• QADIMGI SHARQDA ASOTIRIY TASAVVURLAR VA FALSAFIY BILIMLARNING PAYDO BO`LISHI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN R E F E R A T I
  • KIRISH. SHARQ MADANIYATI TARAQQIYOTINING ILK DAVRI TUSHUNCHASI.
  • Shuningdek, Sharq falsafasi
  • Referat I mavzu: qadimgi sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi. Reja




    Download 62,47 Kb.
    bet1/7
    Sana12.06.2024
    Hajmi62,47 Kb.
    #262949
    TuriReferat
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    falsafa referat



    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FARG`ONA FILIALI
    AXBOROT XAVFSIZLIGI TA`LIM YO`NALISHI
    SIRTQI TA`LIM SHAKLI 2-KURS 748-22 GURUH TALABASI
    ABDUSALOMZODA JAVLONBEK BAXTIYOR O`G`LINING
    FALSAFA FANIDAN
    QADIMGI SHARQDA ASOTIRIY TASAVVURLAR VA FALSAFIY BILIMLARNING PAYDO BO`LISHI”
    MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


    R E F E R A T I

    MAVZU: QADIMGI SHARQDA ASOTIRIY TASAVVURLAR VA FALSAFIY BILIMLARNING PAYDO BO`LISHI.


    REJA:



    1. KIRISH. SHARQ MADANIYATI TARAQQIYOTINING ILK DAVRI TUSHUNCHASI.



    1. QADIMGI SHARQDA ASOTIRIY TASAVVURLAR VA FALSAFIY BILIMLARNING PAYDO BO`LISH SABABLARI.




    1. QADIMGI SHARQDAGI FALSAFIY MAKTABLAR.



    1. ISLOM DININING VUJUDGA KELISHI VA FALSAFIY TA`LIMOTI. SHARQ MUTAFAKKIRLARI: ABU RAYHON BERUNIY, ABU NASR FAROBIY, IBN SINONING IJTIMOIY-SIYOSIY, MA`NAVIY-AXLOQIY TA`LIMOTLARI.



    1. TEMURIYALAR SULOLASI DAVRI: ABDURAHMON OMIY VA ALISHER NAVOIY IJODIDA GUMANIZM.




    1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. KIRISH. SHARQ MADANIYATI TARAQQIYOTINING ILK DAVRI TUSHUNCHASI.

    Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o’choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Yeng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo’lganini yaxshi biladi. Biz bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o’ziga xos ta’limotlarning asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko’xna Sharq sivilizasiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Mirs, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. Shuningdek, Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.
    Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.
    Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qadimgi Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin.
    Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalqlarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qadimgi Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.



    1. Download 62,47 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 62,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat I mavzu: qadimgi sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi. Reja

    Download 62,47 Kb.