Porshen halqasi va ariqchasi orasidagi tirqishni tekshiri
43
Tirsakli val podshipniklaridagi tirqish nazorat qiluvchi jez plastinkalari yordamida
aniqlanadi. Moylangan plastinka ichqo’yma va val bo’yni orasiga qo’yiladi hamda dinamometrik
buragich yordamida qopqoq boltlari har bir dvigatel uchun belgilangan me’yoriy burovchi moment
bilan tortiladi. Agar 0,025 mm li plastinka qo’yilganda tirsakli val juda bo’sh aylansa, bu holat
tirqishning katta ekanligini ko’rsatadi. U holda tirsakli val bo’yni orasiga qalinligi 0,025 mm
bo’lgan moylangan plastinkalar qo’yib borilib, tirsakli val his qiluvchi kuch bilan aylanadigan
bo’lguncha davom ettiriladi va plastinkaning qalinligiga qarab, kerakli o’lchamdagi ichqo’yma
tanlanadi.
Tirsakli val bo’yinlarining holati tekshirilgach (yuzada eyilish va tirnalish izlari bo’lmasligi
kerak), tanlangan ichqo’ymalar yuviladi, artiladi va motor moyi bilan moylanib joyiga o’rnatiladi.
Porshen halqasining tutashish joyidagi tirqish o’lchamini aniqlash: 1-shchup; 2-tsilindr ichki yuzasi; 3-porshen halqasi .
Tirsakli val ichquymalari podshipniklar taqillaganda va reduksion klapan hamda moy nasosi
soz bo’lib, tirsakli valning 500...600 ayl/min tezligida magistraldagi moy bosimi 0,05 MPa dan kam
bo’lganda, tirsakli valning tayanch va shatun bo’yinlaridagi tirqish me’yoridan ko’payib ketganda
Porshen yig’masini tsilindrga o’rnatish: 1-tsilindr blokidagi gilza; 2-moslama; 3- porshenning shatun va halqalar bilan birgalikdagi yig’masi.
44
almashtiriladi. Avtomobil dvigatellarining turiga qarab, tayanch bo’yin bilan vkladish orasidagi
me’yoriy tirqish 0,026...0,12 mm, shatun bo’yin bilan vkladish orasidagi me’yoriy tirqish esa
0,026.. .0,11 mm oralig’ida bo’ladi