-MAVZU. AVTOMOBIL TRANSPORTED ATROF MUHITGA, AHOLIGA VA




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

16-MAVZU. AVTOMOBIL TRANSPORTED ATROF MUHITGA, AHOLIGA VA
IShLOVChILARGA MEYoRIY TASIRINI TAMINLASh
REJA
1. Avtomobil tarsportini ekologikligi haqida tushuncha. Avtomobil transportini aholiga,
ishlovchilarga va atrof muhitga zararli ta’siri.
2. ATK da avtomobillarni chiqindi gazlarini zararligini kamaytirish borasidagi ishlarni
tashkil qilish.
3. Shovqin. Shovqinning insonga ta’siri. Avtomobillar texnik holatining shovqin darajasiga
ta’siri. Shovqirmi me’yorga keltirish usullari.
1.Har qanday yonilg’ini yoqqanda, har xil yonish chiqindilari ajralib chiqadi. Bu chiqindilar
kishi salomatligiga va atrof muhitga katta ta’sir ko’rsatadi. Shahardagi zavodlar, fabrikalar va
avtotransport korxonalari atrof muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalardir. Agarda zavod va
fabrikalar bir aniq joyda joylashib, shu erni ifloslantirsa, avtomobillar esa qaerda ishlasa o’sha erda
ta’sir ko’rsatadi. Avtomobil transporti, hozirgi vaqtda zavod va fabrikalarga qaraganda, atrof
muhitni ko’proq ifloslantiruvchi hisoblanmoqda.
Hozirgi vaqtdagi eng katta muammo avtomobilni ishlatishdan chiqadigan zaharli
chiqindilarni kamaytirishdan iboratdir.
Avtomobil chiqaradigan asosiy zararli chiqindilar, hozirgi vaqtda yonilg’i yonishidan hosil
bo’ladigan gazda 200 dan ortiq zaharli chiqindilar borligi aniqlandi. Eng zaharlilariga: uglerod
oksidi-SO, yonmay qolgan uglevodorodlar - SN, azot oksidi - NOx lari kiradi.
Bu chiqindilarga, ko’pgina mamlakatlar tomonidan ruxsat etish me’yorlari joriy qilingan.
Mamlakatimizda yonilg’ini yonishidan chiqadigan chiqindilarni me’yorlash BMTning
Evropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan chiqarilgan ko’rsatmasiga asosan 1970 yili joriy qilindi.
(YEEKOON).
Chiqindi gazlar ichida zararsiz mahsulotlar ham bor: kislorod, karbonat angidrid, azot,
oltingugurt. Ammo azot yuqori haroratda va bosim ostida oksid hosil qiladi, bu oksid juda katta
zaharli kuchga egadir. Chiqindi gazlarning tarkibidagi zaharli mahsulotlar ko’pgina sablarga ko’ra
hamma vaqt ham bir xil hajmda bo’lmaydi. Bu dvigatellar turiga, ishlash rejimi, qanday
sozlanganligi, dvigatelni texnik qarovi va yonilg’ining sifatiga bog’liq bo’ladi.
Dizel dvigatel, korbyuratorli dvigatelga qaraganda kamroq zararli bo’ladi. SO, NOx va SN
dizel dvigatellarini ishlashida kamroq ajralib chiqadi, ammo qurumning hajmi ko’proq bo’ladi.
Buni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.
Kompleks ko’rsatgich chiqindi gazlarini neytrallash uchun qancha hajmda toza havo
zarurligini ko’rsatadi. quyidagi jadvalga asosan dizel dvigatellari korbyuratorli dvigatellarga


103
qaraganda ancha zararsiz ekanligini ko’rish mumkin (33% kamroq zararli). Chiqindi gazlar tarkibi
quyida ko’rganimizdek 2 xil dvigatel uchun bir xil, ammo biz karbyuratorli dvigatellarda
qo’rg’oshin birikmasi va dizel dvigatellarda bariy birikmasi borligini eotibordan chiqarmasligimiz
zarur.
Bu birikmalar quyidagicha hosil bo’ladi:
- benzinlarni antidetanatsion xossasini oshirish uchun etil spirt qo’shish natijasida
(bu spirtda qo’rg’oshin bor),
- dizel yonilg’isini tutashini kamaytirish uchun tutunga qarshi maxsus bariy moddasi
qo’shiladi va u dvigatelni ishlash sharoitida chiqindi gazlarning zararli bo’lishida katta rol o’ynaydi.

Download 6,46 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU. AVTOMOBIL TRANSPORTED ATROF MUHITGA, AHOLIGA VA

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish