|
Diagnostikalash, texnik xizmat ko’rsatish va jiriy ta’mirlash texnologiyasi
|
bet | 2/5 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 285,74 Kb. | | #145618 |
Bog'liq Dizel dvigatellarini ta\'minlash tizimiga TXK
Yonilg’i bilan ta’minnlash tizimidagi asboblarni ko’rikdan o’tkazish.
Forsunkalarni tekshirish, sozlash va sinab ko’rish (Purkagichning gidravlik-zichligini aniqlash, yonilg’ini sachratib berish sifatini hamda unumdorligini tekshirish).
Yonilg’i haydash nasosini tekshirish va sinab ko’rish.
Yuqori bosimli yonilg’i nasosining ishlashini tekshirish, sozlash va sinash ishlarini bajarish.
Yonilg’i asboblarini tekshirishi uchun SDTA-2 yoki KI-921M stendi, Forsunkalar KP- 1609A asbobi, Avtochilangar asboblari majmui, YaMZ-238 va KamAZ dvigatellarini ta’minnlash tizimidagi asboblar.
Jihozning qisqacha ishlash tasnifi
SDTA-2 stendi avtotraktor dizellarining yonilg’i apparaturasini (YuBYoN) sinash uchun mo’ljallangan bo’lib, unda quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
8 ta sektsiyagacha bo’lgan YuBYoNlarni sinash — tekshirish.
. Sozlagichni yonilg’i uzatishning boshlanishi va to’la to’xtatishga rostlash — sozlash.
YuBYoN ni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha sinash va sozlash:
haydash klapanining ochilish bosimi;
yonilg’i berish boshlangandagi burchak;
yonilg’ini sachratib berish burchagi;
nasos sektsiyalarining unumdorligi.
Forsunkalarning (o’tkazish qobiliyatini) ish unumdorligini sinash.
Yonilg’i haydash nasosini ish unumdorligiga va eng yuqori bosimga sinash.
Yonilg’i fil trlarining zichligini va o’tkazuvchanligini sinash.
Jihoz past bosimli yonilg’i uzatish, yuqori bosimli yonilg’i uzatish tizimlaridan, jihoz nasosidan, hisoblashni qayd etish va elektr qurilmalaridan tashkil topgan. Past bosimli nasos bosimini manometr (4), sachratilayotgan yonilg’i hajmini menzurkalar (16) yordamida aniqlanadi. Elektrotaxometr (7) esa jihozdagi valning aylanishlar sonini dastak (9) yordamida, yumaloq shkala bo’yicha ko’rsatadi. Stroboskop qurilmasi (10), yonilg’ini uzatish burchaklarini aniqlash uchun xizmat qiladi. U harakatlanuvchi derazali tiniq belgili diskdan, datchiklardan, impulsli stroboskopik lampa va komanda apparatlaridan tuzilgan.
|
| |