• Sotsiologiya
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik
    giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
    1. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy 
    falsafa qismi bilan bo‗lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti 
    mohiyatini to‗la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o‗rni 
    va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining 
    rivojlanishiga oid bo‗lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni kasbiy psixologiya 
    falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‗zi ham inson ongi va tafakkuri 
    qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma‘lumotlarga ega bo‗lishiga 
    yordam beradi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy 
    ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham 
    yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va kasbiy psixologiyaning hamkorligi 
    bevosita sezilmoqda. Bu bog‗liqlik, avvalo, yangicha tafakkur va dunyoqarashni 
    shakllantirish muammosi ko`ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va 
    milliy g‗oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda. 
    2. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‗z 
    taraqqiyotining muhim bosqichiga o‗tgan ekan, kasbiy psixologiya ushbu fan 
    erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‗lami kengayishiga baholi 
    qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, 
    bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan kasbiy
    psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‗lib, ular jamiyatda ijtimoiy 
    taraqqiyot va progressni ta‘minlash ishiga xizmat qiladi. Qolaversa, xuquqiy, 


    20 
    demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan 
    O‗zbekiston aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o‗zgarishlarga 
    psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta‘minlash, bu sohada muntazam tarzda 
    ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi o‗zgarishlarni o‗z vaqtida o‗rganish, 
    bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar 
    metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish