Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
6.Qonuniyatni amalda qo’llash. Aniqlangan qonuniyat ma‘lum bir amaliyot 
sohasida, masalan, tergov jarayonida gumon qilinuvchini so‘roq qilish 
psixologiyasini o‘rganishdan to‘plangan tajriba keyingi tergov jarayoni uchun 
kerak bo‘ladi. Ko‘pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda 
boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo‘lsa ham, har 
holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo‘lmaydi, 
boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fani o‘rganishi kerak bo‘lgan qonuniyatlarni 


14 
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: 
1) shaxs va mexnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan psixik 
qonuniyatlar; 
2) soha egasining psixikasini o‘rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar; 
3) kasb egalariga har hil sabablar bilan murojaat qiladigan fuqarolarning 
psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar.
Hozirgi kunda o‘zbek psixolog olimlari ushbu muammolar ustida ilmiy 
izlanishlar olib bormoqdalar. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasining o‘ziga xos prinsiplari mavjud. Har qanday 
usulda o‘tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator prinsiplarga rioya qilishni talab 
etadi. Masalan: subyektiv (psixologik) asosga nisbatan obyektiv (moddiy) asosning 
birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning yetakchilik roli, psixik 
hodisalarning o‘ziga xos bog‘liqligi prinsipi, psixologik faoliyatni o‘rganishda 
obyektivlik prinsipi, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi prinsipi. 
Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi psixika 
moddiy bo‘lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. 
Shaxsni o‘rganishda biz psixik faoliyatning ko‘plab tashqi ko‘rinishlariga duch 
kelamiz. Ulardan asosiylari: 
- og‘zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o‘zi (shaxsiy hisobot 
ma‘lumotlari) haqidagi mulohazalari g‘oyat muhim hisoblanadi. Nutq orqali 
shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarashlari, intilishlari, bilimi va boshqalar haqida 
xulosaga kelish mumkin; 

shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o‘z qo‘llari 
bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar 
aniqroq ma‘lumot beradi; 

psixik faoliyatning tashqi ko‘rinish va tanada namoyon bo‘lishi. Bu ko‘z 
qarashining ma‘nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon 
aylanishining o‘zgarishi, miya elektr faolligining o‘zgarishi va hokazo. 
Shuni ham ta‘kidlab o‘tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi 
namoyon bo‘lishigina emas, balki psixikaning o‘zi tashqi namoyon bo‘lishiga 


15 
qarab ham o‘zgaradi. Masalan, soha egasi ishida xatoga yo‘l qo‘ydi. Ushbu faktni 
aniqlashdan avval xatoning sabablarini bilish lozim. 
Psixikani tashqi namoyon bo‘lish shakli orqali o‘rganish vositali bilish 
deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o‘rganishning 
asosiy metodi sifatida o‘z-o‘zini kuzatish (introspensiya) metodidan foydalanib 
kelingan. Biz o‘z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o‘z-
o‘zini kuzatish metodi o‘ta qulay tuyo`ladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir, 
chunki o‘z-o‘zini kuzatish ko‘pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash 
imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto‘g‘ri ko‘rsatadi. 
Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi o’rin tutishi prinsipi inson 
psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib 
chiqadi. Shunga ko‘ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayrim holda 
o‘rganish mumkin emas. 
Psixik hodisalarning o’zaro bog’liqlik prinsipi bizning ichki dunyomiz 
yagona, bir butun ekanligidan, ma‘lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan 
shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan 
shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o‘rganishning o‘zi asosiy 
maqsad bo‘lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning 
boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta‘sirini hisobga olish lozim 
bo‘ladi. 
Psixik faoliyatni o’rganishda obyektivlik prinsipi boshqa tekshiruvchilar 
qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o‘rganishni, real holatni 
ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo‘l qo‘ymaslikni 
talab qiladi. 
Nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi prinsipi nazariya amaliyot uchun 
asos ekanligini, u o‘z qobig‘iga o‘ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi 
yo‘nalishlar ko‘rsatishni anglatadi. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining bu prinsiplari birgalikda qo‘llaniladi 
va ular har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi. 
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o‘rganishga imkon 


16 
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. 
Psixoanaliz jinoiy xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy 
sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo‘llaniladi. 
Mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
jarayonining borishi ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga bir qator yangi 
vazifalarni yuklaydi. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning ichki his-
tuyg‘ularini o‘rganish, ish faoliyatida kelib chiqadigan subyektiv va obyektiv 
sabablarini o‘rganishdir. 
Shu bilan birga, bu fanni o‘rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida 
e‘tibor muhimdir: 

betartibsizlikning oldini olish; 

betartibsizlikni batamom tugatish; 

soha egalari o‘rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish; 

fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish; 

inson omilini birinchi o‘ringa olib chiqish. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanini o‘qitishda quyidagilarga e‘tiborni 
qaratish zarur: 

bo‘lg‘usi kimyoviy tehnologiya soha egalarini kasbiy psixologik bilimlar 
bilan qurollantirish; 

kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona 
foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish; 

mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama 
shakllantirish; 

kimyoviy tehnologiya soha yo‘nalishida ta‘lim olayotgan mutaxassislarning 
kasbiy qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish; 

kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lish va 
psixologik aloqa o‘rnatish mahoratiga ega bo‘lish. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fani ana shu vazifalarning maqsadi va 


17 
ko‘lamidan kelib chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi: 
1) kimyoviy va psixologik bilimlarni chuqur o‘rganish hamda ularni ilmiy 
jihatdan sintezlash; 
2) kimyoviy tehnolologiya tushuncha va kategoriyalarining kimyoviy-
psixologik mohiyatini ochib berish; 
3) kimyo sohasi xodimlariga oid asosiy obyekt - inson xulq- atvorining ruhiy 
jihatlarini tushuntirish; 
4) kimyo sohasi munosabatlarga kirishayotgan subyektlar o‘rtasidagi psixik 
jarayonlarni o‘rganish va ularning ruhiy holatlarini ko‘rsatish; 
5) jamiyatning ijtimoiy holatini tartibga solishni yanada takomillashtirish 
uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish; 
6) kimyo sohasi xodimlari uchun psixologik xizmat ko‘rsatish taktikasi va 
metodikasini ishlab chiqish. 
Shu ma‘noda, kimyo sohasi xodimlari uchun psixologik bilimlar ijtimoiy 
kategoriyalar (motiv, maqsad, shaxs va boshq) ni va alohida ijtimoiy vazifalar, 
ya‘ni psixologik ekspertizasini tayinlash, tarkibini klassifikatsiya qilish muhim 
ahamiyatga ega. 

Download 1,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish