64
agregatga o’rnatilgan asbob strelkasi no’lga keltirilishi zarur.
Transmissiya agregatlariga TXK. Transmissiya agregatlariga xizmat ko’rsatish navbatdagi
KXK, 1-TXK, 2-TXK jarayonida amalga oshiriladi.
KXK da transmissiya agregatlari, avtomobilni o’rnidan jildirib va harakatlanish vaqtida
uzatmalarni almashlab ulab tekshiriladi. Etaklovchi ko’prikning holati va jipsligi nazorat qilinadi.
1-TXK da KXK dagi ishlarga qo’shimcha ravishda ilashish muftasi tepkisining erkin yurish
yo’li tekshriladi va zarur bo’lsa, rostlanadi, yuritma detallari plastik materiallar bilan moylanadi.
Uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, taqsimlash qutisi, orqa ko’prik karterining mahkamlanishi,
zichlagichlarning holati tekshiriladi, agregatlardagi moy sathlari me’yoriga keltiriladi.
2-TXK da transmissiya agregatlari bo’yicha KXK va 1-TXK dagi barcha ishlar bajariladi,
moylash haritasiga mos ravishda agregatlardagi moylar almashtiriladi. Agar agregatlarda
nosozliklar aniqlansa, ularni ishchi holatiga keltirish uchun ta’mirlanadi.
Qo’shimcha ravishda, har bir transmissiya agregatlari bo’yicha bajariladigan ishlarni
alohida-alohida ko’rib chiqamiz.