77
O’lchagichning tayanchli-7 harakatlanuvchi uchi-6 avtomobilning oldingi g’ildiraklari
koleyasi kattaligiga qarab suriladi va qotirgich-5 bilan mahkamlanadi. Chizg’ichning ikki uchiga
qotirilgan zanjirlar-8 o’lchagichni ikkala tomonini poldan bir hil balandlikda o’rnatishni
ta’minnlaydi. Yaqinlashuv buchagini sozlash yon tortqilarning uzunligini o’zgartirish bilan
bajariladi(2.71 rasm). Shaklda yaqinlashuv burchagini sozlash uchun tortqining uzunligini
o’zgartirili-shi keltirilgan. Buning uchun 3-xomutning
1-gaykasi bo’shatiladi va sozlovchi trubka buragich yordamida kerakli olchamni hosil
qilguncha buraladi.
Oldingi ko’prik birikmalarini diagnostikalash va sozlash ishlari 1-TXK, 2-TXK, SXK yoki
JT davrida bajariladi. Ishlash jarayonida eng ko’p ediriladigan oldingi ko’prik detallaridan shkvoren
va burash mushti vtulkasi hisoblanadi. Diagnostikalash natijalariga ko’ra bu detallar yangisiga yoki
ta’mirlanganiga almashtiriladi.
Oldingi ko’prigi etaklovchi zamonaviy avtomobillarda g’ildiraklarning og’ish va
kronshteynning o’rnatish burchaklari me’yoridan farq qilsa, kronshteyn yangisiga almashtiriladi.