Yuqori bosimli yonilg’i nasosining (YuBYoN) ish unumdorligini aniqlash




Download 285,74 Kb.
bet4/5
Sana25.01.2024
Hajmi285,74 Kb.
#145618
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dizel dvigatellarini ta\'minlash tizimiga TXK

Yuqori bosimli yonilg’i nasosining (YuBYoN) ish unumdorligini aniqlash.


Tekshirilayotgan nasosni jihozga o’rnatib va uning valini jihoz yuritmasining vali bilan ulangandan keyin past bosimli yonilg’i o’tkazgichlar zich qilib ulanadi.
Tozalab artilgan, yuvilgan, zarur sachratish bosimiga sozlangan va ish unumdorligi bo’yicha tanlangan forsunkalar jihozdagi datchik stenkalariga o’rnatiladi. Yuqori bosimli yonilg’i o’tkazgichlar, nasos sektsiyalariga biriktiriladi. Jihozdagi jumraklar, uning devoridagi chizma holatlariga to’g’rilanib sinash ishlari bajariladi.


Qo’yida ko’rsatilgan 3-rasmda Jihozdagi elektrodvigatel ishga tushiriladi va t irqish g’ildirakni (mexovik) burab taxometr (7) orqali nasosning kulachokli valida nominal aylanishlar chistotasi hosil qilinadi. Nasos kallagiga yonilg’i keltiruvchi naycha ulanib, tizimga kirib qolgan havo jumrak orqali chiqarib yuboriladi. Past bosimli yonilg’i naychalarida havo puffakchalari bo’lmasligi kerak. Yonilg’i harorati nazorat paytida 250S atrofida bo’lishi kerak.
Hisoblash qurilmasi (3-rasm) dastagini burab, milini shkaladagi berilgan raqam to’g’risiga keltiriladi. Bu raqam sinash davrida stend vali necha marta aylanishi kerakligini ko’rsatadi. Richagni bosib, aylanishlar sonini hisoblovchi qurilma ishga tushiriladi. Menzurkalarni to’sib turuvchi tunuka to’siq surilganda forsunkadan menzurkalarga oqa boshlaydi.
Yonilg’i nasosining kulachokli vali belgilangan aylanishlar sonini bajarib bo’lgandan keyin, tunukali to’siq o’z holatiga qaytadi va yonilg’i oqib, aylanma rezurvuardan jihoz bakiga tushadi. Yonilg’ining sathi va hajmi menzurkadagi belgi orqali aniqlanadi. Menzurkalardagi yonilg’ilarni to’kib yuborish uchun taqsimlovchi jumrakni soat strelkasi bo’yicha burash kerak. YaMZ-236 YuBYo N sektsiyalari o’rtasidagi farq 3 foizdan oshmasligi kerak.




    1. - rasm. SDTA-2 jihozi.

  1. Download 285,74 Kb.
1   2   3   4   5




Download 285,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori bosimli yonilg’i nasosining (YuBYoN) ish unumdorligini aniqlash

Download 285,74 Kb.