• 2. Dizel dvigatellarini ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yish, sozlash va unga TXK texnologiyasi A)
  • NEKSIYa VA ESPERO turidagi avtomobillarning




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    NEKSIYa VA ESPERO turidagi avtomobillarning
    ta’minnot tizimiga TXK texnologiyasi
    Bu avtomobillarning ta’minnot tizimi karbyuratorli dvigatellarnikidan farq qilib, ularda
    karbyurator o’rnida injektorlar ishlatiladi. Injektorning vazifasi yonilg’i nasosidan bosim ostida
    (0.5-0.8MPa) kelayotgan yonilg’ini kerakli miqdorda tsilindrga purkab berishdan iboratdir.
    Ta’minnot tizimga diagnoz qo’yilganda yonilg’i nasosi hosil qilayotgan bosim, injektorning
    texnik holati va yonilg’i filtrining holati nazoratdan o’tkaziladi. Bunda yonilg’i nasosining texnik
    holati, ya’ni hosil qilayotgan bosimini tekshirish uchun, injektor blokiga kelgan yonilg’i shlangasi
    echilib, o’rniga monometrli o’lchov asbobi o’rnatiladi va yonilg’i nasosining maxsus "q" klemmasi
    kuchlanish tarmog’iga ulanadi.
    Injektorlarning texnik holati, ularni birin-ketin uzish yo’li bilan aniqlanadi. Uning


    52
    ishlamayotganligini dvigatelning tirsakli valini aylanishlar sonini o’zgarmasligidan bilish mumkin.
    Har 10000 km dan so’ng yonilg’i filtri echib olinib, siqilgan havo bilan ishlashiga qarshi
    yo’nalishda purkaladi.
    2. Dizel dvigatellarini ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yish, sozlash va unga TXK
    texnologiyasi
    A)Dizel dvigatellari ta’minnot tizimining nosozliklariga yuqori bosimli nasos va forsunka,
    plyunjer juftini edirilishi va bosm me’yorini pasayishi, hamda germetiklikni buzilishi, forsunkaning
    purkash teshigini qurum bosib qolishi kiradi. Bu nosozliklar yonilg’i purkash momentini
    o’zgarishiga, yonilg’i nasosini bir maromda ishlamasligiga xamda ishlab chiqarish qobilyatiga va
    yonilg’i purkash sifatini pasayishiga olib keladi.
    Dvigatel ta’minnot tizimining nosozligi va ishlamay qolishining tashqi alomatlari
    quyidagilardan iborat: dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishi, yonilg’i sarfining me’yoridan
    ortib ketishi, notekis ishlashi, tutashi, quvvatining kamayishi, shovqin bilan ishlashi va dvigatelning
    tirsakli vali aylanishlar sonining o’zgarmasli hisoblanadi.
    Dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishiga asosiy sabab yonilg’i kamerasiga kam
    miqdorda yonilg’i uzatilishidir. Tizimga havo kirib qolishi, filtrlovchi elementlarning ifloslanishi,
    past bosimli nasosning nosozligi (yoki yuqori bosimli yonilg’i haydash nasosi-YuBYoN), plunjer
    juftining eyilishi natijasida bosimning kamayishi va forsunka purkagichi soploli teshigining eyilishi
    hamda purkash teshigini qurum to’sib qolishi natijasida yonilg’inig purkalishi yomonlashadi.
    Dvigatelning bir teks(tebranishsiz) ishlamasligi-tirsakli val aylanishlar soni kamligidan
    ta’minnlash tizimiga havo so’rilib qolishidan, yonilg’i nasosi seksiyalaridan yonilg’i notekis
    etkazilib berilishidan va forsimka holatining nosozligidandir. Dvigatelning tutab (qora tutun bilan)
    ishlashi: YuBYoN dan yonilg’ining erta yoki kech etkazib berilishi sababli tola yonmasligi,
    forsimka eyilishidan soplo teshigining kengayishi natijasida purkash bosiminining kamayishi, kech
    yonilg’i etkazib berilishi, forsunkadan sizib oqishi, havo filtrining ifloslanishi, purkalish teshigining
    qurum bosib ketishi natijasida purkashning yomonlashishi, forsunka soplosining ifloslanishi va
    yonilg’ida suv to’planib qolishi sabablidir.
    Dvigatel quvvatining kamayishi ta’minnlash tizimiga havo so’rilib qolishi, havo filtrining
    ifloslanishi, yonilg’ining etarli miqdorda etkazib berilmasligi, purkash burchagi sozlanishining
    buzilishi, forsunkadan yonilg’i purkalishining yomonlashishi, YuBYoN dan yonilg’ini notekis va
    kam etkazib berilishi, kompressiyaning kam bo’lishi hamda tegishli (belgilangan) yonilg’idan
    foydalanmaslik sabablidir.
    B)Ta’minnot tizimiga diagnoz qo’yish va TXK da tizim germetikligi, yonilg’i va havo
    tozalagichlar holati, yonilg’i haydash nasosi va yuqori bosim nasosi ishlashi tekshiriladi.
    Tizim germetikligi alohida ahamiyatga ega bo’lib, u ishdan chiqsa bakdan yoqilg’i haydash
    nasosigacha qismda tizimga havo surilishiga va yoqilg’ini ko’proq sarf bo’lishiga, hamda
    apparatlarni yaxshi ishlamasligiga olib keladi. Bu qism maxsus pribor-bachok yordamida
    tekshiriladi, qolgan qismi esa ko’z bilan tekshiriladi. Yonilg’i va havo filtrlari ko’z bilan
    tekshiriladi.
    Yonilg’i haydovchi va yuqori bosmli nasos SDTA jihozida tekshiriladi. Yoqilg’i haydovchi


