• O’t oldirish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish.
  • O’t oldirish tizimiga TXK




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    4. O’t oldirish tizimiga TXK. TXK jarayonida diagnostikalash, maxkamlash, moylash va
    sozlash ishlari bajariladi.
    O’t oldirish tizimini diagnostikalash. Diagnostikalashda elektron-nur trubkali qo’zg’almas
    motor-testerlardan, hamda elektron avtotesterlardan (sonli aks ettiruvchi) foydalaniladi.
    Motor-tester va elektron avtotestr yordamida aniqlangan ko’rsatkichlarni me’yoriy
    ossillogrammalar bilan taqqoslab, o’zgaruvchan tok generatori, kondensator va o’t oldirish
    g’altagining birlamchi sim chulg’ami holati, taqsimlagich kontaktlari orasidagi tirqish va uning
    holati, o’t oldirish chaqmoqlaridagi kuchlanish va o’t oldirish g’altagining ishlash qobiliyatini
    aniqlab beradi. Hozirgi vaqtda motor-testerlarning ikkinchi avlodi bo’lgan mikroprotsessorli
    tizimga asoslangan avtotesterlardan keng foydalanish diagnostika jarayonini to’liq avtomatlashtirish
    imkonini beradi.
    O’t oldirish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish. Taqsimlagichni davriy ravishda moylab
    turish, uning kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va rostlash, detallarning holati hamda
    tozaligini kuzatib borish lozim.
    Xizmat ko’rsatish vaqtida taqsimlagichning mahkamlanganligi tekshiriladi va zarur bo’lsa,
    yana mahkamlanadi. Bundan avval o’t oldirish onining to’g’ri o’rnatilganligini tekshirish lozim.
    Taqsimlagich qopqog’i echib olinib, uning ichki va tashqi sirtlari kirdan tozalanadi.
    Uzgich kontaktlari orasini moy qoldiqlari va changdan benzin shimdirilgan zamsh materialida
    tozalash kerak.
    Kuygan kontaktlarni maxsus abraziv plastina yoki donadorligi 150 bulgan mayin oynasimon
    jilvir bilan tozalash zarur. Kontaktlarni tozalashda ularning yuzasida paydo bo’lgan do’nglik va
    chukurliklar tekislanishi lozim. Ularni to’liq tekislash tavsiya etilmaydi.
    Kontaktlar tozalangandan so’ng ularni havo bilan puflash, so’ngra benzinda engil namlangan
    zamsh bilan artish va kontaktlar orasidagi tirqishni sozlash lozim.
    Harakatlanuvchi kontakt o’z o’qida qadalib kolishini tekshirish uchun richagni barmoq bilan
    tortib, so’ng qo’yib yuboriladi, richag prujina chertilgandek, tez suroatda dastlabki holatiga qaytishi
    lozim. Agar richag dastlabki holatiga sekin qaytsa, harakatlanuvchi kontakt yoki kontakt yig’masi
    yangisiga almashtiriladi.
    Taqsimlagichdagi markazdan qochma va vakuumli sozlagichlarning ishlashi hamda
    uchqunning bir maromdaligini tekshirishni, shuningdek, kontaktlarning ochiq holatda turish


    60
    burchaklarini o’rnatishni maxsus SPZ-12 jihozida yoki shunga o’xshash jihozlarda amalga oshirish
    darkor. Uzgich o’qining ichquymasi hamda ko’p avtomobillarda qo’llanilayotgan vakuum
    sozlagich podshipnigini davriy ravishda moylab turish lozim.
    O’t oldirish burchagini irgarilatishni tekshirish va sozlash. Bu ishni bajarish siqish taktida,
    ishlamay turgan dvigatelda, porshen yuqori chekka nuqtaga yaqinlashish chog’ida blok va
    shkivdagi (yoki maxovikdagi) belgilarni bir-biriga to’g’ri keltirilib, so’ngra bir uchi kontaktga
    keluvchi simga va ikkinchi uchi massaga ulangan lampochkaning yonish onini aniqlash orqali
    bajariladi. Biroq bu usulda xatolik ±5° gacha etadi. Shuning uchun yakuniy sozlash dvigatel salt
    yurishda ishlab turganida va tezlashayotgan vaqtda tezlik va yuklanishni hamda vakuumli va
    markazdan qochirma sozlagichlar ishini hisobga olib amalga oshiriladi. Agar dvigatelning salt
    yurishida vakuumli sozlagich uzib qo’yilsa, tirsakli valning aylanishlar soni to’satdan tushib ketadi,
    markazdan qochirma sozlagichning yaxshi ishlamasligi dvigatelning tezlik olish qobiliyatini
    susaytiradi.
    O’t oldirish burchagini aniq sozlash ishlayotgan dvigatelda stroboskop yordamida bajariladi.
    Uning ishlash prinsipi qisqa vaqt (0,0002 s) oralig’ida belgilangan onlarda aylanuvchi detalni qisqa
    yorug’lik impulsi bilan yoritilsa, u qo’zg’almas bo’lib ko’rinishiga asoslangan. Shunga asosan
    tirsakli valning kichik, o’rta va katta aylanishlarida o’t oldirish burchagining me’yoriy qiymatlari
    tekshiriladi. Tekshiruv natijalariga ko’ra uzgich-taqsimlagich sozlanadi yoki almashtiriladi.
    Almashtirilgan uzgich-taqsimlagich ustaxonada ta’mirlanadi va ta’mirlash sifati qo’zg’almas
    jihozlar yordamida tekshiriladi.
    5. Elektr jihozlarida, ya’ni generator, tok to’g’rilagich, relesozlagich, starter, elektr simlari,
    o’lchov-nazorat yoritish asboblarida uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari, ularning texnik
    holatini tekshirish, sozlash va joriy ta’mirlash ishlari texnologiyasi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish