Manometrli(a) va o’zi yozuvchi(b) kompressometrlar




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Manometrli(a) va o’zi yozuvchi(b) kompressometrlar
Siqish takti ohiridagi bosimni yoki kompressiyani dvigatel
70...80°S gacha qizdirilgach aniqlanadi. Kompressometrning rezinkali
konussimon kallagini chaqmoq teshigiga o’rnatib, starter yordamida tirsakli
val aylantiriladi va jihozning ko’rsatkichi hisoblanadi. Dizel
dvigatellaridagi kompressor 80°S haroratda, 450...550 ayl/min tezlikda,
salt yurishda, har bir tsilindr uchun aniqlanadi. Kompressometr
tekshirilayotgan dizel dvigatel tsilindrining forsunkasi o’rniga qo’yiladi.
Tsilindrlar yaxshi ishlayotganligini aniqlash uchun, ular navbatma navbat o’chiriladi va har gal
tirsakli valning aylanishlar soni o’lchanadi. Agar tsilindr o’chirilganda aylanishlar soni o’zgarmasa,
bu holat tsilindrning ishlamayotganligini ko’rsatadi.
Movning kamavishini tekshirish uchun avtomobilni ekspluatatsiya qilish davrida moy sathi
me’yorigacha to’ldiriladi. Moyning kamayishi porshen halqalar eyilishi va klapanlar zichligi buzilishidan
darak beradi. Moy sathining me’yoridan kamayishi yoki ko’payishi dvigateldan chiqadigan gazlarning
rangi o’zgarishiga ham olib keladi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, u avtomobil ekspulatatsiyasi
bilan bog’liq bo’lib, faqat halqalarning eyilishi bilangina emas, balki klapan vtulkalarining eyilishi va jipslik
buzilishi oqibatida ham sodir bo’lishi mumkin.
Gazlarning karterga o’tishi tsilindr-porshen guruhi (SPG) detallari-ning eyilishiga bog’liq bo’lib,
ish jarayonida ko’payib boradi. Dvigatelning eng katta burovchi momentida, diagnostikalash jihozi(gaz
hisoblagtchi) moy o’lchash tayoqchasi o’rniga ulanadi, ma’lum vaqt ichida karterga o’tgan gaz
miqdori aniqlanadi.
Kiritish taktidagi havo siyrakligi havo to’ldirish tezligi, kompressiya, havo tozalagich
karshiligi, klapanlarning egarida to’liq o’tirmasligi va ish jarayonining notekis borishiga bog’liq
bo’ladi. Shuning uchun havoning siyrakligi va uning doimiyligi dvigatelning texnik holatini
harakterlaydi. Havoning siyrakligi vakuummetr yordamida kiritish kollektori orqali aniqlanadi.
Dvigatel mexanizmlarining holati, ta’minnot va o’t oldirish tizimlari sozlangandan so’ng
aniqlanadi. Dvigatel soz holida uni starter bilan aylantirganda ko’rsatkich 0.5¼0.57 MPa ni, salt
yurishda 0.64¼0.745 MPa ni tashkil etishi va bu ko’rsatkich o’zgarmay turishi kerak.
Siqilgan havoning tsilindrdan chiqib ketishi vaqtida porshen yuqori yoki pastki chekka
nuqtada, klapanlar berk holatda bo’ladi, shunda asbob yordamida tsilindrga yuborilgan siqilgan
havoning sarfi aniqlanadi.
U juda oddiy va tezkor bo’lib, ko’rsatkichlar yordamida tsilindr va porshen xalqalarining
eyilganligini, ularning egiluvchanligi yo’qolganligini, singan yoki qurum bosib qolganligini,


39
tsilindrning eyilganligini, klapanlarning kuyganligi va nozichligini, klapan prujinalari va porshen
xalqalari singanligini, blok kallagi jipslagichining kuyganligini aniqlash mumkin.

Download 6,46 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Manometrli(a) va o’zi yozuvchi(b) kompressometrlar

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish