2.Akkumulator batareyasiga TXK va ta’mirlash texnologiyasiAkkumulatorning kuchlanishi, V 1,7...1,8 1,6...1,7 1,5...1,4 1,4...1,5 1,3...1,4 |
Akkumulator batareyalarining nosozliklariBog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasiBu sahifa navigatsiya:
- 2.Akkumulator batareyasiga TXK va ta’mirlash texnologiyasi
- Akkumulatorning kuchlanishi, V 1,7...1,8 1,6...1,7 1,5...1,4 1,4...1,5 1,3...1,4
1.Akkumulator batareyalarining nosozliklari. Bunga bankalardagi kuchlanishning
pasayishi, sulfatlanish va qisqa tutashishlar misol bo’la oladi.
Sulfatlanish nosozliklarning eng qiyin bartaraf etiladigani bo’lib, u plastinka yuzalarini yirik
Pb
2
S0
4
kristallari bilan qoplanishi natijasida sodir bo’ladi (akkumulator batareyalari ko’p
saqlanganda, elektrolit zichligi yuqori bo’lganda, starter bilan ko’p qo’shilganda). Sulfatlanish kam
tok kuchida (akkumulatorlar sig’imining 0,04 ga to’g’ri keluvchi) uzluksiz kuchlanish
berish(zaradlash) bilan bartaraf etiladi.
Qisqa tutatish plastinkalardan aktiv massalarning to’kilishi natijasida sodir bo’ladi.
2.Akkumulator batareyasiga TXK va ta’mirlash texnologiyasi.
AKB ga TXK da uning sirti jipsligi, elektrolit sathi va zichligi, qarshilik bilan kuchlanishni
tekshirishdan iborat. Elektrolit sathini me’yoriga keltirish uchun distillangan suv quyiladi. Elektrolit
zichligi areometr yordamida tekshiriladi va farq 0,01g/sm3 dan oshmasligi kerak. O’zbekiston
sharoitida akkumulator batareyalaridagi elektrolit zichligi 1,25 g/sm3 bo’lishi kerak.
Akkumulator batareyasini yuklama vilkasi bilan tekshirish, uning qizigan dvigatelni
yurgazish tartibiga mos kelgan zaradsizlanish holatini aniqlashga imkon beradi.
Yuklama vilkasi yordamida zaradlanganlik darajasini aniqlashda voltmetr ko’rsatkichi
quyida keltirilgan ma’lumotlarga mos tushishi lozim:
Akkumulatorning
kuchlanishi, V
1,7...1,8
1,6...1,7
1,5...1,4
1,4...1,5
1,3...1,4
Zaradlanganlik
darajasi, foiz
100
75
50
25
0
Soz akkumulator batareyasining kuchlanishi yuklama vilka bilan tekshirilganda kamida 5
sekund davomida o’zgarmasligi keraq Akkumulator batareyasi qopqog’idagi teshiklar tiqinlar bilan
berkitilgan bolishi lozim. Elektrolitning zichligi 1,2 g/sm3 dan kam bo’lgan akkumulatorlarni
yuklama vilkasida tekshirish tavsiya etilmaydi.
Elektrolit zichligining 0,01g/sm3 ga kamayishi akkumulator batareyasining 6%
zaradsizlanganligini ko’rsatadi. Batareyaning zaradsizlanishi yozda kamida 50% ni, qishda 25% ni
tashkil etsa, uni zaradlash kerak.
Akkumulator batareyasi uch oyda bir marta batareya haqiqiy sig’imining 1/10 dan 1/13
gacha tok kuchi bilan zaradlanadi.
Batareyalarni zaradlash ikki usul bilan:
- doimiy tok kuchi bilan;
- doimiy kuchlanish bilan zaradlanadi.
Birinchi usulda, batareyani zaradlash tarmog’iga ketma-ket guruhlab kuchlanishlar reostati
orqali ulanadi. Batareya ikki bosqichda zaradlanib, birinchi bosqichda zaradlash, batareyaning bitta
elementidagi kuchlanish 2,4V ga etguncha, ikkinchi bosqichda esa, tok kuchi 50 % ga
kamayguncha bajariladi. Bu usulning kamchiligi shuki, zaradlash 10...15 soat davom etadi hamda
ulanadigan batareyalar bir xil sig’imda bo’lishi va tok kuchi har soatda nazorat qilib turilishi zarur.
Ikkinchi usulda, doimiy kuchlanish bilan har xil sig’imdagi va har xil darajada
zaradlanadigan batareyalarni zaradlash mumkin. Batareyalarning bir xil kuchlanishdagilari
57
guruhlarga ajratiladi va zaradlash qisqa vaqt davom etadi hamda tok kuchi rostlab turilishi zarur.
Shuningdek, zaradlashni bevosita avtomobilning o’zida bajarish ham mumkin. Zaradlash
jarayonining jadallashishi katta tok kuchi(50A) hisobiga olib boriladi. ATK larda qollaniladigan
to’g’rilagichlar (vipryamitellar VAS-111, VSA-5 va h.k.) kuchlanish 80V gacha va tok kuchi 12A
bolishini ta’minnlaydi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan (NEKSIYa, TIKO va DAMAS avtomobillariga
qo’yilayotgan) 12V35AH va 12V55AH (MF) akkumulator batareyalarida mahsus indikatorlar
bo’lib, ular akkumulatorni me’yoriy (yashil rang), zaradtalab (qora rang) va elektrolitning kamligini
(rangsiz) ko’rsatadi. Indikatorning rangiga qarab, akkumulatorni zaradlash yoki unga elektrolit
quyish zarurligini aniqlash mumkin.
Akkumulator batareyasini joriy ta’mirlashdan oldin uning tashqi sirti 3...5 foizli kalsiy
sodasining qaynoq eritmasi bilan yungli cho’tkada yuviladi. Batareya yuvilgandan keyin sovuq suv
bilan chayib tashlab, quruq latta bilan artiladi. Batareyaning kislotaga chidamli mumli(mastika)
sirtining yoriqlari, jips bo’lmagan joylari elektrolitning sizib chiqishi va sachrashi orqali aniqlanadi.
Bunday nuqsonlar akkumlyatorlar batareyasini qismlarga ajratmay turib bartaraf etiladi. Shu yoriq
joylari(90...120° burchak ostida) qizdirilgan iskana bilan o’yib ko’chirib olinadi, so’ngra shu
joylarga qaynoq, suyultirilgan mum quyiladi. Ta’mirlash oldidan qismlarga ajratmay turib,
batareyaning haqiqiy sig’imidagi tok 1/20... 1/15 nisbatdagi qiymatida, kuchlanishni 1,5V ga
pasayguncha zaradsizlantiriladi. So’ngra elektrolit sopol vanna yoki shisha idishlarga quyib
qo’yilib, batareya distillangan suv bilan yuvib yuboriladi. Shundan so’ng, barmoqsimon freza yoki
diametri 18 mm li parma yordamida parmalab, ulagich(peremichka) chiqarib olinadi va qopqoqdagi
kislotaga chidamli mum qobig’i elektrda qizdirilgan kurakchalar yordamida ko’chirib tashlanadi.
Batareyaning mumdan tozalangan qopqog’i echgich yordamida echib olinadi. Plastinaning
yaxlit bloklari bakdan maxsus ushlagich(yoki ombir-ushlagich) yordamida chiqarib olinadi.
Bloklarning nosoz majmuasi bakdan (peremichkani echmay turib, batareyani qo’zg’atmay ushlab
turib), qisib ushlagich(yoki ombir-ushlagich) yordamida chiqarib olinadi.
Qismlarga ajratilgan batareya kislotaga chidamli vannaga solib yuviladi. Nosoz separator va
plastinalar (qulog’i kavsharlangan joyidan eritib) baretkalardan ajratib olinadi. Bak jipsligi unga
qaynoq suv quyib va uning sizib chiqishiga razm solib yoki elektr o’tkazuvchanligini sinab
tekshiriladi. Buning uchun bakka elektrolitning suvdagi kuchsiz eritmasi quyiladi va yaxshi
aralashtirilib, sinab bo’lingandan so’ng, vannaga to’kib yuboriladi. Vannada va bak ichida
elektrodlar joylashib, ulardan voltmetr orqali 127...220 V kuchlanishli tok o’tkaziladi. Bak jips
bo’lsa, voltmetr strelkasi « 0 » holatidan siljimaydi. Urilgan, yorilgan hamda turli ko’rinishlarda
shikastlangan baklar ta’mirlanadi yoki almashtiriladi. Yig’ilgan plastinkalar blokida qisqa
tutashuvlar sodir bo’lishi yoki bo’lmasligi bakning alohida joyiga o’rnatib qo’yilgan voltmetr orqali
tekshiriladi. Bunday paytda qopqoq asbest yoki rezina chilvir bilan jips mahkamlanadi va bu sirtga
erigan mum quyiladi. Yig’ilgan batareyaga me’yordagi zichlikda elektrolit quyilib(25...30°S
haroratgacha sovutib) 4...5 soat ushlab turilgandan so’ng, zaradlanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan (NEKSIYa, TIKO va DAMAS avtomobillariga
qo’yilayotgan) 12V35AH va 12V55AH (MF) akkumulator batareyalarida mahsus indikatarlar
bo’lib, ular akkumulatorni me’yoriy (yashil rang), zaradtalab (qora rang) va elektrolitning kamligini
58
(rangsiz) ko’rsatadi. Indikatorning rangiga qarab, akkumulatorni zaradlash yoki unga elektrolit
quyish zarurligini aniqlash mumkin.
|
| |