|
O’zak podshipniklarining diametral tirqishini tekshirish: 1-podshipnik qopqog’i, 2-nazoratBog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasiO’zak podshipniklarining diametral tirqishini tekshirish: 1-podshipnik qopqog’i, 2-nazorat
plastinkasi
Tirsakli valning o’q bo’yicha siljishini sozlash ishlari ko’p dvigatellarda tayanch
shaybalarini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. ZMZ-53 dvigatellarida orqa tayanch shaybasi va
tirsakli val orasidagi tirqish 0,075¼0,175 mm, ZIL-130 dvigatellarida esa 0,075.. .0,245 mm ni
tashkil etadi. VAZ dvigatellarida esa, siljish (0,08.. .0,23 mm) yarim shaybalar yordamida
sozlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida o’q bo’yicha siljish kattalashib boradi, shuning uchun JT da
shayba va yarim shaybalarning qalinrog’i, ya’ni keyingi ta’mirlash o’lchamdagisi qo’yiladi.
Hozirgi vaqtda ko’pgina ATK va TXKS larda maxsus ustaxonalar bo’lib, u erda tirsakli va
gaz taqsimlovchi vallar ta’mirlanadi. Tirsakli valning eyilgan tayanch va shatun o’matuvchi
bo’yinlari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo’yinlari silliqlash jihozlari yordamida
ta’mirlash o’lchamlariga keltiriladi. Silliqlashdan so’ng tirsakli va gaz taqsimlash vauining
bo’yinlari abraziv lentasi yoki GOI pastasi yordamida tozalanadi. Gaz taqsimlash vauining eyilgan
mushtchalariga maxsus silliqlash jihozlari yordamida ishlov beriladi.
Qaytarish uchun savollar
1. Motorni nazorat-qarov va umumiy diagnostika ishlari texnologiyasi.
2. Porshenni yuqori qismi germetikligi bo’yicha diagnozlash
3. KShM va GTM da uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish
sabablari.
4. KShM va GTM bo’yicha bajariladigan TXK ishlarining mazmuni.
5. KShM va GTM bo’yicha bajariladigan JT ishlarining mazmuni.
Tayanch iboralar
1. KShM ni germetikligi
6. KShM va GTM da sozlash ishlari
2. KShMni komressiyasi
7. Dvigatelni ta’mirlash
3. Dvigateldagi moy kamayishi
8. Porshenni va vkladishlarni tanlash
4. Gazning karterga o’tishi
9. Tsilindrni ta’mirlash
5. Moy ko’rsatgichlari
10.Porshen xalqalarini tanlash
|
| |