31
1.Avtomobillardan turli maqsadlarda, turli yo’l va iqlim
sharoitlarida foydalanish, ularning
turli xil ifloslanishiga olib keladi. Yuk avtomobili kuzovlarining ifloslanishi tashiladigan yuk turiga
bog’liq bo’lib, ular qum, tuproq, ko’mir, qurilish materiallari va isteomol mollari bolishi mumkin.
Tashqi muhit, ya’ni harorat, yog’ingarchilik va kuzovga yopishib qolgan iflosliklar ta’sirida
bo’lgan joylardagi bo’yoqning ximik va fizik hususiyatlari o’zgarib, yuza asta sekin eskiradi.
Bularni oldini olish va TXK ishlarini sifatli bajarish maqsadida tozalash, yuvish va quritish ishlari
olib boriladi.
Tashqi tozalash ishlariga mo’ljallangan
KSM 750 V XL turidagi supirish mashinasi(5 o.k.
ga ega bo’lgan
Honda dvigatelli, ish unumi 4000 m2/soat, o’tish kengligi 100 mm, konteyneri 40
litr, ishchi tezligi 4 km/soat, tashqi o’lchamlari 1240x690x1150 mm, massasi 80kg).
Avtomobil kuzovini tozalash: tozalash
ishlaridan
maqsad kuzovda qolgan yuk qoldiqlarini yig’ishtirish,
yuk avtomobillarning kabinalari, avtobus va engil
avtomobil salonlarini changdan tozalashdan iborat.
Kir va changdan tozalashda junli cho’tkalardan,
qirg’ichlardan va artish materiallaridan hamda elektr
changso’rgichlardan foydalaniladi. Ular qo’lda ko’tarib
yuruvchi va qo’zg’almas bolishi mumkin. Elektr
changso’rgich uchida konussimon kallak va cho’tkali
egiluvchan ichak(shlang)lardan iborat. Havo so’rish bosimi 11
...12 Pa oraliqda bo’ladi. Yirik
ATK va avtobus saroylarida qo’zg’almas chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi.
2.Avtomobillarni yuvish: avtomobil tashqi qismlarini va shassisini
yuvish uchun iliq suvdan
(25-30°S) foydalaniladi va uning harorati yuviladigan sirtning haroratidan 18-20°S dan oshmasligi,
aks holda bo’yalgan yuzalarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Suvni bosim ostida purkash yo’li bilan
avtomobil yuvilganda, uning sifatini oshirish uchun shyotka, gubka kabi materiallardan
foydalaniladi.
Yuvish sifatini oshirish, suv sarfini va yuvish vaqtini kamaytirish
suv bosimiga, purkagich
teshigi diametriga, purkash burchagiga bog’liq.
Suvning sarfi quyidagicha aniqlanadi:
Bu erda:
F - purkagich teshigi yuzasi, mm2
V-purkagichdan suvning chiqish tezligi, m/s
d -purkagich teshigi diametri, mm
O’z
navbatida
Bu erda: g =9.81 -
erkin tushish tezlanishi, m/s2
h - suv bosimi (napor), m
32
M - sachratish koeffitsienti, sachratgichlar purkagichlar bilan bo’lsa 0.5-0.55, bolmasa 0.7-
0.75 teng.
Demak yuqori kinetik energiyaga ega bo’lish va suv sarfini kamaytirish uchun uning
bosimini oshirish va purkagich diametrini kichraytirish zarur. Bu bilan suvning sarfini kamaytirish
mumkin.
Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun maxsus sintetik yuvish
vositalaridan foydalaniladi (progress, avtoshampun, avtoemulsiya va h.k). Ular o’z navbatida
yuzadagi kirlarni yumshatadi moy izlarini eritadi va yuvishni engillash- tiradi. Misol uchun engil
avtomobillarni kuzovini yuvishda 40-50 gramm sintetik yuvish vositasi ishlatiladi. Sintetik
poroshokning 7-8 grammi 1 litr, harorati 35-45° suvda eritilib, suv purkagich yoki yuvish pistoleti
bilan sepiladi. Suv sarfini kamaytirish uchun, undan qayta foydalanish tizimi qo’llaniladi.
Avtomobillarni yuvish, uni bajarish turiga qarab qo’l bilan, mexanizatsiyalashgan va maxsus
bolishi mumkin.
Qo’l bilan: shlanga va sepkich yordamida past bosimli (0.2-0.4MPA), yuqori bosimli (1-
2.5MPA) bolishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan avtomobillarni yuvish turi maxsus jihozlar yordamida bajariladi va
tuzilishiga qarab zarrachali, shetkali va zarracha-shetkali bo’ladi.
Joylashishiga qarab, qo’zg’almas (avtomobil harakatlanadi), qo’zg’aluvchan (avtomobil
joyida turadi), boshqarish turiga qarab qo’l bilan boshqariluvchi va avtomat
ravishda boshqariluvchi
bo’ladi.
Zarrachali yuvish jihozida ishchi a’zo sifatida purkagich va forsunkalardan foydalaniladi,
hamda ular yordamida suv yoki aralashma purkaladi.
Shetkali yuvish jihozlarida, tsilindrsimon ustiga shetka o’rnatilgan barabanlar aylanadi va
suv sepadi. Ular engil avtomobil va avtobuslar uchun qo’llaniladi.
Zarra-shyotkali - bunda purkagichlardan suv sepiladi va shyotka aylanadi (avtobus, engil
avtomobil va yuk avtomobillari uchun).
qo’zg’almas-yuvish jihozi fundamentga yuvish postida o’rnatilgan bo’ladi.
Harakatlanuvchan-yuvish jihozi avtomobil shossesiga o’rnatilgan bo’lib, avtomobillarni
ATK dan tashqarida yuvish uchun ishlatiladi.
Qo’l bilan boshqaruvchi-yuvish jihozini, qo’l yordamida harakatga keltiriladi.
Avtomat ravishda boshqariluvchi yuvish jihozi - avtomobil yuvish postiga kirgandan so’ng,
fotoelement yoki ulagich yordamida harakatga keladi.
Ko’p sifatli jihoz yordamida avtomobilning tag va ustki qismi birdaniga yuviladi.
Avtomobillarni yuvish
ishlari mexanizatsiyalashganda, unga 1.5-3 min, qo’l bilan 10-20 min
vaqt sarflanadi. Mexanizatsiyani qo’llash natijasida harajatlar yuk avtomobillari va avtobuslarda 1-3
%, engil avtomobillarda 25-30 % kamayadi.
Yuvish postlaridagi ariqchalarning poli 2-3 % qiyalikda, maydoncha avtomobilning tashqi
o’lchamlaridan 1.25-1.5 m kengroq bo’lishi kerak. Avtomobil yuvish postlarida konveer yordamida
harakatlanadi.
Avtomobillarni qo’l bilan yuvish posti - maxsus trubalar bilan jihozlangan bo’lib
33
(vodoprovod, suv bosimi 0.2-0.4MPa) suv bosimini oshirish uchun maxsus nasos va qurilmalardan
foydalanadi.(Shlangada qo’l bilan yuvish moslamasi(M-107)dagi suv bosimi 2.2MPa
ni tashkil
etadi. SKB-1100 turidagi GARO moslamasining ishlab chiqarish qobiliyati 35-40 l/min ni tashkil
etib, vodoprovod suvini 10 m balandlikka chiqara oladi).
Engil va yuk avtomobillari yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-200 l ni, avtobuslar
uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300 % ga oshadi.