Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va 
rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‘liqligidan iboratdir. Bunday 
psixologik qonuniyatlardan biri ma‘lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning 
takror namoyon bo‘lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish - muayyan psixik 
hodisani tushunish, oldindan ko‘ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. 
Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari 
umumiy xususiyatlarini chamalab ko‘rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini 
belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil 
qilishda xatoga yo‘l qo‘ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning 
individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa 
narsalarni hamisha o‘rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik 
qonuniyatlar umumiy va jo`z‘iy bo‘lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma 
shaxslarga yoki ko‘pchilikka aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, hamma 
shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo‘zg‘atuvchining kuchiga nisbatan 
(o‘rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o‘sib boradi. 
Juz‘iy qonuniyatlar ba‘zi yoshdagi kasb egalari va ba‘zi toifadagi shaxslarga 
xos qonuniyatlardir. Masalan, o‘smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan 
rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o‘smirlarga xos bo‘lgan jo`z‘iy 
qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‘ylab tashkil qilingan hamda rejali 
ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik 
murakkab bo‘lishidan qat‘iy nazar, ko‘pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis 
uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin. 
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba‘zi asosiy bosqichlarga ham bo‘lish 
mumkin. 
1. Masalaning qo’yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, 
psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan masalani aniqlashdan, shuningdek, bu masala fanda 
qanchalik o‘rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni 


13 
o‘rganishdan boshlanadi. 
2. Tekshirish metodikasini tanlash. Psixologik kuzatishlar turli metodlar (bu 
metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning 
muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan metodni tanlashga bog‘liq bo‘ladi. 
3.  Aniq ma’lumotlarni to’plash. Ma‘lumotlar, I. P. Pavlov ta‘biri bilan 
aytganda, olim uchun go‘yo havodek zarur narsadir. To‘plangan ma‘lumotlar 
o‘rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy ma‘lumotlarga bo‘lgan asosiy 
talab - ularning to‘liq va izchil bo‘lishidir. To‘plangan ma‘lumotlar 
o‘rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak. 
4.  Aniq ma’lumotlarni ishlash. To‘plangan ma‘lumotlarni matematik va 
mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va ularni tasodifiy 
materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to‘plangan materiallarning o‘rtacha 
miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar aniqlanadi, songa oid 
ma‘lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma ko‘rinishlarida aks 
ettiriladi. Murakkab mutanosiblikdagi ma‘lumotlarni aniqlashda esa variatsion 
statistika metodlari qo‘llanadi. 
5. Qonuniyatning ifodalanishi. Bu tekshirishning eng qiyin va mas‘uliyatli 
bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma‘lumotlarning mohiyatini chuqur 
tushunish, ularning o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish kerak bo‘ladi, binobarin, bitta 
ma‘lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar 
taxminiy xususiyatga ega bo‘lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos 
bo‘ladi. 

Download 1,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish