TEMURIYALAR SULOLASI DAVRI: ABDURAHMON OMIY VA ALISHER NAVOIY IJODIDA GUMANIZM




Download 62,47 Kb.
bet6/7
Sana12.06.2024
Hajmi62,47 Kb.
#262949
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafa referat

5. TEMURIYALAR SULOLASI DAVRI: ABDURAHMON OMIY VA ALISHER NAVOIY IJODIDA GUMANIZM.
Tasavvufning muhim ideallarini Alisher Navoiy so’z san’ati orqali ifodalashga harakat qildi. Unda sufiyona g’oyalar ilgari suriladi va so’z go’zalligi vositasida Olloh nigohi namoyon bo’lishini aytadi. Navoiy Ollohga bo’lgan ishqni gul so’zi asosida tushuntirishga intilib: «Mening ko’nglim, qalbim sening gul yuzing yashnab turadigan gulshan bo’lsin, qading niqoli jonim o’rtasida alifday tursin». Yoxud: «Sening gulday diling joyi mening ko’nglim, uning ko’ngil yaralariga davo, u qalbim gullarini yashnatadi. Go’zal surating, baland, zebo qomating jonim ichida. Bu yerni o’zingga makon qil».1 Navoiy bu g’oyalari orqali Ollohni chiroyli, go’zal so’zlar vositasida ifodalab, yor vasliga sufiyona yetishishga harakat qildi. U yor ishqiga sadoqatidan ilhomlanib, o’z dardini Ollohga oshiqlik deb bildi.
Tasavvuf estetikasini nozik jabhalarini Mirzo Bedil iborali va ibratli so’zlar bilan tavsif qildi. Bedil sufiy darajasiga yetishishda sof ruh qalbda hukmron bo’lishi kerak. Bu ruh nafosat va latofatga boy hayot manbai. Ana shu ruhning tiniq va shaffof ilohiy nuri kishi dilini yoritadi. Ollohga bo’lgan pok va sof beg’ubor tashnalikni qondiradi. Shu tarzda sufiy o’z madaniyati va ma’naviyatini doimo aql bilan boshqarishga intiladi, deydi. Sufiyning estetik olami bu-yezgulik, go’zallik, shirin so’zlik, nazokatlilik, go’zal qalb, go’zal xulq-atvor, go’zal g’oya va go’zal so’z ozuqasi bilan namoyon bo’ladi. Bular barchasi sufiyni Ollohga yaqinlashishi va uning jilvasini ko’rishga yordam beruvchi omillar ekanini ta’kidlanadi.
. bu davrda A.Temur, M.Ulug’bek, A.Navoiy, A.Jomiy, Z.M.Bobur va boshqa bir qancha allomalar jamiyat rivoji borasidagi ijtimoiy masalalarni o’rtaga tashladilar.
XIV asrning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari, davlatni qurish, jamiyatni huquqiy qonun-qoidalar asosida boshqarish, insoniyat taraqqiyotiga yangi sivilizasiyani olib kirishda Amir Temurning hissasi katta bo’ldi. U o’zining ijtimoiy – siyosiy qarashlarini aytar ekan, men markazlashgan mustaqil davlat tuzishda va uni boshqarishda shior qilib olgan 12 ta tuzuklarimga amal qildim, deydi. «Temur tuzuklari»da «Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim, gunohkorlarga ham rahm qilib haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim» degan so’zlarni o’qiymiz.
Temur o’z davrida davlatni boshqarish ishlarida bevosita o’tmishda mavjud bo’lgan davlatlar va podshohlar hayotini ham o’rganib chiqqanligini aytadi. Bu haqda shunday deydi: «Hayotni ko’p issiq sovug’ini ko’rib ulardan saboq olib tajribamni oshirdim. Shuning uchun do’st-dushman bilan kelishib yashadim. Odam Atodan boshlab Hotam ul an biyogacha, ulardan hozirgi damgacha o’tgan sultonlarning qonunlari, turish-turmushlari, qilish - qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib unga amal qildim. Davlatning tanazzulga uchrashi sabablarini surushtirdim va davlatu-saltanat zavoliga sabab bo’luvchi ishlardan saqlandim».
Temuriylar davrida ijtimoiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan davlat arboblaridan bir Mirzo Ulug’bekdir. O’z davri fani va madaniyati, jamiyat rivoji uchun ko’plab dunyoviy bilimlarni xalqqa yetkazib berdi. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti yosh avlod qo’lida ekanligini chuqur anglab yetib, yoshlar barcha egallagan bilimlarini mukammallashtirib borishi, ularni hayotga tadbiq etishlari, jamiyat farovonligi uchun qayg’urishlari, doimo kasb va hunar egallashga intilishlari lozimligini uqtiradi. Uningcha, har bir inson o’z o’tmishi, tarixini yaxshi bilishi, qolaversa, kelajak haqida o’ylashi lozim. U o’zining «Ziji Ko’ragoniy», ya’ni “Yulduzlar jadvali” nomli asarini yozdi. Bu kitobda jahon xalqlarining har xil hisoblaridagi eralar va ularning munosabatlari, vaqtni aniqlansh, quyosh va oy tutilishlari, yulduzlar va sayyoralarning harakatlar va boshqalar to’g’risida fikr yuritadi. U bir yilda 365 kun 6 saot 46 soniya borligini bundan 600 yil oldin aytib o’tgan.
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy tafakkuri taraqqiyotida Boboraxim Mashrab (1657-1711 yil) qarashlari alohida ahamiyatga ega. U o’zining «Devonai Mashrab» deb nomlangan asarida insonlar g’am-tashvishlari, dard-alamlarini kuyladi. Mashrab she’rlarida jamiyatda hukm surayotgan ijtimoiy adolatsizliklarni qoraladi. Uning insonparvarlik so’zlari jamiyatdagi hukmdorlarga, shariat peshvolariga mutlaqo yoqmadi. Jamiyatdagi tengsizlik, haqsizlik kabi illatlarni qoralab, ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarni barchasi oddiy xalqni og’ir ahvolga solib qo’yishini aytadi.
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) falsafiy qarashlarini bayon etar ekan, avvalo, barcha narsalar 4 unsur (tuproq, suv, havo va olov)ning qo’shilishidan kelib chiqqanligini aytadi. Bu unsurlarni birikuvi noorganik tabiatning, keyinchalik o’simlik olamining kelib chiqishi, o’simlikning rivojlanishi bilan hayvon kelib chiqishi sodir bo’ldi. Undan keyin so’zlashishga o’rganib inson paydo bo’ldi, deydi. Shu tariqa anorganik, organik tabiat, hayvonot olami va insoniyat o’rtasidagi o’zviy aloqa borligini ko’rsatadi. Bedil inson agar o’z vaqtida ovqatlanib turmasa quvvatdan ketadi, mehnat qilish qobiliyatini yo’qotadi deydi. Ayniqsa bu holat ko’pincha tarki dunyo qilganlar, gadoylar o’zlarini turli qiynoqlarga soladilar, o’z tanalarini murdaga aylantirib, o’zlarini o’zlari xor qiladilar. Bunday kishilarni ko’z oldilarida parilar, jinlar namoyon bo’ladi, natijada ular aqldan ozib qoladilar, deydi.
XIX asr adabiy merosiga katta hissa qo’shgan shoira Nodira (1792-1842) she’rlarida insonni ulug’lovchi g’oyalarni maydonga olib chiqdi. Nodira o’z she’rlarida inson va uning tabiatiga bog’liq fikrlarni, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur omillarni, insonlarning og’ir turmushini ko’yladi. Uning fikricha, inson olamdagi barcha mavjudotlarning eng oliysi, ham eng ulug’i hisoblanadi. Shu boisdan inson bu dunyoni go’zal etuvchi, hayotni sevgi-muhabbatga to’ldiruvchidir. O’z she’rlarida xalq ahvolidan xabar olmagan xonlarni, sultonlarni soxta obru-ye’tiborlarini namoyish etdi. Nodira insonlar, shohlarni boylikka hirs qo’ymaslikka da’vat qildi. Uning insoniylik, muhabbatning mavjudligi insonning haqiqiy inson ekanligini bildiradi. Xalq dardi, el-yurt istiqboli tashvishlari bilan yashagan alloma Axmad Donish (1827-1897) «Buxoro amirlari tarixi» asarida o’sha davr ma’naviy va madaniy hayotini aks ettirdi. U Buxoro xalqi hayoti bilan Rossiya xalqi turmushini solishtirib, o’z vatanini iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha orqada qolganligini ko’rsatib berdi. U Buxoro davlat tizimini isloh qilishi g’oyasini ilgari surdi. Donish o’zining isloh loyihasi bilan amirga murojat qildi. Bu murojatda «Davlat bir guruh kishilar emas, balki xalq manfaatlariga xizmat qilishi kerak» degan g’oyani asosladi. Bu fikrlarni amir rad etdi. Donish fikricha, mamlakatni boshqarishda hukmdor muhim ishlarni o’z atrofidagi davlat arboblari bilan maslahatlashib hal qilishi lozim. A.Donish ma’rifatparvar kishi sifatida mamlakatni aqlli, dono odamlar boshqarganda, davlat taraqqiy qilishi mumkin, deb o’ylaydi. Keyinchalik A.Donish hayotiy tajribalar ostida donishmand va odil hukmdorga umid bog’lash fikridan qaytdi.


Download 62,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 62,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TEMURIYALAR SULOLASI DAVRI: ABDURAHMON OMIY VA ALISHER NAVOIY IJODIDA GUMANIZM

Download 62,47 Kb.