Generator va rele sozlagich




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Generator va rele sozlagich - hozirgi zamonaviy avtomobillarda generator va rele-
sozlagichlarning doimiy va o’zgaruvchan tokda ishlaydiganlari qo’llaniladi.
Generator nosozliklariga kollektorning ifloslanishi, shetkalarni yilishi, cho’tka ushlagich
prujinalarini sinishi, sim chulg’amlarining uzilishi, chulg’amlar orasidagi qisqa tutashishi, yakorni
massa bilan qisqa tutashishi, yakor sim chulg’amlarini uzulishi, tasmani bo’shashishi yoki
uzulishlari kiradi.
Hozirgi vaqtda o’zgarmas tokda ishlaydigan generator va rele-sozlagichlar ham qo’llaniladi.
Ularni taxislash yuklanish ostida va yuklanishsiz, generator ishlaganda tirsakli val aylanishlar sonini
o’zgarishini me’yori bilan solishtirishdan iboratdir.
O’zgaruvchan tokli generator va rele sozlagichlarni tashxislashda uning hosil qilayotgan
kuchlanishi kattaligi va holati tekshiriladi. Kuchlanish, hamma isteomolchilar ulanganda, 12V dan
kam bo’lmasligi kerak. Normal ishlayotgan generatorda hosil bo’layotgan kuchlanish o’zgarishi 1-
1,2V dan oshmaydi. Voltmetr yordamida generator ishlash jarayonini tekshirish juda qiyin, shuning
uchun tekshiruv otselograf bilan birgalikda bajariladi.
Agarda generator umuman tok hosil qilmayotgan bo’lsa, u holda uyg’otish o’ramlarining
sozligini, to’g’rilagichni yoki rele-sozlagichni tekshirish zarur.
O’zgaruvchan tok generatorida mexanik va elektr turkumidagi nosozliklar bo’lishi mumkin.
Mexanik nosozlik: rotor vauining eyilishi, shponka uyasining kengayishi, podshipnikning edirilishi


61
va gayka rezbasining shikastlanishi va boshqalardan iborat. Ular razm solish va bo’laklarga ajratish
yo’li bilan aniqlanadi. Ko’rsatilgan nosozliklar elektrotexnik va tokarlik ustaxonalarida bartaraf
etiladi. Eng ko’p uchraydigan nosozliklar cho’tkaning eyilib ketishi va uni ushlab turuvchi
prujinaning elastikligini kamayishi hisoblanadi. Bu nosozliklar detallarni almashtirish yo’li bilan
bartaraf etiladi.
NEKSIYa, TIKO va DAMAS rusumidagi avtomobillarda 12V-1.4A turidagi o’zgaruvchan
tok generatorlari qo’llaniladi, ularga TXK ishlarini tashkil etish MDX da ishlab chiqilgan
generatorlarnikidan unchalik farq qilmaydi.
Starterda ishlash jarayonida mexanik nosozliklar ko’proq uchraydi. Edirilish natijasida
starter shesternyasi va maxovik qo’shilmay qoladi. Bu nosozliklar, brikmalarda salt yurish ko’payib
ketishi natijasida sodir bo’lishi ham mumkin. Undan tashqari sim chulg’amlarining uzilishi, qisqa
tutashish, yakor qo’nimidagi bronza vtulkalarini eyilishi, klemmalarning kuyishi va oksidlanib
qolishi natijasida nosozliklar kelib chiqadi.
Neksiya va Espero avtomobillarida kontaktsiz tranzistorli o’t oldirish tizimi qo’llaniladi,
tizimdagi barcha jihozlarni tashxislash ishlari skaner yordamida bajariladi. Bunda o’t oldirish
momenti, svechalarga kelayotgan kuchlanish qiymati, xatto svechalar orasidagi tirqishnining
me’yoridaligini tekshirish mumkin.

Download 6,46 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish