• O’t oldirish tizimi asosiy nosozliklari.
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    3.Avtomobillarda batareyali, kontaktli-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va elektron o’t
    oldirish tizimi qo’llaniladi. Dvigatelning 40% dan ziyod nosozliklari shu tizimga to’g’ri kelib, uning
    quwatini pasayishiga sabab bo’ladi.
    Eng ko’p tarqalgan o’t oldirish tizimi batareyali bo’lib, u uzgich-ulagich, o’t oldirish
    g’altagi, svecha, yuqori va past kuchlanish simlaridan tashkil topgan.
    O’t oldirish tizimining eng ko’p tarqalgan nosozliklari yuqori va past kuchlanishli simlar
    ustki qoplamni ochilib qolishi va massaga tegishi, ulash joylarida yaxshi ilashish yo’qligi, uzgich-
    ulagich kontaktlarini oksidlanib qolishi va kuyishi, kontaktlar orasidagi tirqishni o’zgarishi,
    harakatlanuvchi kontakt prujinisini bo’shashib qolishi, taqsimlagich valini edirilishi, kondensatorni
    ishdan chiqishi, svechalarga moy sachrab ifloslanib qolishi, o’t oldirish g’altagi sim chulg’amlarini
    qisqa tutashishi, o’t oldirish momentini noto’g’ri qo’yilganligi, markazdan qochirma va vakkumli
    o’t oldirish sozlagichlarini yaxshi ishlamasligidan iborat.
    O’t oldirish tizimi asosiy nosozliklari. O’t oldirish tizimidagi elementlar bo’yicha
    nosozliklarning sodir bo’lishini har biri bo’yicha alohida ko’rib chiqamiz. Yuqori kuchlanishli
    g’altakning nosozliklariga g’altak qopqog’ining darz ketishi va kuyishi, birlamchi va ikkilamchi
    chulg’amlar himoya qobiqlarining kuyishi oqibatida o’ramlar orasidagi qisqa tutashuv,
    chulg’amlarning ulangan joyidan uzilib qolishi, qo’shimcha rezistorning uzilib qolishi yoki
    birlashgan qismlarning bo’shashib qolishlari kiradi.
    Uzgich-taqsimlagichning nosozliklariga kontaktlarga moy tegishi yoki kuyishi, uzgich
    kontaktlari orasidagi tirqishning etarli emasligi yoki juda kattaligi, kondensatorning shikastlanishi
    yoki kuyishi, rotor va qopqoq-ning ifloslanishi, qopqoqning darz ketishi, richag prujinasi
    tarangligining pasayishi, etaklovchi valcha vtulkasi, uzgich richagi vtulkasi yoki turtkichi,
    podshipnikning eyilishi, markazdan qochma rostgich prujinasining kuchsizlanishi va yukchalarning
    qadalib qolishi, vakuumli rostlagich diafragmasining teshilishi, uzgich mushtchasi, markazdan
    qochma rostlagich yukchalari teshiklari va o’qlarining eyilishi, himoya qobig’i yoki «massa»
    simlarining uzilishi, taksimlagich qopqog’i ichki yuzasidagi elektrodlarning kuyishi yoki oksidlanib
    qolishi, yuqori kuchlanishli simlar himoya qoplamlarining kuyishi kabilar kiradi.
    Chaqmoq(svecha)larning asosiy nosozliklari: korpus va markaziy elektrod bo’yicha
    jichlikning etarli emasligi, yon va markaziy elektrodlarning eyilishi, himoya qoplami etagining
    emirilishi, chaqmoqning ichki yuzalarida elektrodlar orasidagi havo tirqishi qisqarishiga olib
    keluvchi qurum qoplamini paydo bo’lishi.
    Agar dvigatelda karbyurator va o’t oldirish tizimi to’g’ri sozlangan bo’lsa va me’yoriy
    ishlasa, shuningdek, ishlatilayotgan yonilg’i sifatli bo’lsa, u holda dvigateldan echib olingan
    chaqmoqning rangi zang yoki jigarrang ko’rinishida bo’ladi. Ishlash davomiyligiga qarab korpus
    yupqa qurum qatlami bilan qoplanadi. Markaziy elektrod kulrang tusda bo’ladi. Bunday
    chaqmoqlarni temir shchetka yoki qumqog’oz bilan tozalab, tirqishini rostlagandan so’ng yana
    dvigatelga o’rnatish mumkin.
    Agar chaqmoqning yonish kamerasiga kirib turuvchi qismi mayda qurum zarrachalari bilan
    qoplangan bo’lsa, buning asosiy sabablari aralashmani o’ta boyligi, havo tozalagichning kirlanishi,
    uchqunning kuchsizligi, dvigatel ko’p vaqt davomida salt ishlashi va klapanlardagi issiqlik
    tirqishining noto’g’i rostlanganligidir.
    Chaqmoqning moy bilan qoplanishi porshen halqalarining eyilganligi, klapan moytutqichi


    59
    teshigining kengayib ketganligi, dvigateldagi moy sathining yuqoriligi, moy filtrining ifloslanishi,
    karbyuratordagi aralashmaning boyligi, o’t oldirish tizimining nosozligi tufayli sodir bo’ladi.
    Chaqmoqni kulrang-jigarrangdan to kulrang-ko’k ranggacha qurum bosganligiga chaqmoq
    belgilangan me’yoridan ortiq haroratlarda ishlatilayotgan-ligi(kalil soni pastligi), karbyuratordagi
    aralashmaning kambag’al bo’lishi, yondirish onining ertaligi, porshen tubi va tsilindr kallagining
    qurum bilan qoplanishi, dvigatel tsilindriga qo’shimcha havoning so’rilishi, chaqmoqda zichlash
    halqasining yo’qligi sabab bo’ladi.
    Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga himoya qoplamining yorilishi va
    teshilishi, uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli kuchsiz kontaktda bo’lishi, sinishlar, uzilishlar va
    qarshilikning ortib ketishi kiradi.
    Eng ko’p tarqalgan o’t oldirish tizimi batareyali bo’lib, u uzgich-taqsimlagich, o’t oldirish
    g’altagi, chaqmoqlar, yuqori va past kuchlanishli simlardan tashkil topgan.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish