• Umumiy ma’lumotlar: Shinalar
  • 3- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Avto transport vositalarining shinalarni ta'mirlash. Ishdan maqsad




    Download 499,56 Kb.
    bet1/4
    Sana07.02.2024
    Hajmi499,56 Kb.
    #152774
      1   2   3   4
    Bog'liq
    3-amaliy ATE S


    3- Amaliy mashg‘ulot
    Mavzu: Avto transport vositalarining shinalarni ta'mirlash.

    1. Ishdan maqsad: Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini nazorat qilish va protektor yedirilishini aniqlashdan iborat.
    2. Ishning mazmuni: Shinalarni yamash uchun jihozlar ,shina va kameralarni yo'l sharoitida ta'mirlash, kamerasiz shinalarni ta'mirlash, shina ishini hisoblash va nazorat qilish ishlarini o‘rganish.


    3. Umumiy ma’lumotlar:

    Shinalar avtomobilning eng qimmat turadigan elementlaridan biri hisoblanib, ular avtomobilning tortish-to'xtatish mexanizmlari dinamikasiga, turg'unligiga, tekis yurishiga, yonilg'i tejamkorligiga, harakat havfsizligiga ta'sir ko'rsatadi. Shinalarning ishdan chiqishi va ish muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liqdir.
    Shinalar mo'ljaldagidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning ko'tarilishi, bosimning pastligi, g'ildiraklar yaqinlashuvining noto'g'riligi, tormoz barabani ezilib tuxumsimon bo'lib qolishi, tormoz mexanizmlarining bir xil ishlamasligi, avtomobillarga ortiqcha yuk ortilishi, shinalarning o'tkir qirrali predmetlarga urilishi, vaqtida o'rin almashtirilmasligi, haydovchilar mahoratining pastligi, yo'l va iqlim sharoitlarining o'zgaruvchanligi va boshqalar.

    1-rasm.
    Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini nazorat qilish va protektor yedirilishini aniqlash, undan uchlik narsalarni chiqarib tashlash, juftlab qo'yilgan shinalar orasidan masofani (40-50 mm) tekshirish, ularning o'rnini almashtirishdan iborat.
    Shinadagi havo bosimini aniqlash uchun porshenli yoki prujinali monometrlardan foydalaniladi. Siqilgan havo qo'zg'almas yoki qo'zg'aluvchan kompressorli moslamalardan olinadi. Ularning ishlab chiqarish qobiliyati 1 m3/min bo'lib, hosil qiladigan bosimi 1,01,2 Mpa ga teng bo'ladi.
    Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha:

    • Diagnostika (D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan o't-kazish va 1-

    TXK paytida ichki bosimni normal holatga keltirish,

    • Shinalarni qarovdan o'tkazish, chegara yeyilishini aniqlash, qoplamaga va ular orasiga tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish,

    • 2-TXK paytida shinalarni avtomobildan yechib olib yoki yechmasdan muvozanatlash.

    Shinalarni ko'proq ishlashi uchun ularni ajratish va yig'ish ishlariga alohida e'tibor berish kerak.
    Shinalarni yig'ish ishlarini bajarishdan avval disklar va g'ildirak detallari tekshiriladi (bort va qulf halqalari), hamda iflosliklardan va zangdan tozalanadi. Disklarni to'g'rilash va tozalash uchun maxsus stanoklardan foydalaniladi.
    Yengil avtomobillarni shinalarini ajratish va yig'ish uchun maxsus SH-501 M modelidagi kabi jihozlar ishlab chiqarilgan, ulardan tashqari juda ko'p turdagi nostandart jihozlar ham mavjud bo'lib, ular asosan elektrodvigatel, reduktor, siqgich, kranchalar va boshqa detallardan tuzilgan bo'ladi.
    Yuk avtomobili va avtobuslarni g'ildiraklarini ajratish va yig'ishda ham maxsus jihozlardan foydalaniladi.
    Yengil avtomobil shinalarini ajratib va yig'ilgandan so'ng ularni muvozanatlash zarurdir.


    Download 499,56 Kb.
      1   2   3   4




    Download 499,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Avto transport vositalarining shinalarni ta'mirlash. Ishdan maqsad

    Download 499,56 Kb.