• 7-MAVZU. AVTOMOBIL YoNILG’I Ta’minnLASh TIZIMIGA TXK VA Ta’mirLASh IShLARI TEXNOLOGIYaSI REJA
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Tayanch iboralar
    1.Sovutish tizimi nosozligi 2.Sovutish tizimi nosozligi sabablari 3.Sovutish tizimini
    tashxislash 4.Sovutish tizimiga TXK 5.Sovutish tizimini ta’mirlash. Moylash tizimi nosozliklari.
    Moylash tizimi nosozligi sabablari. Moylash tizimini tashxislash. Moylash tizimiga TXK
    10.Moylash tizimini ta’mirlash
    7-MAVZU. AVTOMOBIL YoNILG’I Ta’minnLASh TIZIMIGA TXK
    VA Ta’mirLASh IShLARI TEXNOLOGIYaSI
    REJA
    1. Korbyuratorli motorlarning yonilg’i ta’minnot tizimi.
    a) Ta’minnlash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib
    chiqish sabablari.
    b) Ta’minnot tizimini umumiy diagnostikalash, TXK va T ishlarini bajarish texnologiyasi.
    2. Dizel motorining ta’minnlash tizimi (TT).
    a) TTda uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.
    b) Ta’minnot tizimini umumiy diagnostikalash, TXK va T ishlarini bajarish texnologiyasi.
    3. Gaz ballonli motorning (GBM) ta’minnlash tizimi.
    a) Gaz ballonli avtomobillar ta’minnlash tizimida uchraydigan nosozliklar ularning
    alomatlari va kelib chiqish sabablari.
    b) GBA ning ta’minnlash tizimiga TXK va T ishlarining o’ziga xos hususiyatlari.
    Ta’minnot tizimi mexanizm va birikmalari texnik holati dvigatelning quwatiga va
    iqtisodiga, hamda avtomobilning dinamik sifatiga katta ta’sir etadi.
    Ta’minnot tizimining asosiy nosozliklari germetiklikni buzilishi, yonilg’i baki va
    trubkalaridan yonilg’ini oqishi, yonilg’i va havo tozalagichlarining kirlanishidan iborat.
    1Korbyuratorli motorlarning yonilg’i ta’minnot tizimi.
    A).Karbyuratorli dvigatellar ta’minnot tizimidan kalibirlangan teshik va jiklyorlarning
    o’tkazuvchanlik qobilyatini o’zgarishi, salt yurish jiklyorlarini ifloslanishi, ignali klapan
    germetikligini buzilishi, yonilg’i sathini o’zgarishi, yonilg’i nososidagi diafragmaning teshilishi va
    prujinaning qattiqligini yo’qolishi yonilg’ini ko’p sarf bo’lishiga, hamda dvigatel quvvatining
    pasayishiga sabab bo’ladi.
    Yuqorda qayd qilingan nosozliklar tufayli yonilg’i sarfi va chiqindi gazlar zaharligi oshadi.
    Ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yish ko’rsatkichlari dvigatelni og’ir o’t olishi, yoqilg’i
    sarfini oshishi, dvigatel quvvatini pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar
    miqdorini oshib ketishidan iborat.
    B.Karbyuratorli dvigatellar ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yish diagnoz qo’yish jihozlari
    yordamida yoki ishlash sharoitida bajariladi, tizimning mexanizm va birikmalarini holati ular
    echilgandan so’ng aniqlanadi.


    50
    Ishlash sharioitida ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yishda 1 km tekis yo’lda yoqilg’ining sarfi
    aniqlanadi. Bu ishni tortish sifatini aniqlovchi jihozda ham bajarish mumkin.
    Chiqindi gazlarning zaharliligi dvigatellarni salt yurishida aniqlanadi. Korbyuratorli
    dvigetellar uchun gazoanalizatorlar, dizel dvigatellari uchun dimomerlar ishlatiladi.
    Karbyuratorli dvigatellar chiqindi gazlar tarkibidagi SO gazi salt yurishda (0.6nnom +
    100ayl/min.) 1978 yilgacha chiqqan avtomobillar uchun miqdori 2-3.5 %, undan keyingilari uchun
    esa 1.5% dan oshmasligi kerak.
    Ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yishda avtomobilni yurgazib yoki jihoz yordamida sinash
    usullari qo’llaniladi. Ikkala holda ham avtomobilga maxsus qurilma "sarfaniqlagich" (rasxodomer)
    o’rnatilib, belgilangan rejimdagi yonilg’i sarfi aniqlanadi. Avtomobilni sinashdan avval to’liq 2-
    TXK hajmidagi ishlarni bajarish zarur.
    Ta’minnlash tizimiga diagnoz qo’yish ishlarining majmuasi quyidagilardan iborat bo’lib,
    dvigatel salt ishlaganda, tirsakli valning eng kichik aylanishlar soni bilan ravon aylanishi
    tekshiriladi va sozlanadi; karbyuratorning qalqovuchli kamerasidagi yonilg’i sathi va ignasimon
    klapanning germetikligi tekshiriladi hamda, tezlatish nasosining ishlashi sozlanadi, jiklyorlarning
    o’tkazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi, karbyurator kirdan va smolalardan tozalanadi. Dvigatel salt
    ishlaganda, karbyuratorni kichik aylanishlar soniga sozlash uning ravon va iqtisodli ishlashini
    ta’minnlab turadi.
    Karbyuratorni sozlashdan avval dvigatelning sovutish tizimidagi suyuqlik harorati 75-80°S
    gacha qizdirilib olinadi va o’t oldirish tizimi to’liq nazoratdan o’tkaziladi. Karbyuratorni
    kallektorga o’rnatish jipsligi va yonilg’i kirituvchi kanallar germetikligi tekshiriladi. Undan so’ng
    dvigatelni salt ishlashga moslab sozlash ishlari quyidagi tartibda bajariladi: sifat, sozlash vintini
    ohirigacha qotirib, so’ngra 1.5 - 2 marotaba aylantirib bo’shatiladi va drosselning tayanch vintini
    yoki miqdor vintini burab teks ishlashga erishiladi. Yana sifat vinti buralib dvigatelni eng katta
    aylanishlar sonidagi ravon ishlash rejimiga keltiriladi va miqdor vinti orqali kichik ravon
    aylanishlar soni sozlanadi. Bu jarayon bir necha marta qaytarilib, dvigatelni eng past aylanishlar
    sonida ravon ishlash holatiga keltiriladi. So’ngra drossel birdaniga ochilib hamda berkitilib,
    karbyurator ishlashi tekshiriladi. Bunda dvigatel o’chib qolmasligi zarur. Dvigatelning tirsakli
    valini eng kichik va bir teks ishlashiga erishilgandan so’ng, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod
    oksidi miqdori tekshiriladi va sozlanadi.
    Karbyuratordagi yonilg’i sathini tekshirish va sozlash. Ko’pchilik karbyuratorlada yonilg’i
    sathini tekshirish uchun maxsus tirqish yoki oynakchalar bo’lib, ular orqali sath tekshiriladi.
    Hozirda ishlab chiqarilayotgan karbyuratorlarning qalqauchli (po’kakli) kameralaridagi yoqilg’i
    sathini tekshirish uchun karbyuratorni ustki qismini echish va nazorat qilish mumkin. qalqovuchli
    kameradagi yoqilg’i sathini sozlash uchun, qalqovuchning maxsus sozlovchi tilchalaridan
    foydalaniladi. Tilchalar ignasumon klapanlar ustiga o’rnatilgan bo’lib, ular ignaning yurish yo’lini
    (1.2 - 1.5 mm) sozlash orqali kameradagi yoqilg’i sathini me’yoriga keltiradi. qalqovuchni
    germetikligini tekshirish uchun uni o’qidan chiqarib olib, 60-80°S gacha isitilgan suvli ishdishga
    botirib, 1 daqiqa mobaynida tekshiriladi. Bunda, havo pufakchalarining chiqishi qalqovuchda teshik
    joyi borligidan darak beradi. qalqovuch ichiga kirib qolgan yoqilg’ini chiqarib yuborish uchun,
    shikastlangan joy qarshisidan teshiladi va siqilgan havo bilan purkaladi. qalqovuchning
    shikastlangan joyi qalay yoki maxsus kleylar yordamida yamab qo’yiladi.
    Karbyuratordagi jiklyor va purkagichlarning o’tkazuvchanlik holatini tekshirib turish zarur.


    51
    Ularning o’tkazuvchanlik qobiliyati suvning harorati 19-21°S, bosimi 1 metrli suv ustuni
    balandligida dozalash teshigidan 1 daqiqa davomida oqib o’tgan suvning miqdorini o’lchash orqali
    aniqlanadi. Natija aniq bo’lishi uchun sinov 3-4 marotaba takrorolanadi. Jiklyor va purkagichlarni
    tekshirishdan avval atseton yoki oliy navli benzin bilan iflosliklar (kir, yog’ dog’lari, smola
    quyqasi) dan tozalanadi.
    ATK larda korbyuratorni tekshirish uchun NIIAT-489A moslamasi ishlatiladi. U
    korbyuratorni dvigatelda har qanday ishlashini aks ettira oladi. Sinash natijalariga ko’ra ta’minnot
    tizimining kerakli kerakli qismlari bo’laklarga ajratilib, alohida tashxislash ishlari bajariladi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish