• 9-MAVZU AVTOMOBIL TRANSMISSIYaSIGA TXK VA TAMIRLASh IShLARI TEXNOLOGIYaSI REJA
  • Ilashish muftasi nosozliklari
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Tayanch iboralar
    1. AKB nosozliklari
    6. Tranzistorli-kontaktsiz o’t oldirish tizimiga
    TXK
    2. AKB ga TXK
    7. Uzgch taqsimlagichga TXK
    3. O’t oldirish tizimiga TXK
    8. Sham, rele-sozlagich va o’t oldirish g’altagiga
    TXK
    4. O’t oldirish tizimi nosozliklari
    9. Generatar turlari va ularga
    TXK 5.Tranzistorli-kontaktli o’t oldirish tizimiga TXK
    10. Starterga TXK
    9-MAVZU AVTOMOBIL TRANSMISSIYaSIGA TXK VA TAMIRLASh IShLARI
    TEXNOLOGIYaSI REJA
    1. Transmissiyadagi asosiy agregatlar (ishlash muftasi, uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi,
    kardanli uzatma va orqa ko’prik, asosiy uzatma va h.k.) bo’yicha uchraydigan nosozliklar va
    ularning alomatlari.
    2.Transmissiya agregatlarini diagnostikalash, TXK va joriy ta’mirlash ishlari texnologiyasi.
    Bizga ma’lumki, avtomobil transmissiyasining asosiy agregatlariga ilashish muftasi,
    kardanli uzatma, shesternyali yoki gidromexanik uzatmalar qutisi, taqsimlovchi quti va etaklovchi
    ko’prik (asosiy uzatma va differensial) kiradi. Avtomobillarning transmissiyasi agregatlari barcha
    nosozliklarning 1 0 ... 15% ni va texnik xizmat ko’rsatishdagi umumiy mehnat hamda materiallar
    sarfming 40% ini tashkil etadi.
    Transmissiva agregatlarining asosiy nosozliklari. Transmissiya agregatlaridagi nosozliklar
    avtomobilni ekspluatatsiya qilish jarayonida, shuningdek, ayrim detallar rostlanishining buzilishi,
    eyilishi yoki sinishi oqibatida vujudga keladi. Agregatlarning boshlang’ich holatini tiklaydigan
    rostlash ishlarini bajarish yoki ayrim detallarni almashtirish natijasida nosozliklar bartaraf etiladi.
    Ilashish muftasi nosozliklari. Nosozliklar ko’pincha uning to’liq ulanmasligi yoki to’liq
    ajralmasligi natijasida kelib chiqadi. To’liq ulanmaslikda aylantiruvchi moment dvigateldan to’liq
    uzatilmaydi, ilashish muftasining tepkisi quyib yuborilganda avtomobil o’rnidan juda sekin
    qo’zg’aladi yoki umuman qo’zg’ala olmaydi, ilashmadagi etaklanuvchi disk esa juda tez eyiladi va
    qisqa muddat ichida ishdan chiqadi.
    Ilashmaning to’liq ajralmasligi tufayli uzatmalarni ulash chog’ida metallarni zarbli va
    qiyinchilik bilan qo’shilishi kuzatiladi hamda richagga ko’proq kuch bilan ta’sir etish talab etiladi.
    Bu nosozliklarga ilashmani ajratish yuritmasi rostlanishining buzilishi, etaklanuvchi diskka moy
    tegib qolishi yoki eyilishi sabab bo’ladi. Ilashmasi gidroyuritmali bo’lgan avtomobillarda esa
    gidroyuritma tizimiga havoning kirib qolishi yoki tizimdan suyuqlikning qisman oqib ketishi
    ilashmaning nosoz ishlashiga sabab bo’lishi mumkin.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish