63
vaqtida shovqinlarga sabab bo’ladi. Almashlab ulash mexanizmining ayrisi yoki kallagidagi
boltlarning bo’shab ketishi, fiksatorlarning qadalib qolishi, shesternyalar, podshipniklar va vtulkalar
eyilishi oqibatida uzatmalarni ulash kiyinlashadi. Sinxronizator muftasi va shesternyalar tishlarining
yon tomonida hamda ishchi yuzalaridagi eyilishlar uzatmalarni to’liq ulanmasligi, fiksator
prujinalarining bo’shashib qolishi tufayli uzatmalarning o’z-o’zidan uzilib qolishi sodir buladi.
Uzatmalar qutisidagi shovqin esa vallar podshipniklari hamda shesternya tishlarining ishchi
yuzalaridagi eyilishlar va sinishlar, moy sathining pasayishi natijasida kelib chiqadi.
Asosiy va kardanli uzatmalar, differensial, yarim o’qlar va teng burchak tezligiga ega
bo’lgan sharnirlardagi nosozliklar. Nosozliklar ularga vaqtida texnik xizmat ko’rsatmasdan uzoq
muddat ishlatish yoki sifatsiz TXK oqibatida yuzaga keladi. Asosiy uzatma va differensialdagi
nosozliklarga shesternya tishlari, differensial krestovinasi va podshipniklarning eyilishi yoki sinishi,
shuningdek, asosiy uzatma salniklari jipsligining buzilishi misol bo’ladi. Ularning hammasi
harakatlanish chog’ida orqa ko’prik karterida shovqinning kuchayib ketishi bilan namoyon buladi.
Avtomobil o’rnidan qo’zg’alayotganda, burilayotganda yoki harakatlanayotganda taqillashlar
hamda zarblarning mavjudligi kardanli uzatmalar yoki teng burchak tezligiga ega bo’lgan
sharnirlardagi nosozliklardan darak beradi. Bu nosozliklar krestovina o’qlari va sharnir
kosachalarining ko’p eyilishidan yuzaga keladi, Kardan vauining muvozanati buzilsa,
transmissiyada kuchli titrash va shovqinlar hosil bo’ladi. Yarim o’qlardagi asosiy nosozliklar esa
ular shlitsalarining eyilishidandir.