-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash shakli; b)Moybenzin aralashmasini ajratish




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

2-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash shakli; b)Moybenzin aralashmasini ajratish.
2-rasmda keltirilgan moybenzintutgichga tindirilgan suv loytindirgichdan 1-quvur orqali 2-
qalpoq ostiga quyilib, 3-quduqni to’ldiradi (bu jarayon 4-suv to’kkichning yuqori qirrasigacha suv
to’lguncha amalga oshiriladi). Suv to’kkichdan suv toshib chiqqandan so’ng, 5-quvur orqali
(kanalizatsiya) chiqindi tarmog’iga oqib tushadi. Moy va benzinning solishtirma og’irligi
(aralashma uchun o’rtacha 0,85) kichik bo’lgani uchun, aralashma 2-qopqoqning ustki qismiga
to’planib, quduqdagi suv sathidan toshib chiqadi. qopqoq kallagida to’plangan moy va benzin
aralashmasi, 6-quvur orqali, 7-idishga quyiladi.
Agar ATK markazlashgan tartibda suv manbai bilan ta’minnlanmagan bo’lsa, tashqi muhitni
muhofaza qilish maqsadida, avtomobilni yuvishdan chiqqan suvni tozalab, qayta foydalanish
mumkin. Buning uchun suv oqib tushadigan havzalarga, idishlarga, tozalash qurilmasi o’rnatiladi.
Avtomobillarni yuvishda qaytadan foydalanadigan (zarrachalardan tozalangan) suv kimyoviy
usulda (loyqatib, to’zitib) tozalanadi. Bunday qurilma chiqindi suvini sifatli tozalashni
ta’minnlamaydi, ammo o’rnatish uchun katta maydon talab qiladi. Shuning uchun bundan
samaraliroq hisoblangan "KRISTALL" qurilmasidan foydalanilgan maoqul.
Bu qurilma ishlatilgan suvni turli zarrachalardan, ya’ni qum va neft mahsulotlarinidan
tozalashga mo’ljallangan bo’lib, u filtrlash jarayonini tebranuvchi filtr hisobiga bajaradi.
"KRISTALL" qurilmasining asosiy afzalliklari chiqindi suvlarini sifatli tozalashi, tozalash
qurilmalarini ihchamligi va ish unumi bo’yicha ularning turli xillari mavjudligidir.
4.Avtomobillarni yuvishdan so’ng mexanizatsiya yoki qo’l kuchi bilan quritish-artish ishlari
bajariladi. Masalan, engil avtomobillar sovuq (kam hollarda, iliq) havo purkovchi qurilma
yordamida quritiladi. Bunda havo havotaqsimlovchi quvurlar orqali diffuzorga so’riladi, u
kuzovning ko’ndalang qismi teksligiga nisbatan 65 grad. qiyalikda joylashgan bo’ladi. Diffuzor
havo oqimini elpig’ichsumon purkab turadi. qurilmaga vaqt relesi o’rnatilgan bo’lib, u
shabadalatgichni o’chirib-yoqib turish uchun xizmat qiladi. qurilma ish unumi 30-40 avt/soat bo’lib,
elektromotorning quvvati 22.5 kvt.ni tashkil etadi.
Zanglash, avtomobillar sirtiga havodan nam tushib qolishi, kuzovning ko’rinmas
bo’shliqlarida tomchilar paydo bo’lishi va ularning yig’ilishi natijasida hosil bo’ladi. qish paytlarida
sirpanchiqqa qarshi harakat xavfsizligini ta’minnlash maqsadida sepiladigan tuzlar kuzovning


35
zanglash va chirish jarayonini tezlashtiradi. Kuzov tubi va qanot ostlari iflosliklardan tozalanib va
yuvilib zanglashga qarshi ishlov beriladi. Zanglashga qarshi ishlov berishning bir necha turi bo’lib
ular zanglash jarayonini sekinlashtiruvchilar va zanglashga qarshi qoplam hosil qiluvchilar kabi
turlarga bo’linadilar.
5.Avtomobillarni kabina va tayanchlarini asosiy nosozliklari: qiyshayish, pachoqlanish,
uzilish, zanglash, chirish, boltli va parchinmixli brikmalarni bo’shashib ketishidan iborat.
Ta’mirlash quyidagilardan iborat: zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, tekslash
va yuzalarni silliqlash, qo’shimcha detallar qo’yish, himoya qatlamlarini tiklash.
Zanglash mahsulotlari metall shyotka yoki erituvchi yordamida tozalanadi.
Payvandlashda ko’p hollarda gazli payvandlash turidan foydalaniladi. U qo’l bilan yoki
avtomat ravishda bajariladi.
Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo’shimcha qoplam qo’yiladi va
bu qoplam yirtilgan erdan 20-24 mm chiqib turishi zarur.
Pachoqlangan erlar va qiyshayishlar sovuq yoki qizdirilgan (600-650 °S gaz gorelkasi
yordamida) holda to’g’rilanadi. qizdirib to’g’rilash metall qavat-qavat bo’lib qolganda yoki sovuq
holda to’g’rilab bo’lmay qolganda bajariladi.
Pachoq ikki harakatda to’g’rilanadi. Avvalambor pachoq bo’lgan joy urib chiqariladi.
Chiqarilgan qism markazdan sirtga qarab ustiga mahsus ushlagich qo’yib to’g’rilanadi.
To’g’rilashdan qolgan chuqurliklar temirdan yasalgan formani tagiga qo’yib yog’och yoki
rezina bolg’achalar bilan silliqlanadi.
Qattiq pachoq bo’lgan va tekis bo’lmay qolgan yuzalar kesilib olib tashlanadi va
payvandlanadi. qiyshiqliklar va egilishlar mahsus mexanik kengaytirgich yoki gidropresslar
yordamida to’g’rilanadi.
G’adir-budur bo’lib qolgan yuzalar, payvand choklari maxsus termoplastik massalar (PFN-
12, TPF-37), epoksid kleylari yoki yumshoq kovshanlash bilan silliqlanadi.
Yuza tekislab bo’lmas holatda bo’lsa, ayrim bo’laklari kesib tashlanadi va o’rniga metall
listlardan tayyorlangan bo’laklar payvandlanadi. Yangi qism shablon yordamida tayyorlanadi.
Engil avtomobillar va avtobuslarning kuzovlari yaroqsiz holatiga kelishi, zanglash oqibatida
yuzaga keladi.
Kuzov detallarining uzoq ishlashi avtomobilning yurgan yo’li va yoshiga bog’liq bo’lib, ular
2 guruhga bo’linadi:
- 1-guruh detallari chirishi va ishdan chiqishi avtomobilning ko’rinishinigina yo’qotadi,
lekin baquvvatliligini susaytirmaydi. Bunga oldingi va orqa qanotlar, orqa g’ildirak tepa qismlari,
oldingi qism qirralari kiradi;
- 2-guruh detallarini zanglashi va chirishi avtomobil baquvvatliligini susaytiradi (oldingi va
orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari).
Birinchi guruh detallari ishdan chiqqanida, ikkinchi guruh detallari esa hali baquvvat
bo’lishi, kerak bo’lsa birlamchi detallarni almashtirib avtomobilning tashqi ko’rinishini tiklash
mumkin.
Avariyaga uchragan kuzovlarni to’g’rilash uchun mahsus moslamalardan foydalaniladi, ular
kuzov profili bo’yicha, geometrik o’lchamlariga rioya qilgan holda tortish yo’li bilan o’z holatiga


36
keltiriladi.
Payvandlash ishlarida qalin list metallar uchun elektr yoyli payvandlash qo’llanilsa, yupqa
listlar uchun esa kemping va gazli payvandlash qo’llaniladi.
Kuzov ishlari bo’yoqchilik ishlari bilan chambarchas bog’liqdir. ATK da bo’yoqlash ishlari
mahsus jihozlar yordamida bajariladi.
Eng ko’p tarqalgani bosim ostida bo’yoq sepish (0.3-0.7MPa) bo’lib, u mahsus jihozlar talab
qilmaydi. Buning uchun bo’yoq suyuq bo’lishi zarur. Shuning uchun ko’proq eritgich qo’shilishi
natijasida yuza silliq chiqmaydi.
Hozirda yangi usul, ya’ni bo’yoqni 50-70 °S da isitib 0.15MPa bosim ostida sepish
qo’llaniladi. Bu bo’yoqni yuzaga tekis va qalinroq sepish imkonini beradi va yuza silliq chiqadi.
Kam bo’yoq sarf bo’ladi, ammo bo’yoqni issiq suv bilan isitish zarur bo’lib, isitish anjomi bo’yash
kamerasida bo’lishi kerak emas.
Hozirda yana bir usul, bo’yoqni mahsus jihozlar yordamida 10-30MPa bosm ostida, 0.17-
1.0 mm diametrli sepgichlar yordamida sepish usulidan ham foydalaniladi. Uning kamchiligi, yuza
silliq chiqmaydi, chunki bu usulda plunjerli nasoslardan foydalaniladi.
Bo’yash ishlarining texnologik jarayoni quyidagicha bajariladi: metall yuzani bo’yashga
tayyorlash (zangdan, eski bo’yoqdan yuzani tozalash), shpatlevka surtish (yuzaga surtiladi va
silliqlanadi), gruntovka surtish (GF-021 surtib, 1.5-2.0 soat quritiladi), bo’yash (ML-12, ML-197,
ML-110 turidagi bo’yoqlar sepilib, yuza 130-140 °S da 20 soat davomida, shundan 2 soat changga,
6 soat yopishqoqlikka, 12 soat mustahkamlikka quritiladi).
ATK da avtomobillarni rangi har xil bo’lganligi uchun,kerakli rangdagi bo’yoqni topish
mushkul, shuning uchun kerakli rangdagi bo’yoq tayyorlanadi. Buning uchun rangli xalqadan
foydalaniladi. Uch xil rang, ya’ni qizil, sariq va havo rang boshqa ranglarni hosil qila oladi. Ishlab
chiqarishda mahsus bo’yoq aralashtirgich qurilmalardan foydalaniladi va ranglar spektor analiz
yordamida bo’yoq tanlanadi.
Qaytarish uchun savollar
1. Avtomobillarning kirlanishi, asosiy sabablari va ulardan tozalash usullari.
2. Avtomobillarni yuvish ishlarining mazmuni va yuvish usullari.
3. Avtomobillarni yuvishdan so’ng quritish
4. Ishlatilgan suvdan qayta foydalanish va ularga qo’yiladigan ekologik talablar.
5. Kuzovni va kabinani ta’mirlashda bajariladigan ishlar texnologiyasi.
6. Kuzovni va kabinalarni bo’yash ishlari texnologiyasi

Download 6,46 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash shakli; b)Moybenzin aralashmasini ajratish

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish