• 3.KShM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish.
  • Dvigatel tsilindrlari porshen ustki qatlami zichligini tekshirish jihozining prinsipial shakli




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Dvigatel tsilindrlari porshen ustki qatlami zichligini tekshirish jihozining prinsipial shakli:
    1-tez echiluvchi mufta; 2-kirituvchi shtutser; 3-reduktor; 4-kalibrlangan o’tkazgich; 5-
    manometr; 6-manometr strelkasi dempferi; 7-sozlovchi vint; 8-chiqaruvchi shtutser; 9-ulovchi
    mufta; 10-maxsus shtutser
    Nuqsonlar siqilgan havo tsilindrdan chiqib ketishiga qarab aniqlanadi. Siqilgan havo
    qizdirilgan dvigatelga reduktor-3 va shtutser-10 orqali, mufta yordamida ulangan shlangadan
    yuboriladi. Yuqorida ko’rsatilgan nuqsonlardan birining bo’lishi tsilindr va o’tkazgich-4 orasidagi
    havo bosimi pasayishiga olib keladi, uni manometr-5 ko’rsatadi.
    Siqilgan havo sarfini aniqlashda porshen yuqori chekka nuqtada bo’lishi kerak. Olingan
    ma’lumot me’yoriy ma’lumot bilan taqqoslanadi.
    Shovqin va tebranish. Mexanizmlar ishlash jarayonida tebranish va shovqin hosil bo’ladi.
    Ularning chastotasi, balandligi va fazasi maxsus asbob yordamida aniqlanadi va etalon ko’rsatkich
    bilan solishtirilib, mexanizmning texnik holati aniqlanadi.
    Karterdagi moyning ko’rsatkichlari. Dvigatel detallarining eyilishi, havo va moy filtrining
    ishlash sifati, sovutish tizimining jipsligi, hamda moyning yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi.
    Buning uchun vaqti-vaqti bilan karterdagi moydan namuna olib, qovushqoqligi, tarkibidagi suv,
    kremniy va edirilgan mahsulotlar miqdorini aniqlab turiladi.
    Moydagi metall mahsulotlari miqdori orqali birikmalarning texnik holati aniqlanadi.
    Kremniy miqdorining oshishi -havo tozalagichlarning nosozligini, suv paydo bo’lishi - sovutish
    tizimining nosozligini, qovushqoqlikning kamayishi - moyning yaroqsiz holga kelib qolganligini
    ko’rsatadi.
    3.KShM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish. Dvigatelning buzilishi va unda yuzaga
    keluvchi nosozliklarning oldini olish maqsadida avtotransport korxonalarida kompleks profilaktik
    tadbirlar bajariladi. Bu ishlar diagnostikalash, KXK, 1-TXK, 2-TXK va MXK davridagi dvigatel
    bo’yicha mahkamlash, sozlash va moylash ishlaridir. Shu jumladan, zamonaviy engil avtomobillar
    uchun ham davriy servis xizmati ko’rsatish ishlarini bajarishda yuqorida keltirilgan amallar
    bajariladi. Xizmat ko’rsatish davrida asosiy eotibor mahkamlash va nazorat-sozlash ishlariga
    qaratiladi.
    Mahkamlash ishlarini bajarishdan maqsad – dvigatel birikmalari qotirilganligi va jipsligini
    tekshirishdan iborat (dvigatelning rama tayanchiga, tsilindr kallagi va karterning tsilindrlar blokiga


    40
    va h.k.). Gaz va sovutish suyuqligi sizib chiqmasligi uchun tsilindr kallagining blokka mahkamlash
    momenti tekshiriladi. Bu vazifa avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavod ko’rsatmasiga binoan
    belgilangan ketma-ketlikda(2.12-rasm) bajariladi.
    Dvigatellarda KShM va GTM bo’yicha sozlash ishlari klapan sterjeni-ning yuqori qismi
    bilan turtkichlar yoki shayin(koromislo)lar oralig’idagi tirqishni sozlash, dvigatel tayanchining rama
    bilan birikmasini qotirish, tsilindrlar kallagi va karterni tsilindr bloki bilan birgalikda qotirish
    ishlaridan iborat bo’lib, diagnostikalash ishlari natijasiga ko’ra bajariladi.
    Klapan tirqishlarini sozlash ishlari 2-TXK da yoki zaruratga ko’ra bajarilib, GTM ning
    ravon ishlashi va tsilindrlarning yonilg’i aralashmasi bilan tolishini ta’minnlaydi, gaz taqsimlash
    jarayonini me’yorlaydi, bular, o’z navbatida, dvigatel quwati va kompressiya oshishiga imkon
    yaratadi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dvigatel tsilindrlari porshen ustki qatlami zichligini tekshirish jihozining prinsipial shakli

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish