|
Diagnostikalash, texnik xizmat ko’rsatish va jiriy ta’mirlash texnologiyasi
|
bet | 1/5 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 285,74 Kb. | | #145618 |
Bog'liq Dizel dvigatellarini ta\'minlash tizimiga TXK
Dizel dvigatellarini ta’minnot tizimini diagnostikalash, texnik xizmat ko’rsatish va jiriy ta’mirlash texnologiyasi
Ishdan maqsad
Dizel dvigatellarining yonilg’i uskunalarida uchraydigan asosiy nosozliklarni aniqlash, ularni stend yordamida diagnostikalash va sozlash. (STDA-2, KP- 1609A)
Umumiy ma’lumotlar
Tajriba shuni ko’rsatadiki, dizel dvigatellarida uchraydigan nosozliklarning yarmidan ko’pi yonilg’i bilan ta’minnlash tizimiga to’g’ri keladi. Buning asosiy sababi O’zbekistan hududida ishlatiladigan dizel yonilg’ilarning yuqori darajada ifloslanganligidir (30 g/t dan
370 g/t gacha). DAST 4749-73 bo’yicha yonilg’ida mexanik aralashmalar umuman bo’lmasligi kerak. Mahlumki, dizel dvigatellarining yuqori bosimli yonilg’i apparaturasidagi plunjerli juftlar 1,5-4,5 mkm tirqish bilan tayyorlangan bo’ladi. Shuning uchun yonilg’idagi mexanik aralashmalar o’lchami bu miqdordan bir oz katta bo’lgan taqdirda ham, bu juftliklarni jadal yoyilishiga olib keladi.
Ekspluatatsiya davrida toza yonilg’idan foydalanilsa, ta’minnlash tizimidagi asboblarning ishlash resursi anchaga uzayadi. Shuning uchun avtomobillar bakiga doim toza yonilg’i quyish kerak, quyishdan oldin yonilg’i filg’trlanishi yoki iloji boricha tindirilishi (7 sutkadan ko’p vaqt) kerak. Avtomobillarga mavsumiy xizmat ko’rsatishda yonilg’i baklari qoldiq ifloslardan tozalanishi kerak. Dag’al va mayin filg’trlarni doim nazorat qilib turish kerak. Agarda ularni diagnostikalash uchun asbob bo’lmasa, filg’trlarni navbatdagi 2-TXKda almashtirish zarur.
Dizel dvigatellarining yonilg’i bilan ta’minnlash tizimini chuqur diagnostikalash ishlariga quyidagilar kiradi: yonilg’i haydash nasosini, yuqori bosimli nasos va forsunkalarni, t iz im z ichlab biriktirilganligini, yonilg’i va havo filg’trlari holatini tekshirish va hokazolar.
Dizel dvigateuining ta’minnlash tizimidagi agregat va uzellarni diagnostikalashning struktura chizmasidan ( 1 - rasm), diagnostikalash alomatlari, ularning texnik holatini aniqlanishi ko’rinib turibdi.
Dizel dvigatellarining yonilg’i bilan ta’minng’ash tizimi bo’yicha 1-TXK da quyidagi
ishlar bajariladi:
yonilg’i filtrlardagi qoldiqlardan, iflosliklardan tozalash; - asbob va o’tkazgichlarning germetik zich biriktirilganligini tekshirish;
yonilg’i bilan ta’minnlash mexanizmlarining ishlashini tekshirish va uning detallarini moylash;
havo filtrini yuvib tozalash.
2-TXK da esa bu ishlar bilan birga quyidagi ishlarni bajarish zarur bo’ladi: dag’al va mayin filtr elementlarini yangilash;
forsunkaning yonilg’ini sachratish bosimini tekshirish zarur bo’lsa sozlash rostlash ishlarini bajarish;
yonilg’ini sachratish burchagini tekshiri, zarur bo’lsa sozlash rostlash ishlarini bajarish; yuqori bosimli yonilg’i nasosining ishlashini jihozda tekshirib ko’rish, zarur bo’lsa sozlash ishlarini bajarish.
|
| |