• Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy
  • Referat I mavzu: qadimgi sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi. Reja




    Download 62,47 Kb.
    bet4/7
    Sana12.06.2024
    Hajmi62,47 Kb.
    #262949
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    falsafa referat

    4. ISLOM DININING VUJUDGA KELISHI VA FALSAFIY TA`LIMOTI. SHARQ MUTAFAKKIRLARI: ABU RAYHON BERUNIY, ABU NASR FAROBIY, IBN SINONING IJTIMOIY-SIYOSIY, MA`NAVIY-AXLOQIY TA`LIMOTLARI.

    Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar bir-biri bilan bog’langan, yaxlit jarayon sifatida vujudga kelgan dinlar inson kamoloti borasida faoliyat olib borgan. Yer yuzidagi barcha dinlar inson va jamiyatni kelib chiqishini ilohiy kuch asosida tushuntirib beradi. Mana shunday dinlardan biri VIII asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan Islomdir. Islom dining rivojlanishiga Sharq xalqlarining ta’siri katta bo’ldi. Islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»dir. Qur’oni Karim yer yuzi musulmonlarining dasturi, diniy ahkomlar manbaidir. «qur’on» so’zi arabchadan olingan bo’lib, u «o’qish» deagn ma’noni bildiradi. muhammad payg’ambar 40 yoshga yetganda unga Ollohdan vahiy kela boshlaydi, ya’ni bu payg’ambarlk vahiysi bo’lgan. Shu asosda «Qur’oni Karim» 22 yil davomida vahiy orqali Muhammad payg’ambarga nozil bo’lgan. Unda 114 ta sura, 6236 ta oyat bor. Yigirmata surada oila va u bilan bog’liq masalalar tilga olinishi insoniy jamiyatda juftlik naqadar zarur ekanligini ko’rsatib turadi. Shuningdek, Qur’oni Karimda shariat masalalari ham o’z o’rnini topgan. Qur’oni Karimdan keyin Islom olamida ikkinchi o’rinda turadigan manba bu Hadislar hisoblanadi. Hadisi Sharifda Muhammad payg’ambarning aytgan so’zlari, qilgan ishlari va sahobalari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari to’g’risida hikoya qilinadi. Hadisi Shariflarni yig’ib kitob shakliga keltirish asosan payg’ambarimiz vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Islom olamining o’sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan Bog’dod, Damashq, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi shaharlarda Hadis fani bilan shug’ullanuvchi muhaddislar ko’p bo’lgan va ular Hadis to’plamlarini tuzishgan. Ular ichidan eng ishonchli sanalganlari 6 ta bo’lib, bularni Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an - Nasoiy va Imom ibn Mojja tuzishgan.


    Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan islom dinini targ’ibotchilaridan va Hadis ilmining mukammal sohiblaridan biri Imom al-Buxoriy (809-869 yillar) dir. O’zining «Al jome’ as-saxix» nomli hadislar to’plamida insonlarni poklikka, kamtarlikka, ogohlikka, mehnatevarlikka chorlovchi hadislarni to’plagan va ayni paytda hadislarning mashhur targ’ibotchisi hamda hadis ilmidan dars beruvchi bo’lgan. Uning shogirdlaridan Shayx ibn Muhammad Yusuf Al-Farobiy shunday ma’lumot beradi. Imom Buxoriyni «Al jome’ as-saxix»larini o’zlaridan 90000 kishi eshitgan ekan. Yana bir shogirdining aytishicha, Imom Buxoriyning Bog’doddalik vaqtidagi darslariga men ham qatnashardim, shunda 20000 dan ortiq talaba hozir bo’lar edi, deydi. Buxoriy odamlarning bir-birlariga o’zaro mehr-shafqatli, inoq bo’lishlarini ta’kidlab, bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lgan kishilarni inson tanasini a’zolariga o’xshatadi. U shunday deydi: «Mo’minlar o’zaro do’stlik, mehr va shafqatda xuddi inson tanasidagi a’zolarga o’xshaydilar, zero, uning biror a’zosi og’rigudek bo’lsa, boshqa a’zolari ham bedor va lahos bo’ladilar». «Al jome’ as-saxix» asarida hadislardan tashqari insonlarning kelib chiqishi, jamiyat rivaojanishi uchun zarur omillar, davlatni boshqarish yo’llari, islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya masalari keng yoritib berilgan. Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Siyosat falsafasi, (Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o’ringa qo’ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Forobiy fikricha, borliq 6 bosqichdan iborat. 1. Birinchi sabab ya’ni xudo. 2. Ikkinchi sabab, ya’ni osmoniy jismlar. 3. Uchinchi sabab, ya’ni faol aql. 4. To’rtinchi sabab, ya’ni jon. 5. Beshinchi saba, ya’ni shakl. 6. Olimnchi sabab, ya’ni materiya., Forobiy insonlar jamoasi haqida gapirib jamoani uchga ajratadi.
    1. Katta jamoa bo’lib, unga yer yuzida yashaydigan barcha insonlar kiradi.
    2. O’rta jamoa hisoblanib, bunga bir ma’lum xalq taalluqli.
    3. Kichik jamoa, ya’ni ma’lum bir shahar kishilaridan iborat bo’ladi.
    Forobiy ijtimoiy qarashlarida fozil va johil shahar haqidagi qarashlarini aytib o’tadi. Uningcha, fozil shahar boshlig’i har tomonlama rivojlangan yetuk shaxs bo’lmog’i lozim. U o’zida 12 ta ijobiy fazilatlarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak deb, ularni birma-bir ko’rsatadi:

    1. Fozil shahar hokimi jismonan sog’lom bo’lishi;


    2. Nozik farosatli bo’lishi, suhbatdoshning so’zlari va fikrlarini tez ilg’ab olishi;


    3. Xotirasi mustahkam bo’lishi;


    4. Zehni o’tkir va zukko bo’lishi;


    5. Chiroyli so’zlaydigan notiq bo’lishi;


    6. Bilimga va ma’rifatga havasli bo’lishi;


    7. Ochofat bo’lmasligi, nafsini tiyadigan bo’lishi;


    8. Haqiqatgo’y bo’lishi;


    9. Nomus oriyatli odam bo’lishi;


    10. Molu-dunyo izidan qo’vmaydigan bo’lishi;


    11. Adolatparvar bo’lishi;


    12. Qa’tiyatli va jur’atli bo’lishi zarur.




    Download 62,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 62,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat I mavzu: qadimgi sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi. Reja

    Download 62,47 Kb.