• Asosiy va kardanli uzatmalarga TXK.
  • Uzatmalar qutisini ta’mirlash




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Uzatmalar qutisini ta’mirlash. Avtomobilning oldinga yurish uzatmasi shovqin bilan ishlab,
    uzatmalar yaxshi qo’shilmay qolganda (bu sixronizator halqasining ishga yaroqsiz bo’lib qolishidan
    kelib chiqadi), sixronizator muftasi tishlarining tashqi, yonbosh sirtlari, podshipniklar, vallar
    eyilganda, shesternya tishlari singanda joriy ta’mirlanadi. Eyilgan detallar holatiga qarab, (birikish
    jufti bilan) almashtirilib, ta’mirlanadi. Detallarni almashtirish uzatmalar qutisi uzoq muddat
    shikastlanmay ishlashini ta’minnlaydi va natijada ta’mirlashga kam mehnat sarf etiladi. Uzatma
    shesternyasining sinxronizator gupchagi va boshqa detallarini echib (chiqarib) olishda maxsus
    asboblardan foydalaniladi.
    Asosiy va kardanli uzatmalarga TXK. Kardanli va asosiy uzatmalarni avtomobil
    harakatlanayotganda nazoratdan o’tkaziladi. Bunda transmissiyada aylantiruvchi momentni uzatish
    tartibi tortishdan tormozlanishga yoki aksincha o’zgarganda, begona shovqinlar va taqillashlar
    kuzatilmasligi lozim.
    Kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatishda kardanli birikma flanetslarining
    mahkamlanishi tekshiriladi va tortib qo’yiladi. Xizmat ko’rsatishda kardan sharnirlarining
    podshipniklari va vallarning shlitsali birikmalari moylanadi. Buning uchun № 158, US—1 va boshqa
    moylash materiallari ishlatiladi.
    Engil avtomobillarning kardan sharnirlari transmission moyda, Litol—24, plastik moylash
    materialida yoki tayyorlovchi zavod ko’rsatmalariga mos keladigan boshqa materiallar bilan
    moylanadi. Moy kardan krestovinasiga maxsus shpris yordamida yuboriladi. O’tkazish klapani
    yonidan yoki podshipniklarning salniklari ostidan moy sizib chiqquncha yuboriladi. Agar
    avtomobilga moy to’ldirilishi nazarda tutilmagan kardan sharnirlar o’rnatilgan bo’lsa, moylash
    ishlari faqat qismlarga ajratilganda amalga oshi-riladi.


    66
    Etaklovchi ko’prik karteridagi moy sathi 2-TXK da tekshiriladi va moy quyish teshigining
    qirrasigacha to’ldiriladi. Moyni to’liq almashtirish moylash haritasiga muvofiq va ish mavsumi
    o’zgarganda amalga oshiriladi. Etaklovchi ko’prik karteridagi moyni almashtirish jarayoni xam
    transmissiyaning boshqa agregatlari uchun qabul qilingan texnologiya asosida bajariladi.
    Agar asosiy uzatmadagi etaklovchi shesternyaning ilashishidagi bo’ylama tirqishi ruxsat
    etilgan qiymatdan orta boshlasa, konussimon podshipniklar rostlanadi. Rostlash zavod
    ko’rsatmasiga binoan bajariladi yoki kardan val flanetsi ajratiladi, yarim o’qlar sug’uriladi, asosiy
    uzatma karterini mahkamlovchi boltlar bo’shatiladi va etaklovchi shesternya yig’ilgan holatida
    sug’urib olinadi. Etaklovchi shesternya stakani tiskiga o’rnatiladi, Mahkamlash uzeli qismlarga
    ajratiladi va podshipnik ostidagi qistirmalarning qalinligi o’zgartiriladi, so’ngra yig’iladi va birikma
    mahkamlash darajasi dinamometrda tekshirilgan holda mahkamlanadi. Asosiy uzatma
    shesternyalari ilashishidagi tutashish va yon tirqish faqat ta’mirlanganda rostlanadi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish