• B) Gaz reduktoriga diagnoz qo’yish va unga TXK.
  • Gaz ballonli avtomobillarning ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yish, TXK va ta’mirlash




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    3.Gaz ballonli avtomobillarning ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yish, TXK va ta’mirlash
    ishlari texnologiyasi
    A)Gaz ballonli avtomobillarning ta’minnlash tizimining nosozliklari va ishlamay qolishlari:
    gaz o’tkazgich birikmalari, reduktor va aralashtirgichning nogermetigligi, reduktor klapanining
    shishib qolishi va nogermetigligi, diafragmaning yirtilishi, klapanning va gaz reduktori richagining
    eyilishidan iborat. Gaz tizimi nosozliklarining tashqi belgilariga: dvigatelni o’t oldirishni
    qiyinlashishi, salt yurishdagi bir teks ishlamaslik va dvigatel tirsakli vauining past aylanishlar
    sonidan yuqori aylanishlar soniga o’tuvchanligining kamayishi va siqilgan gaz sizib, tovush
    chiqarayot-ganligi va gaz chiqarayotgan birikmalarning yaxlab qolishi kabilar kiradi. Eng asosiy


    54
    eotiborni gaz reduktorining gemetigligiga qaratish lozim. Reduktorning ichki germetigligi klapan va
    o’rindig’ning ichki yuzasiga mexanik zarrachalarning tushib qolishi hisobiga buziladi. Shuningdek,
    klapan va richag o’rindig’ining smolalanib qolishi, klapanning shikastlanib qolishidan va boshqa
    sabablarga ko’ra, ta’minnlash tizimiga gaz sizib o’tadi va shundan so’ng, gaz apparaturalarida gaz
    bosimining me’yoridan ortib ketishi kuzatiladi. Tashqi nogermetiklik gaz jihozlarining nojipsligidan
    darak beradi va bu gazning tashqi muhitga sizib chiqishiga sababchi bo’ladi. Buning natijasida (gaz
    ballonli avtomobillarga TXK zonasida) gaz to’planib, bu yong’in chiqish va sanitariya nuqtai-
    nazardan havflidir.
    B) Gaz reduktoriga diagnoz qo’yish va unga TXK. 2-TXK vaqtida birinchi va ikkinchi
    bosqich reduktori klapanining yurishi orqali gaz bosimi me’yorida bo’lishi tekshirib hamda rostlab
    turiladi. Reduktorga siqilgan havo yuborilib yoki avtomobil gaz magistrali ulangandan so’ng
    sozlash ishi amalga oshiriladi. Reduktorning birinchi bosqichidagi gaz bosimi (dastlab
    kontrogaykani bo’shatib) gaykadan sozlanadi, ya’ni u buralganda, diafragmadagi prujinaning
    tarangligi o’zgaradi. Rostlash paytida gaz bosimi (avtomobil kabinasi ichidagi peshtoqdan) past
    bosimli manometrdan nazorat qilib turiladi. Suyultiril-gan gaz uchun birinchi bosqichdagi bosim
    0,1 dan 0,2 MPa gacha bo’ladiReduktorning Reduktorning ikkinchi bosqichi bosimi rostlash
    nippelini burash hisobiga o’zgaradi: nippelni burasa, bosim ortadi, aksincha bo’shatsa, bosim
    kamayadi. Ikkinchi bosqichdagi gaz bosimini pezometrda tekshirish uchun, reduktorning yuklovchi
    qurilmasiga shtutser ulanadi yoki shtutserga maxsus qopqoq (ikkinchi bosqich qopqog’i tuynugi
    o’rniga) o’rnatiladi. Dvigatel salt ishlaganda, reduktorning ikkinchi bosqichidagi bosim 0,05¸0,1kPa
    bo’ladi. Ballondagi gaz bosimiga bog’liq holda, yuklanish(nagruzka) ni oshirib, ikkinchi
    bosqichdagi bosim atmosfera bosimigacha yoki 0,01:0,02 kPa gacha, to’la yuklanish (nagruzka) da
    esa, 0,16:0,25 kPa gacha kamaytiriladi. Ikkinchi bosqich klapanining to’g’ri o’rnatilishi diafragma
    shtogining yurish yo’lini (5:6 mm bo’lishi kerak) tekshirib aniqlanadi. Klapanning yurishini rostlash
    uchun magestral ventili ochilib, klapanning rostlash vinti kontrgaykasi (klapan gaz chiqarishni
    boshlaguncha) bo’shatib turiladi. Shundan so’ng (klapandagi gaz sizib chiqishi to’xtaguncha,
    tovushi so’nguncha) rostlash vinti 1/8:1/4 nisbatda buraladi va kontrgayka burab mahkamlanadi.
    Magistral ventil berkitilib, klapanning yurish masofasi (yuqorida aytilganidek) diafragma
    shtogining yurish masofasi kabi tekshiriladi. Reduktorning (birinchi bosqichli) saqlovchi
    (predoxranitelnoy) klapani, chiqarish shtutserini burab (prujina tarangligini o’zgartirib) rostlanadi.
    To’g’ri rostlangan klapan gaz bosimi 0,45 MPa bo’lganda ochila boshlaydi.
    Ta’minnlash tizimiga TXK ning o’ziga xos jihatlari. Avtomobil yo’lga chiqishidan oldin har
    kuni gazda ishlaydigan dvigatel, gaz quvurchalari, naychalarining germetikligi, gaz jihozlarining
    tashqaridan shikastlanmaganligi, kabinadagi magistral ventiuining va rezervdagi ta’minnlash
    tizimining ishlashi tekshiriladi. Avtomobil ishdan qaytgandan keyin ballondagi gaz ventilini
    berkitib qo’yish va gaz tizimida qolgan gazni (yondirib, tashqariga) chiqarib yuborish kerak.
    1-TXK paytida (KXK dan tashqari) reduktorni echib, filtrlovchi elementni tozalanadi,
    magistral va bug’, suyuqlik va to’ldiruvchi vetillarning shtogi rezbasi konsistent moy bilan
    moylanadi hamda gaz tizimi germetikligi (havoning 1,6 MPa) bosimida tekshiriladi va inert gazi
    bilan gaz sizib chiqishi bartaraf etiladi. 2-TXK paytida (yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari), gaz
    apparutaralarining mahkamlanishi, yondirish payti (burchagi) ning to’g’ri o’rnatilishi tekshiriladi.
    Bundan tashqari, gaz reduktori, aralashtirgich va bug’latgich tekshiriladi hamda rostlanadi. Bir yilda


    55
    bir marta gaz apparaturalari taftish qilib turiladi. Ventillar klapani va uyasi (ishchi yuzalari)
    kirlanishdan tozalanib, zarur bo’lsa, bu yuzalar shilinadi va ishqalab artiladi (pritirka). Bug’latgich
    va gaz filtri atseton bilan yuviladi, klapanlar va reduktor prujinasining tarangligi rostlanadi. Zarur
    holda, yaroqsiz detallari almashtiriladi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gaz ballonli avtomobillarning ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yish, TXK va ta’mirlash

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish