• Kamerasiz shinalarni tamirlash
  • 3- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Avto transport vositalarining shinalarni ta'mirlash. Ishdan maqsad




    Download 499,56 Kb.
    bet3/4
    Sana07.02.2024
    Hajmi499,56 Kb.
    #152774
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-amaliy ATE S
    hkTnSqfa9LEIqiaGdTcTzx0mT3WJmU38e4ibDLtq, matematika AXMEDOVA GULNOZA, Документ Microsoft Word (5), -fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish-, PYTHON TILI TARIXI, UZ, Javlon, Google, фактура, Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyen, umirzoq, 4-amaliy ish.doc alisher aka, Monitorlar, 19683

    Shinalarni yamash uchun jihozlar


    Shinalarni yamash uchun maxsus jihozlar ishlab chiqarilgan yoki ular ATK sharoitida tayorlanishi mumkin.

    3-rasm.
    Kameralarni ATK da ta'mirlash - kameralar ishga yaroqliligi aniqlangandan so'ng yamaladi. Ishga yaroqli kameralarning qotib qolgan joylari yo'q, yirtiq joylarining bo'yi 50 mm dan, eni 5 mm dan oshmasligi kerak. Teshiklar oddiy yoki pishmagan rezinaga 1:8 konsertratsiyali kley surtilib va yirtiq joyga yopishtirilib jihoz yordamida yamaladi. Oddiy rezina esa charxda dag'allashtiriladi, kley surtilgan teshikka yopishtiriladi va qirralariga 8:10 mm kenglikda pishmagan rezina yopishtirib apparat yordamida yamaladi. Kameralar plitalar ustiga maxsus siqgichlar yordamida siqiladi va 15-20 minut davomida yamaladi.
    Shina va kameralarni yo'l sharoitida ta'mirlash.
    Yo'l sharoitida shinalarni teshigi qo'ziqorinsimon tiqinlar yordamida berkitiladi.Tiqin shinani ichki tomonidan maxsus bigiz yordamida tiqiladi.
    Kameralar esa pishmagan rezina bilan, yo'l sharoitiga mo'ljallangan yamash moslamalari yordamida yamaladi. Yo'lda yamash moslamasi, maxsus vint yordamida birbiriga yaqinlashtiriladigan yassi plitkalardan iborat bo'lib, ularga ichidan qizdirish elementlari o'rnatilgan bo'ladi, hamda akkumullyator batareyasi yordamida ishlaydi.

    Kamerasiz shinalarni ta'mirlash


    Kamerasiz shinalar xuddi kamerali kabi ta'mirlanadi, lekin teshiklari 2 xil usul bilan yamaladi. Kichik teshilganda (3 mm ga) shinalar yechilmasdan, joyida, teshigiga shpris yordamida maxsus pasta yuborilib yamaladi. Buning uchun shinadagi bosim 0,03:0,05 MPa ga tushiriladi, pasta yuborilgandan 10-15 min keyin bosim me'yoriga keltiriladi. 3 - 10 mm li teshiklar maxsus probkalar yordamida, shinani diskdan yechmasdan turib yamaladi. Yoki shinani yechib oddiy shinalar kabi yamaladi.

    3-rasm.
    Shinani diski bilan yamash uchun maxsus sterjen yordamida kley surtilgan teshikka tiqin tikiladi va uning uchi pratektordan 2-3 mm chiqarib qo'yiladi.

    Download 499,56 Kb.
    1   2   3   4




    Download 499,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Avto transport vositalarining shinalarni ta'mirlash. Ishdan maqsad

    Download 499,56 Kb.