70
aylanishini aniqlashdan iborat.
2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo’lini tekshirish va sozlash 2.64-rasm). Bu ish
avtomobillarning kabinasi yoki salonida haydovchi o’rindig’i oldida bajariladi. Chizg’ichning bir
uchi polga qo’yilib, ikkinchi tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu
holatda tepki qarshilik hosil bo’lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi. So’ngra birinchi va ikkinchi
qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy qiymatga mos kelmasa, sozlanadi.
2.Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqish, GAZ-3110, VAZ,
MOSKVICh va UZDEU engil avtomobillarida avtomatik ravishda sozlanadi.
Boshqa suyuqlik yuritmali tormoz tizimiga ega bo’lgan avtomobillarda (GAZ yuk avto-
mobillari, PAZ avtobuslari) tirqish g’ildirakning orqa tomonidan(2.65-rasm) tayanch disk(1) dagi
ekssentrik barmoq(2) yordamida sozlanadi
Old va orqa kolodkalarning tayanch barmoqlari gaykasi bo’shatiladi va tormoz tepkisiga
150-200 N kuch bilan bosiladi. Tayanch barmoqlari katta kuch sarf qilmasdan buraladi va gaykalar
tortib qo’yiladi. Tormoz tepkisi qo’yib yuborilib, barabanning engil aylanishi tekshiriladi. Agar
kolodka barabanga tegib aylansa, operatsiya qaytadan bajariladi.
VAZ avtomobillanda tormoz tepkisining erkin
yurish
yo’lini
sozlash: 1-vakuum
kuchaytirgich; 2-itargwh; 3-tormoz tepkisi; 4-
to’xtash chirog’mi yoqqich; 5-yoqqwh
gaykasi; 6-to’xtatish chirog’mi o’chirgich; 7-
tepkini tortib turuvchi prujina; 8-bosh tsilindr