|
Yonilg’i sachray boshlaganda dasta burchagini aniqlash
|
bet | 5/5 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 285,74 Kb. | | #145618 |
Bog'liq Dizel dvigatellarini ta\'minlash tizimiga TXK Yonilg’i sachray boshlaganda dasta burchagini aniqlash.
Bu ko’rsatkich YuBYo N ishlash jarayonida aniqlanadi. YuBYo N tirsakli vali zarur aylanishlar soni beriladi va yonilg’i to’liq unumdorlik rejimi ulanadi. Sinov boshlashdan avval YuBYoN 5-7 daqiqa ishlab olishi kerak, undan keyin jihozni boshqarish panelidagi 1 va 2-tumblyorlar ulanadi. 1,5-2 daqiqadan keyin tekshirilayotgan sektsiyaning tumblyori yoqiladi. Undan 0,5-1,0 daqiqadan so’ng jihozdagi harakatsiz disk darchasi yoritiladi. Aylanayotgan disk shkalasidagi stroboskop qurilma yonilg’i sachrash boshlagan paytidagi burchakni ko’rsatadi.
Yonilg’i sachratish burchaklari YaMZ-236 dvigateli uchun quuyidagi qiymatlarda bo’lishi kerak:
1 - sektsiya 00S 4 - sektsiya 450S
2-sektsiya 1200S 5-sektsiya 1650S
3 - sektsiya 240 °S 6 - sektsiya 2850S
Sektsiyalar bo’yicha sachratish burchaklarini aniqlab bo’lingan zahotiyoq boshqarish panelidagi barcha tumblyorlarni uchirib qo’yish kerak. Yonilg’ini porshenli haydash nasoslari jihozining chap tomoniga vintli qisqich yordamida mahkamlanadi. Yonilg’i uzatkichlarining ulanish shakli 4-rasmda keltirilgan.
Tayyorlash ishlaridan keyin taxometr bo’yicha jihoz yuritmasining kerakli aylanishlar soni o’rnatiladi (YaMZ-236 uchun ayl|min). Bunda o’lchov tsilindrlaridagi holatli jumrag (4-rasm) dastagi shu holatda qo’yilishi kerakki, undagi yonilg’i to’g’ri jihoz bakiga oqishi kerak. Avtomat hisoblagich dastagi yonilg’i haydash nasosining shtogini ishlash soniga to’g’rilab qo’yiladi. So’ngra bir barmoq bilan schyotchik avtomatning richagi buraladi, ikkinchi qo’l bilan esa o’lchov tsilindri jumragi (3) buraladi, shunda yonilg’i nasosidan to’g’ri o’lchash tsilindriga keladi. Aylanishlar soni bajarilib bo’lingandan keyin, avtomat hisoblagich dastagi yuqoriga ko’tariladi. Taqsimlagich jumragi (1) berkitiladi. Shu holatda nasosda hosil qilinayotgan bosim manometrda kuzatiladi. ( YaMZ —236 uchun 0, 4 MPa). O’lchov tsilindriga yig’ ilgan yonilg’ i miqdori nasos ish unumdorligining qiymatini ko’rsatadi. YaMZ — 236 nasos uchun qarshi bosim 0,13 — 0,15 MPa da 2,2 l|min dan kam bo’lmasligi kerak.
3 -rasm. Yonilg’i uzatkichlarni ulanish shakli Nazorat savollari:
Forsunkaning texnik holati qaysi asbob yordamida diagnostika qilinadi?
Forsunkalardagi nosozliklarni ayting.
YuBYoN ni unumdorlik ko’rsatkichlari nimalarga bog’liq?
YuBYoN qaysi asbob yordamida unumdorlikka tekshiriladi?
SDTA-2 asbobini tuzilishini tushuntirib bering
KP-1609A asbobini ishlatish tartibini tushintirib bering.
YuBYoN ni yonilg’i sachratish burchagi qanday sozlanadi?
|
| |