• Qurilish gipsi.
  • Gidravlik bog’lovchi materiallar. Gidravlik ohak.
  • Tez qotadigan
  • Oq va rangli sementlar
  • Sulfat tasiriga chidamli sement
  • Gidrofob sement
  • Mineral bog’lovchi materiallar




    Download 30.91 Kb.
    Sana01.04.2024
    Hajmi30.91 Kb.
    #184541
    Bog'liq
    Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja
    N0EIFUbesDUysh66QiMrTqjsASqtuTIIpwVQxshQ, 1 topshiriq (1), 2023 йил хатлар хисоботи августгача, 4, Mamarasulov Sharof, 4 mustaqil ish, 2019г, Пед технология жууаплар, 12, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t, Mavzu Realizatsiya (sotish) jarayoni hisobi (1), Mavzu Realizatsiya (sotish) jarayoni hisobi, Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari, Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddala, Zamonaviy pardozbop qurilish materiallari-kompy.info

    Mavzu: Mineral bog‘lovchilar asosidagi qurilish materiallari
    Reja:
    1. Mineral bog’lovchi materiallar
    2. Qurilish gipsi
    3. Gidravlik bog’lovchi materiallar
    Mineral bog’lovchi materiallar
    Mineral yoki anorganik bog’lovchi materiallar kukunsimon bo’lib, mayda va yirik to’ldirgichlar bilan suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil bo’ladi va asta-sekin qotishi natijasida sun'iy toshga aylanadi.
    Bog’lovchi moddalar o’z xossalariga ko’ra quyidagi maqsadlar uchun:
    1) qorishmalar (bog’lovchi modda bilan qum va suv aralashmasi) va betonlar (bog’lovchi modda bilan qum, suv 'va yirik to’ldiruvchi material — shag’al yoki chaqilgan tosh aralashmasi) tayyorlashda,
    2) tosh materiallarni terishda ularni bir-biriga biriktirishda,
    3) pishirilmagan sun'iy tosh materiallar va buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
    Mineral bog’lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
    1. Havoda qotadigan bog’lovchi materiallar. Ohak, gips va kaustik magneziy shular jumlasidandir.
    2. Gidravlik bog’lovchilar. Bunday materiallar faqatgina havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga eta bo’ladi. Masalan, portlandsement, gidravlik ohak, qum-tuproq qo’shilgan sement, putssolan portlandsement, shlakli portlandsement va kengayuvchi sementlar.
    3. Kislotalarga chidamli bog’lovchilar. Bunday bog’lovchilarning qotish jarayonidan keyingi mustahkamligining ortishi kislotalar ta'sirida ham davom etaveradi. Bunga kislotaga chidamli sementlar va eruvchan suyuq shisha asosida olinadigan qorishmalarni misol qilib keltirish mumkin.
    Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo’lgan kalsiy sulfatli cho’kindi'tog’ jinsi — gipsni (SaSO4 2N2O), suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshini (SaSO4) va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog’lovchilar olinadi, 1-nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida SaSO4.2N2O ning miqdori 90%, 2-nav uchun esa 65-% dan kam bo’lmagan tabiiy gips toshi ishlatiladi. Gyps toshi 140—170 °S da ko’p miqdorda suvni yo’qotib, yarim suvli, tez qotuvchan gips (SaSO4 0,5 N2O) ga aylanadi. Bunday bog’lovchi qurilish gipsi yoki alebastr deb ataladi.
    G i p s suv bilan qorishtirilgandan keyin tezda quyuqlashib qoladi. Gipsning qotish jarayonida uning hajmi 1 % chamasi kengayadi. Bu undan me'morchilik buyumlari tayyorlashda, yoriqlarni berkitishda va boshqa maqsadlarda ishlatishga qulaylik tug’diradi. Qurilish gipsi quyuqlanishining boshlanishi 4 minutdan keyin, oxiri esa 6 minutdan 30 minutgacha bo’lishi mumkin.