    53
    nasosning ishlab chiqarish qobiliyati kamida 2.2 1/minut (YaMZ-236 dvigateli uchun), maksimal
    hosil qiladigan bosim 380 kPa bo’lishi kerak. Tsilindrlarga yonilg’i purkash burchaklari,uning
    ishlash rejimiga bog’liq bo’lib, (l-0\ 5-45\ 4-90\ 2-135\ 6-180\ 3-225\ 7-270\ 8-315
    l
    KamAZ-740
    dvigatellari uchun) uning bir-biridan farqi 0.5
    L
    dan oshmasligi kerak. Yuqori bosim nasosi ishlab
    chiqarish qobiliyati dvigatelning 1050 ob/min aylanishlar sonida aniqlanib, har bir seksiyada 72.5-
    75mm
    A
    3/sikl (Kamaz -740 dvigateli uchun) va bir-biridan farqi 5% dan oshmasligi kerak.
    Seksiyalar ishlab chiqarish qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:
    bu erda: V
    max
    - eng ko’p ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan seksiyaning ko’rsatgichi,
    mm
    3
    V
    min
    - eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan seksiyaning ko’rsatkichi, mm
    3
    Forsunkalar NIIAT - 1609 pribori yordamida tekshirilib, uni germetiklik, purkash bosimi va
    purkash sifati aniqlanadi. Forsunka germetigligi 30 MPa bosimda tekshiriladi, uning 30 MPa dan -
    23 MPa ga tushishi 5 sekunddan kam bo’lmasligi kerak. Yangi forsunkalar uchun u 20 sekunddan
    kam bo’lmaydi. Purkash bosimi dvigatel turiga qarab KamAZ-740 uchun 17.6mPa, YaMZ-236 va
    YaMZ-238 uchun 14.7 mPa bo’lishi kerak. Yonilg’ining purkash sifati, uning forsunkaning purkash
    teshigidan bir maromda tumansimon chiqishi bilan harakterlanadi. Yaxshi sozlangan dvigatel 400 -
    600 ayl/min.da bir maromda ishlashi kerak.
    Dvigatellarda sozlash ishlarini bajarish uchun hamma priborlarning nosozliklari bartaraf
    etilgan, tizim germetikligi tekshirilgan, yonilg’i va havo tozalagichlar ko’zdan kechirilgan bo’lishi
    shart.
    Dizel dvigatellari ta’minnot tizimining jihoz va detallarni joriy ta’mirlash murakkab jihozlar
    talab qilmaydigan tiklash ishlaridan va murakkab bo’lmagan ishlab chiqarish texnologiyasidan
    iborat. Shunday ishlar turiga: klapanlarni va ularni uyasini ishchi sirtini ishqalab edirish (to’sish
    ignasi va forsunka purkagichni ham), plunjer jufti va tarangligini yo’qotgan prujinani almashtirish,
    truboprovod rezbalarini tiklash, yonilg’i o’tkazish naychalari uchini (konussimon qilib) kerish,
    nasos korpusidagi yoriqlarni yamash va boshqa ishlar kiradi. Ta’minnlash tizimining ta’mirlangan
    detallari jamlab yig’iladi va zarur hollarda maxsus o’rnatmada va bevosita dvigatelning o’zida
    chiniqtiriladi, sinaladi hamda sozlanadi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NEKSIYa VA ESPERO turidagi avtomobillarning

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish