davrlarida
bajariladi.
1-TXK da tormoz tizimi bo’yicha barcha birikmalar va truba o’tkazgichlarning jipsligi,
kompressor hosil qiluvchi bosim, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarning joyiga
qotirilishi, tormoz tepkisining erkin va ishchi yurishi tekshiriladi.
2-TXK da 1-TXK dagi ishlar bilan birgalikda tormoz barabanlari (disklari), kolodkalar,
g’ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko’p konturli pnevmatik
tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi tekshiriladi.
Qo’shimcha ravishda kundalik xizmat ko’rsatish vaqtida ballonlardagi kondensat to’kiladi,
kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida
bosim sozlagichdagi filtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich
tayyorlanadi(harorat +5°S dan pasayganda nam ajratgich ushlagichini yuqori holatiga qo’yiladi).
Quyida biz gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimlari bo’yicha bajariladigan texnik
xizmat ko’rsatish ishlarini alohida-alohida ko’rib chiqamiz.