• Yonilg’i nasosini tekshirish.
  • Havo filtrini tekshirish.
  • Yonilg’i o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirish




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Yonilg’i o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirish. Yonilg’i o’tkazgich va filtrlarning holati
    tekshiriladi va ularning o’rnatilish jipsliklari, ya’ni zichlanishlari aniqlanadi va zarur bo’lsa
    tozalanadi. TXK davrida rezbali birikmalar mahkamlanadi. Bir yilda bir marta (MX davrida)
    yonilg’i baki yuvilib, yonilg’i o’tkazgichlar siqilgan havo bilan purkab turiladi. Yonilg’i bakidan
    yonilg’ini kerakli miqdorda so’rilishini ta’minnlash uchun, qabul qilish naychasidagi filtr
    tozalanada va bakning qopqog’idagi shamollatish teshigi nazorat qilinadi.
    Yonilg’i nasosini tekshirish. Yonilg’i nasosi TXK davrida nazorat qilinadi va unga xizmat
    ko’rsatiladi yoki bu jarayon o’rta hisobda 5-10 ming km masofa yurilgandan keyin ham bajarilishi
    mumkin. Bu vaqtda uning ichki qismi va filtrlash to’g’ri tozalanadi, shuningdek nasos hosil
    qiladigan eng yuqori bosim va havoning siyraklanishi, klapanlar gemetikligi va ish unumi
    tekshiriladi. Yonilg’i nasosi avtomobilning o’zida yoki echib olinib tekshirilishi mumkin.
    Yonilg’i nasosi avtomobilda tekshirilganda, u bilan karbyurator orasiga monometrli
    moslama o’rnatilib, dvigatel ishlayotgan holatda hosil bo’lgan bosim aniqlanadi. Yonilg’i nasosi
    hosil qiladigan bosim 0.02-0.030 MPa, ishlab chiqarish qobiliyati 0.7-2 l/minut va 30 sekund
    mobaynida bosimning pasayishi 0.008-0.010 MPa ni tashkil qilishi kerak. Tekshirish natijalariga
    ko’ra nasos qismlarga ajratilib barcha detallarning holati tekshiriladi va tozalanadi hamda,
    diafragma ostidagi prujinaning yuk bilan va yuksiz holatdagi uzunligi aniqlanadi va meyoriy
    qiymatlari bilan taqqoslanadi.
    Havo filtrini tekshirish. Havo filtrlari belgilangan oraliqlarda almashtirib turilishi zarur.
    Agarda filtrlovchi element ko’p marotaba ilatishga mo’ljallangan bo’lsa, u holda dvigateldan echilib
    va uning idishdagi iflos moyi to’kilib, detallarini kerosinli vannaga solinib va filtrlovchi
    elementning qobiqlari atseton bilan yuviladi, so’ngra quritib, yig’ib, filtr korpusiga toza moy quyib,
    filtrlovchi element shu moy bilan namlanadi va o’z joyiga o’rnatiladi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yonilg’i o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirish

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish