• Abu Ali ibn Sino (980-1037).
  • Referat I mavzu: qadimgi sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi. Reja




    Download 62,47 Kb.
    bet5/7
    Sana12.06.2024
    Hajmi62,47 Kb.
    #262949
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    falsafa referat

    Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Minerologiya”), tabiat va uning obyektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o’zgarish va rivojlanishda bo’ladi, materiya narsalar shaklini o’zi yaratadi va o’zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan. Uning fikricha, materiya hamma narsalarni yaratadi, ular bir shaldan ikkinchi shaklga o’zgaradi. Tabiat doimo to’xtovsiz harakatda, o’zgarishda. Beruniy ijtimoiy-siyosiy qarashlari Forobiynikiga o’xshab ketadi. U o’zini axloq falsafasiga katta e’tibor beradi. Unga ko’ra, mardlik, jasarat faqat o’zini emas, boshqalarni ham o’ylashdir. Kerak bo’lganda boshqalarga ham yordam berishdir. Beruniy falsafasicha, insonlar ichki va tashqi poklikka ahamiyat berishlari lozim. Uningcha, ichki poklikning kaliti yaxshi niyatdir. Inson o’z tashqi qiyofasina o’zgartira olmasada, u o’zini tarbiyalay oladi, ichki va tashqi jihatdan pok bo’ladi, deydi.
    Abu Ali ibn Sino (980-1037). O’rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Buxorolik Ibn Sino (Avisenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn Yakzon”ayniqsa keng dovruq qozongan. Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy bilimlar egasi bo’lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning ularni tadqiqot obyektlariga ko’ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan.
    Ibn Sino kishilarni jamiyatda o’z o’rinlarini topishga chorlab, «Risolatut tayr» («Qush risolasi») asarida shunday yozadi: «ey birodarlar! Bir-biringiz bilan samimiy do’st bo’lib, haqiqatni ochinglar. Har bir kishi o’z birodari uchun ko’nglidagi samimiylikdan (to’sqinlik) pardasini ochib tashlasin. Shunday qilinglarki, birodaringiz sizlardan (o’zi bilmagan) ba’zi narsalarni o’rgansin va boshqalari (bo’lsa) ba’zi narsalarni o’rganib o’zini kamolotga yetkazsin».
    . «Kitob un-najot» asarida Ibn Sino har bir sezgining fiziologik asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish jarayonida asablar muhim rol o’ynashini qayd etadi. Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni insonning boshqa a’zolariga uzatadi. Asablar miya uchun o’tkazgichlar bo’lib xizmat qiladi2. Umumiy ma’lum tasavvurga ko’ra, asablar bosh miyada boshlanadi va ularning tarmoqlari terining yuza tomonida tugaydi3. Ko’rib turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo’l bilan tushuntirishga harakat qiladi. Tasavvurni Ibn Sino O’rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Ibn Sinoning falsafiy merosini qiyosiy o’rganish tabiatni hamda tasavvurning gnoseologik funksiyasini tushunishda u asosan yagona yondashuvga tayanganini ko’rsatadi. Ibn Sino tasavvurning kuchi shundaki, umumiy sezgiga kiruvchi hamma narsa bizning sezgilarimizgacha yetib boradi, deb qayd etadi4.

    Tasavvuf (ya’ni sufizm-arabcha «suf»-jun) serqirra va murakkab oqim bo’lib, musulmon Sharqida VIII-XIV asrlarda rivojlandi. Tasavvuf g’oyalarining jamiyatda keng miqyosda amal qilishi bevosita insonparvar shoirlarning hayotga nisbatan kuchli ehtiroslarini vujudga keltirdi. Tasavvufning poklik, ilohiy ishq, zohidlik haqidagi haq va haqiqat, ajib insoniy xislatlar, kamolot kasb etish g’oyalari she’riy misralarga aylandi.


    Sufiylikning qoidasi shunday iboratki, kambag’allik uning bezagi, sabr-toqat uning naqshi, qanoat qilish uning oti, ishonch uning qadr-qimmatidir. Tasavvufning muhim xususiyati xudo va insonning birligidir. Xudo hamma ko’rinadigan narsalarda mavjud, narsalar esa, o’z navbatida xudoda mavjuddir. U dunyoviy ruh shaklida butun olamga tarqalgan. Inson ana shu ruhning bir qismi, ertami-kechmi u bilan qo’shiladi. Bu qo’shilishda 4 ta asosiy bosqich bo’lib, bular shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatdir.
    Tasavvufda 3 ta yirik tariqat mavjud. 1. Yassaviya tariqati. 2. Naqshbandiya tariqati. 3. Kubroviya tariqati.
    Yassaviya tariqati. Axmad Yassaviy (1041-1167) Sharqning mashhur tasavvufchi olimidir. Yassaviy jamiyatda tasavvuf g’oyalarini targ’ib qilib, aholining turli qatlamlari orasidan o’ziga shogirdlar, muridlar topadi. Bu tariqatda sufiy bo’laman degan kishi boshqalardan uzoqda, o’zi alohida yashashi kerak. U faqat xudoga ibodat qilishi lozim. Shundagina sufiyda insofga, adolatga, halollikka intiladi, xilvat va uzlatda yashaydi. Ahmad Yassaviy o’z «Hikmat»larida insonni ulug’laydi, kishilarni zulmdan, adolatsizlikdan saqlashga intiladi. Xalq ommasining xarihohligini o’ziga qaratib, o’zining pokiza fikrlari, adolatparvar g’oyalari bilan barchani obro’siga erishadi. Ayni paytda odamlarni sabr-toqatda bo’lishga, taqdirga tan berishga chaqiradi, oxiratni o’ylashni nasihat qiladi. Yassaviy fikricha, inson hayoti qanchalik qiyinchiliklarga, mashaqqatga va kulfatlarga to’la bo’lmasin, u hamisha komillikka intilishi kerak.
    Kubroviy tariqati. Tasavvufning yirik vakillaridan bir Najmiddin Kubro (1145-1221) bo’lib, insonlarni vatanparvar bo’lishga chorlaydi. U shariat va tariqatning buyuk donishmandi bo’lgani uchun Kubro (ulug’larning ulug’i) va «Najmiddin» (dinning yulduzi) degan laqablarni olgan. Uning ta’limoti axloqiy poklik, mardlik, jasurlik g’oyalariga asoslangan. U xudoni sevish insonlarni baxtli hayotga chorlaydi, hamma shu yaratganning marhamati bilan o’zini kimligini, qaysi jamiyat vakili ekanligini anglab yetadi, deydi. U insonni «kichik olam» deb ataydi. Kubro ranglarning inson ruhiyatiga kuchli ta’siri borasida fikr yuritadi. Xilma-xil ranglar moddiy olam o’zgarishlari, rangsizlik – xudo olami belgisi deydi.
    Naqshbandiya tariqati. Bahovuddin Naqshband (1318-1389) o’z tariqatida insonlar Allohga yetishish uchun to’g’ri va adolatli yo’lni tanlashi, jamiyatda halol yashashi, bu hayotda shod, xurram, baxtiyor kun kechirishi kerakligini aytadi. Bu tariqat markazida axloq va va xulq odob qoidalariga izchil amal qilish turadi. Insonlarni halol va pok bo’lishga, o’z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga yordam berishga, kamtar va sofdil bo’lishga da’vat etadi. Naqshband har bir inson jamiyatda o’zini o’rnini topa olsin, jamiyat a’zolari bilan yashasin, deydi. Uning asosiy qoidasi «Dil ba yoru, dast ba kor» hisoblanib, bu qoidaga amal qilgan Naqщband otasi bilan birgalikda temir va mis buyumlarga turli naqshlar bitgan. Shu tarzda «Naqshband» taxallusi kelib chiqqan.


    Download 62,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 62,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat I mavzu: qadimgi sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi. Reja

    Download 62,47 Kb.