    Kolloid eritma hosil qiluvchi, yarim suvli gipsning zichligi 2,5—2,8 g/sm3, hajmiy massasi 0,8—1,1 g/sm3 ga tengdir.
    Gidravlik bog’lovchi materiallar. Gidravlik ohak. Tarkibida 8 dan 20% gacha tuproq bo’lgan mergelli ohaktoshni pishirib, gidravlik ohak olinadi. Shaxtali yoki aylanuvchi humdonlarga solingan ohaktoshni 800—1000 °S haroratda pishiriladi va tegirmonlarda tortilib, qurilishga yuboriladi.
    So’ndirib va tuyilib olingan gidravlik ohakni suv bilan qorishtirilgandan so’ng ohak xamiri hosil bo’ladi. Uning quyuqlanish vaqtidan keyingi qotish jarayoni suvda yoki nam ta'sirida ham to’xtamaydi.
    Gidravlik ohakning zichligi 2,2—3,0 g/sm3, hajmiy massasi 500-800 kg/m3.
    Q o’ l l a n i l i sh i. Gidravlik ohakdan tayyorlangan qurilish qotishmalari g’isht terishda, suvoqchilikda, poydevorlarni xarsangtosh bilan terishda ko’p ishlatiladi. Uni ochiq joyda 30 kundan ko’p saqlash mumkin emas.
    Portlandsement ma'lum tarkibga ega bo’lgan tabiiy mergelni yoki ohaktosh va loyni (yoki shlakni) obdan pishirib olinadi. Portlandsement gidravlik bog’lovchi modda bo’lib, uning suvdagi mustahkamligi quruqlikdagi mustahkamligiga nisbatan birmuncha kattadir.
    Kukun qilib tuyilgan portlandsement uzatuvchi trubalar orqali nasoslar yordamida silindr shaklidagi po’lat yoki temir-betondan qurilgan minoraga solinadi. Minorada sement 2—3 hafta saqlangandan keyin maxsus avtomatik tarozilarda tortib (qoplab yo sisternali maxsus mashinada), ishlab chiqarishga yuboriladi.
    Tez qotadigan 600 markali sement bir sutkadan keyin 200— 400 markaga tushib qoladi. Bunday sement hosil qilish uchun klinker tarkibi o’zgartiriladi. Tez qotadigan sement ishlatib, namlab, termik ishlov bermasa ham 1—2 sutka ichida tegishli mustahkamlikka erishadigan beton buyumlar tayyorlash mumkin.
    Oq va rangli sementlar pardoz ishlarida va arxitektura buyumlari tayyorlashda iilatiladi. Oq sement tarkibila temir oksid va marganets oksid kam bo’lgan xomashyodan tayyorlanadi, bunday xomashyo maxsus rejimda pishiriladi. Rangli sement olish uchun oq sementga ishqorga chidamli mineral pigmentlar qo’shiladi.
    Sulfat ta'siriga chidamli sement dengiz suvi ta'sirida turadigan temir-beton konstruksiyalar va qorishmalar tayyorlashga
    ketadi.
    Plastiklashtirilgan sement tayyorlash uchun klinker maxsus qo’shimcha bilan birga maydalanadi. Bunday sementning plastikligi yuqori bo’ladi, undan tayyorlangan qorishma qolipga yaxshi joylashadi, bunday sement qorishma va betonning sovuqqa chidamliligini oshiradi hamda suv o’tkazuvchanligini pasaytiradi.
    Gidrofob sement olish uchun klinker gidrofoblashtiradigan (suv shimdirmaydigan) qo’shimcha bilan birga maydalanadi. Bunday sementni uzoq vaqt (hatto nam muhitda ham) saqlash mumkin; bunda sementning sifati pasaymaydi, u yuqori plastiklikka ega bo’ladi. Gidrofob sement qo’shilgan betonlarning suv shimuvchanligi kam, sovuqqa chidamliligi esa yuqori bo’ladi.
    Mahalliy xomashyodan foydalanib, arzon sementlar tayyorlanadi. Shlakli, ohak-shlakli, ohak-kulli, ohak-putsiolanli sementlar shular jumlasidandir. Bu xil sementlar u qadar muhim bo’lmagan inshootlarga ishlatiladi.
    Download 30.91 Kb.




    Download 30.91 Kb.