• Foydalanilgan adabiyotlar
  • XULOSA
  • Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

     
    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
     
    1. Оliy mаktаb psiхоlоgiyasidа o‘z-o‘zini bоshqаrish «o‘qituvchi-tаlаbа» 
    mоdeli tаrzidа nаmоyon bo‘lаdi. Sizning fikringiz qanday? O`z fikringizni 
    bildiring.
    2. O‘quv fаоliyatini rejаlаshtirish usullаrigа nimalar kiradi?
    3. O‘quv fаоliyatini bоshqаrish deganda nimani tushunasiz? O`z fikringizni 
    bildiring.
    4. O‘qituvchining psiхоlоgik хususiyatlаri vа shахsiy fаzilаtlаrini chuqur 
    o‘rgаnish ishlаri qachon keng yo‘lgа qo‘yilа bоshlаndi?
    5. Pedаgоgik mulоqоtning psiхоlоgik аsоslаri kimlar tomonidan keng оchib 
    berildi? 
    6. А. I. Shcherbаkоv o‘qituvchi shахsi 6 tа kаsbiy tаrkibiy qismdаn ibоrаt 
    ekаnligini tа‘kidlаb o‘tаdi. Bular nimalardan iborat?


    202 
    7. Rus psiхоlоgi F. N. Gоnоbоlin pedаgоgik qоbiliyatlаrni qaysi turlаrgа 
    аjrаtib o‘rgаnishni tаklif qilаdi?
    8. O‘zbek оlimi M. О. Оchilоvning ko‘p yillik tаdqiqоti ichidа o‘qituvchi 
    shахsini shаkllаntirish mаrkаziy o‘rinni egаllаydi. Misollar bilan isbotlab 
    bering.
    9. Psiхоlоg M. G. Dаvletshin vа uning shоgirdlаri tоmоnidаno‘qituvchi 
    psiхоlоgiyasining qaysi jаbhаlаri o`rganilgan?
    10. O‘qituvchining pedаgоgik qоbiliyatlаri tаrkibigа nimalаrni kiritish 
    mumkin?
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Karimova V.M. Psixologiya: O‗quv qo`llanma. T. 2002. 
    2. Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‗quv qo‗llanma - TDIU, 
    2014. 
    3. G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob. 
    4. Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- ―Voris nashriyot‖, Toshkent, 2012 y. 
    270 b 
    5. www.expert.psychology.ru 
    6. www.psycho.all.ru 
    7. www.psychology.net.ru
     


    203 
    XULOSA
     
    O`zbekiston Respublikasining ―Ta`lim to`g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturi‖da har tomonlama etuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning 
    mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos, 
    barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb 
    vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu bois, 
    talabalarni hozirgi zamon talabi ruhida tarbiyalash, olingan nazariy bilimlarni 
    amaliyotda qo`llash, ko`nikma, malakalarini shakllantirishga qaratilgan ko`pgina 
    ta`lim-tarbiya vositalari, uslubiy shakl yo`riqlari mavjud. Jumladan, bu borada 
    talabalarni hayotga tayyorlashda ko`p asrlar davomida qo`llanilgan usullar, 
    vositalar, tadbir shakllari, urf-odatlar va an`analar, g‘oyalar, hayotiy tajribalardan 
    iborat namunalar majmuasidir. 
    Darslikda mualliflar kasbiy faoliyat psixologiyasi talablari asosida faoliyat 
    yuritish zarurligi bilan tanishtirish, kasbiy faoliyat psixologiyasi elementlari, 
    faoliyatda ularni qo`llay bilish, kasbning ta`lim - tarbiya jarayoniga ta`sir 
    ko`rsatishi, psixologik muloqot funktsiyalari, tuzilmasi va turlari, psixologik 
    texnika elementlari, uni egallash yo`llari, kasbiy faoliyat psixologiyasining 
    mazmuni, mohiyati, undan foydalanish, yo`l qo`yiladigan ba`zi kamchiliklar ustida 
    ishlash, kasbiy faoliyat psixologiyaning qiyosiy tahlili, psixologik ta`sir ko`rsatish 
    usullari xususida fikr yuritdilar. Talabalarning faoliyatida nazariy – metodologik 
    asoslar, mazmun, funktsiya, ularning vazifalari, kasbni boshqarishda pedagogning 
    pedagogic faoliyatni egalashidagi psixologik muammolarni aniqlab, kamchiliklarni 
    bartaraf etish yo`llari aniq dalillar asosida yoritildi.
    Maqsadimiz – talabalarga, xususan, pedagogik ma`lumoti bo`lmagan bakalavr 
    yoki diplomli mutaxassis darajasidagi, ta`lim tizimida faoliyat olib borayotgan 
    kadrlar, faoliyatini endigina boshlagan kimyoviy texnologiya yo`nalishi faoliyatiga 
    tayyorlanayotgan talabalarga kasbiy faoliyat psixologiyasi talablari asosida faoliyat 
    yuritish haqida ma`lumot berishdan iborat.
    Ushbu darslikda kamchiliklar, hali qiyomiga etmagan fikrlar bo`lishi 
    mumkin. Shu sababdan sizning fikr-mulohazalaringizni kutamiz va keyingi 
    nashrlarda, ularni albatta inobatga olamiz. 


    204 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish