Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/107
Sana12.02.2024
Hajmi1.72 Mb.
#155085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org
Аннотация 
В данном учебнике авторы дают сведения для студентов направления 
5320400 - химическая технология (неорганические соединения) о предмете, 
структуре, задачах и методах профессиональной психологии, о личности и еѐ 
психодиагностике, сущности профессии, основных понятиях, методах 
исследования профессиональной психологии, диагностике профессиональной 
компетентности, сущности профессиографии, истории еѐ возникновения, о 
психологических особенностях ранней юности, о развитии психологии 
учащихся и воспитательной деятельности, о психологии образования,
психологических проблемах педагогической деятельности, о теории управления 
образовательным процессом. 
Учебник предназначен для преподавателей и студентов вуза. 
Annotation 
In this textbook the authors 5320400 - subject, structure, tasks and methods of 
professional psychology for students of chemical technology (inorganic substances), 
personality and its psychodiagnostics, the essence of the profession, basic concepts, 
research methods of occupational psychology, diagnosis of professional competence, 
the essence of professionalism, the history of its emergence, the psychological 
characteristics of early adolescence, the development of student psychology and 
educational activities, educational psychology, psychological problems of pedagogical 
activity, theories of management of the educational process. 
The textbook is intended for professors and students of the university. 
© Axmetjanov M.M., Jumayev U.S., 2020 y.
© «Fan va texnologiya», 2020 y. 



KIRISH 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-
fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar 
strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-4947-son Farmoni, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-2909-son Qarorining qabul qilinishi, yoshlarni 
har tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga 
bo‗lgan imkoniyatlari yanada kengaydi. 
Mazkur darslik 5320400 – kimyoviy texnologiya (noorganiq moddalar) 
yo`nalishi talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, bo‗lajak mutaxassislarning 
psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida yaratilgan novbatdagi manbadir. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi yosh avlodni tarbiyalash, ularni o‗qitish va 
ma‘lumotli qilishning qonuniyatlari, qoidalari, shakllari, metodlari, usullari va 
vositalarini o‗rganuvchi fandir. 
Mazkur tushunchalarning mazmuni, mohiyati, funksiyalari haqida ma‘lumot 
beruvchi ―Kasbiy faoliyat psixologiyasi‖ fani bo‗lajak mutahassislarni o`z kasbiga 
ilmiy-nazariy va tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, har bir mavzuning oxirida o‗z bilimini tekshirish maqsadida 
nazorat savollari va amaliy ishlar topshiriqlari berilganki, ular talabalarning 
bo`lajak sohasida o‗zlashtirgan nazariy bilimlarini amalda qo‗llash, ko‗nikma, 
malakalarini shakllantirishga katta yordam beradi.
Ushbu darslik shaxsning kasbiy faoliyat psixologiyasiga oid asosiy 
tushunchalarni, ―Kasbiy faoliyat psixologiyasi‖ fani taraqqiyotining asosiy 
bosqichlari, va metodlari, vazifalari, shaxs haqida tushuncha, kasbiy faoliyatning 
psixologik tahlili, muloqot, psixik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik 
xususiyatlari, fanning tarmoqlari, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, boshqaruv 
va mehnat psixologiyasi haqidagi masalalarni qamrab oladi.
Ushbu darslikdan olingan bilim, ko‗nikma va malakalar bo‗lajak 
mutaxassislarda kasbiy muloqotni amalga oshirish, o‗z ustida ishlash, kasbiy 
malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish uchun asosiy manba hisoblanadi. 



Ushbu darslikning maqsadi - talabalarda o‗z kasbiga doir psixologik 
bilimlarni egallashga, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va muloqoti, psixik 
taraqqiyot qonuniyatlari, shaxsni psixologik metodlar yordamida o‗rganish 
bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Darslikning vazifasi – talabalarga voq`elik va jamiyatdagi voq`ea-
hodisalarning, jamiyat hayotida psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning 
mohiyatini tahlil etishga, insonning shaxs va mutaxassis sifatidagi kamoloti va 
unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari
emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o‗rgatishdan iboratdir.
Darslikni o‗zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida 
talaba:
- psixologik tushunchalarni, voq`elik va jamiyatdagi voq`ea-hodisalarni, 
shaxsning o‗zida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni, shaxsni psixologik 
tadqiq qilish usullarini bilishi;
- talaba voq`elikni psixologik mushohada etish, narsa-hodisalarni ilmiylik 
va mantiqiylik asosida o‗rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tassavo`rning 
uyg‗unligini ta‘minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, o‗zining shaxsiy va 
kasbiy faoliyatida psixologik bilimlarni va qonuniyatlarni qo‗llay olish 
ko‗nikmalariga ega bo‗lishi;
- talaba voq`ea-hodisalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq 
qilish, shaxs kasbiy faoliyati motivatsiyasi, faoliyat jarayonida yuzaga chiqadigan 
emotsional va irodaviy sifatlari, individual psixologik xususiyatlari, shaxs va 
jamiyat orasidagi munosabatning psixologik qonuniyatlarini aniqlash va ular 
asosida kasbiy faoliyatni amalga oshirish malakalariga ega bo‗lishi kerak. 
Shuning bilan bir qatorda bo‗lajak mutahassislarni mamlakatimizda keyingi 
yillarda qurilish tizimining izchil taraqqiy etayotgani mazkur sohada qo‗lga 
kiritilayotgan yutuqlarni kechagi ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash ko‗nikmalariga 
ega bo‗ladilar. 
Bo`lajak kimyo soha egalarini faollashtirish, psixologik bilimlarni 
o‗zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirishni yo‗lga qo‗yish maqsadida 



darslikning oxirida manbalar tavsiya etilgan. Bu manbalar talabalar mustaqil 
o‗qishlarini yo‗lga qo‗yish hamda mustaqil bilim olishlari uchun ancha qulayliklar 
yaratadi. 
Albatta, mazkur darslikda barcha muammolar o‗z yechimini topgan deb 
bo‗lmaydi. Unda ba‘zi bir kamchilik va nuqsonlar bo‗lishi tabiiy. Shu boisdan 
mualliflar darslikning nazariy va uslubiy saviyasini yanada oshirishga doir o‗z 
takliflarini bildirgan kitobxonlarga chuqur minnatdorchilik bildiradi.
Darslik haqidagi fikr-mulohazalaringizni Buxoro muhandislik-texnologiya 
instituti «Metrologiya va standartlashtirish» kafedrasiga yuborishingizni so‗raymiz. 
Manzilimiz: Buxoro shahri, Qayum Murtazoyev ko‗chasi, 15-uy, tel: 65 - 223-46-
76. 




Download 1.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish