67
IShLARI TEXNOLOGIYaSI
REJA
1.Rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari, ularga diagnoz
qo’yish, sozlash, moylash va mahkamlash ishlarini bajarish texnologiyasi.
2.To’xtatish tizimi, uning turlari, uchraydigan asosiy nosozliklari va ularning alomatlari.
To’xtatish tizimiga qo’yiladigan asosiy talablar. Gidravlik, pnevmatik, pnevmogidravlik tizimlariga
TXK va JT texnologiyasi. To’xtatish tizimiga diagnoz qo’yish usullari va qo’llaniladigan jihozlar.
Rul boshqarmasining asosiy nosozliklari. Rul mexanizmi karteri,
ml chambaragi va
kolonkasining bo’shab qolishi, mexanizm va chervyak jufti, reyka va tishli valning eyilib ketishi
asosiy nosozliklar hisoblanadi. Gidrokuchaytirgichli rul boshqarmalarida, yuqoridagi
nosozliklardan tashqari, nasos idishida moyning me’yoridan kam yoki ko’p bo’lishi, tizimda havo
va suvning yig’ilishi, nasos ishlamay va filtrning kirlanib qolishi, moyning sizib chiqishi, nasosdagi
himoya va o’tkazish klapanlari nosoz ishlashi, nasos uzatmasi tasmasining me’yor bilan
tortilmasligidir.