MODUL I. KASB PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI.
MODULNING UMUMIY MAQSADI:
Kasbiy faoliyat psixologiyasi
fanining tarkibiy to`zilishi, asosiy tarmoqlari, maqsad va vazifalariga oid nazariy
bilim berish, boshqa fanlar bilan aloqadorligi faoliyat ko‗nikmalarini
shakllantirish, talabalarga kasbiy faoliyatda psixologik bilimlarning ahamiyati,
kasbiy psixologiya fani haqida tushuncha, kasbiy psixologiyaning fan sifatida
rivojlanish bosqichlari, psixik hodisalarning asosiy shakllari, kasbiy psixologiya
bo'limiga kirish, kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va ahamiyati, kasb
psixologiyasining ijtimoiy hayotda tutgan o‘mi, kuzatish metodlari. test metodlari,
kasbning psixologik mohiyatini ochishda fanlar integratsiyasiga asoslanuvchi
kompleks (majmuaviy) metodlariga oid ko‗nikmalarni shakllantirish
.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI:
-
ta‘limiy maqsad
:
talabalarga kasbiy faoliyat psixologiyasi fani va uning
nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o‗zlashtirish orqali
kasbiy kompetentligini oshirish;
-
tarbiyaviy maqsad
: talabalarda fanning o‗ziga xos xususiyatlari haqida
dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy
mahoratni shakllantirish, o‗rganiladigan o‗quv materiallari bo‗yicha tarbiyaviy
xulosalar chiqarish;
-
rivojlantiruvchi maqsad
: talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy
dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish.
1.1. Kasbiy psixologiya bo'limiga kirish.
Kasb
psixologiyasining predmeti, vazifalari va ahamiyati.
Tayanch iboralar:
Kasbiy psixologiya-fan sifatida, psixik aks ettirish, psixik
hodisalar, jarayonlar, holatlar, shaxsning xususiyatlari, ilmiy psixologiyaning
nazariy asoslari, kasbiy psixologiyaning fan sifatidagi taraqqiyoti, hozirgi zamon
psixologiyasining asosiy yo’nalishlari, turli qarashlar, oqimlar, kasbiy
8
psixologiyaning fan sifatidagi vazifalari, yoshlarning ma’naviyatini shakllantirish,
ta’lim-tarbiyanin roli. kasbiy psixologiyaning tutgan o’rni.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga
kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon
yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy
olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi.
Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma‘naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli
yaratuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik
rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi.
Xo‘sh, psixika nima?
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi
(xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq
manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishidir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va
kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan faoliyat va xatti-
harakatlarni boshqarishdir
1
.
Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik
(bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayo`l, nutq va diqqat),
psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e‘tiqodlilik, bardamlik, tetiklik,
qiziquvchanlik,
hayratlanish,
ishonchlilik,
ijodiy
ruhlanish),
shaxsning
xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy
salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‘uliyat) da kuzatiladi.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari,
shuningdek, insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining
hilma-hil
ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh»
haqidagi fan, ta‘limot degan ma‘noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon»
tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik
1
Qarang: G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. - 25-b.
9
nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‘noni bildiradi. Lekin
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‘noga, ko‘lamga
ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas
tomonlarini o‘zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning
faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil
qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma‘naviy
borliq. Predmet - moddiy va ma‘naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va
o‘rganiladigan masalalar).
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik
psixologiya,
zoopsixologiya,
yosh
davrlari
psixologiyasi,
muhandislik
psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi,
savdo psixologiyasi, kasbiy faol psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Bunda:
-
umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning
o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha hisoblanadi;
-
pedagogik psixologiya kishiga ta‘lim va tarbiya berishning psixologik
qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi;
-
yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug‘ilganidan to
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro
munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi
tamoyillarini o‘rganadi;
-
ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari
natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e‘tiqodlar, hissiy kechinma
va xulq-atvorlarni o‘rganadi;
-
muhandislik
psixologiyasi
avtomatlashtirilgan
boshqaruv
tizimlari
operatorlarining faoliyatini,
|