• 6. Texnika fanlari
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik
    giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
    5. Kibernetika fani sohasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham 
    ahamiyatli va zarur bo‗lib, u inson shaxsining o‗z-o‗zini boshqarish va psixik 
    jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika 
    tomonidan qo‗lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‗z 
    o‗rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma‘lumotlar asri bo‗lgan XX va har bir alohida 
    ma‘lumotning qadr-qimmati oshishi kutilayotgan XXI asrda informatsion 
    texnologiyalar va modellashtirish borasida kasbiy psixologiya hamda kibernetika 
    hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini 
    yanada takomillashtirish, har bir so‗zning shaxslararo munosabatlardagi 
    ta‘sirchanligini oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida 
    shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan o‗rinli foydalanish 
    zamonaviy kasbiy psixologiyasining jamiyatdagi o‗rni va rolini oshiradi, maxsus 
    kompyuter dasturlarining keng qo‗llanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini 
    tez va aniq o‗rganishni kafolatlaydi. 
    6. Texnika fanlari bilan kasbiy psixologiyaning o‗zaro aloqasi va hamkorligi 
    ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani 
    boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik 
    hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish 
    zarurati bu ikki yo‗nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. 
    Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo‗lsa, texnika progressiga 


    22 
    intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan «muloqot» 
    qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga 
    moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo‗lgan masaladir. 
    Ayniqsa, mustaqil O‗zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini 
    biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta‘minlash qanchalik dolzarb 
    bo‗lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini 
    moslashtirish va «odam-mashina» dialogining eng samarali yo‗llarini izlab topishi 
    juda muhim. Texnika bilan bemalol «tillashadigan» malakali mutaxassislar 
    tayyorlash borasida ham texnika fanlari pedagogika va psixologiya fanlari 
    metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish