• Sovitish tizimiga TXK va T texnologiyasi
  • -MAVZU. AVTOMOBIL DVIGATELNING SOVUTISh VA MOYLASh




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    6-MAVZU. AVTOMOBIL DVIGATELNING SOVUTISh VA MOYLASh
    TIZIMIGA TXK VA TAMIRLASh IShLARI
    TEXNOLOGIYaSI
    REJA
    1. Sovitish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish
    sabablari.
    2. Sovitish tizimiga TXK va JT ishlari texnologiyasi.
    3. Moylash tizimida uchraydigan nosozliklar ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.
    4. Moylash tizimiga TXK va JT ishlari texnologiyasi.
    Sovitish tizimiga TXK va T texnologiyasi
    1. Sovitish tizimining asosiy nosozliklariga: germetiklikni buzilishi, suv nasosi salnigidan,
    patrubka va boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining etarlimasligi, uning
    yorilishi, uzilishi, termostat qopqog’ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining
    sinishi, radiator qopqog’ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik cho’kindi (quyqa)si
    hosil bo’lishi kabilar kiradi.
    Sovitish tizimining nosozliklarini quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa bo’ladi: Dvigatel uzoq
    muddatda, zo’riqib ishlamaganda ham qiziydi, agar oziqlash va yondirish jihozlari noto’g’ri
    sozlangan bolsa, radiator suyuqligi qaynab ketadi. Termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki
    mutlaqo ochiq bo’lsa (dvigatel yurgizilgandan keyin) asta-sekin qiziydi, klapan bordi-yu, kech
    ochilsa, dvigatel tezroq qizib ketadi.
    2.Tizimga TXK va ta’mirlashdan awal diagnoz qo’yilib, uning qizish holati va germetikligi,
    tasmaning tarangligi va termostatning ishlashi tekshiriladi. Dvigatel me’yorida ishlaganda sovitish
    tizimi suyuqligining, harorati 80-95°S chegarasida bo’lishi kerak, radiatorning yuqori va pastki
    qismidagi suyuqlik haroratining farqi 8-12°S oralig’ida bo’ladi. Sovitish tizimi suyuqligining sizib
    oqishini suv nasosining (va boshqa birikish joylarini) ostki qisimlaridagi suyuqlik izlaridan payqash
    mumkin. Buni nazorat qilish dvigatelning sovuq holatida bajariladi. Tizimning (germetikligi)
    jipsligi, radiatorning ustki suyuqlik bilan to’lmagan qismiga kiritilayotgan havo (0,06 Mpa) bosimi
    bilan tekshiriladi. Ventilator uzatmasi, tasmasining tarangligi shkivlarning o’rtasidagi masofada
    tasmani bosib ko’rib (30-40N kuch bilan) tekshiriladi. Tasmaning me’yordagi tarangligi (turli
    xildagi dvigatellar uchun) 10-20 mm bo’lishi kerak. Echib olingan termostat, qizitilgan suvli
    vannaga botirilib, ishlashi tekshiriladi.
    Termostat klapanining, dastlabki ochilishi paytida suyuqlik harorati 65–70°S va to’la
    ochilishida 80–85°S bo’ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur.
    Sovutish tizimi bo’yicha sozlash ishlari, ventelyator tasmasini me’yorigacha tortish,
    shlangalar birikkan joylarini qotirish, kerak bo’lsa, suv nasosi salnigini o’zgartirish va tizimni
    nakipdan tozalashdan iborat. Tizim 0.02-0.03 MPa bosim ostida suv yoki aralashma yordamida
    yuviladi. Tizimning yuvish yo’nalishi, sovitish jarayoniga qarama-qarshi yo’nalishda amalga
    oshiriladi.
    Hakip issiqlik almashtirish jarayonini yomonlashtiradi. Ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatadiki,


    46
    1 mm nakip sovutish intensivligini 25%ga, quvvatni 6%ga kamayishiga va yoqilg’i sarfini 5%ga
    oshishiga olib keladi. Hakip ximiyaviy aralashmalar yordamida yuviladi. Sovutish tizimini sulfat
    kislotasining yumshatgichlari va ko’pik tindirgichlar aralashmasida yuvish yuqori samara beradi.
    Aralashma tizimga to’ldirilib 10-15 minut dvigatel ishlatiladi va 60°S haroratda to’kiladi, keyin
    issiq suv bilan chayqaladi. Kislotani qoldiqlarini neytrallash uchun chayqovchi suvga neytrilizator
    qo’shiladi (soda, 2 xromli kaliy).

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. AVTOMOBIL DVIGATELNING SOVUTISh VA MOYLASh

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish