Hind okeani reja: Kirish




Download 417.17 Kb.
bet1/17
Sana02.04.2024
Hajmi417.17 Kb.
#185282
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Hind okean
BAYONLAR TO’PLAMI - копия, Mustaqil ish Karimberdi Kiber xavfsizlik, statistika, O’qitishning asosiy formasi-dars-fayllar.org, Abdullayev Sherzod Murtoz o’g’li, Falsafaning taraqqiyot bosqichlari, Ma\'ruza, AVSTRALIYA MATERIGINI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH, amaliyot dasturi (2), 1700488541, 9 sinf algebra ochiq dars, boshqaruv-psixologiyasining-predmeti-va-vazifalari, maqola menejment

HIND OKEANI
Reja:
Kirish
1. Hind okean tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari
2. Tekshirilish tarixi
3. Okean tagi relyef va geologik tuzilishi.
4. Iqlimi va suvlari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Hind okeani maydonining kattaligi jihatidan Tinch va Atlantika okeanlaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Mazkur okean to‘rtta materik o‘rtaligida joylashgan. Shimol tomonda Yevrosiyo materigi bilan chegaralanadi. Sharqda Katta Zond orollari, Avstraliya materigi va Tasmaniya oroli meridiani orqali Tinch okeandan, g‘arbda Afrika materigi va Igna burun meridiani orqali Atlantika okeanidan ajralib turadi. Janubda sayyoramizning eng sovuq materigi - Antarktida bilan chegaradosh. Ana shu chegaralar doirasida joylashgan Hind okeani akvatoriyasining maydoni 76,2 mln km2 ga tent. Umumiy suv hajmi 282,7 mln.km2. Hind okeani boshqa okeanlardan o‘zining geografik joylashishi bilan ajralib turadi. Uning katta va keng maydoni janubiy yarim sharda va qambar kichikroq qismi shimoliy yarim sharda joylashgan.
Hind okeani qirg‘oqlari Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlariga nisbatan kam parchalangan. Faqatgina uning shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy qismlarida egri-bugri qirg‘oq chiziqlarini uchratish mumkin.
Keyingi yillarda Antarktikani keng ko‘lamda kompleks tadqiq qilish munosabati bilan ayrim okeanshunos (B.S. Zalogin) olimlar tomonidan Dunyo okeani tarkibida beshinchi okeanni - Janubiy okeanni ajratish masalasini yangidan taklif eta boshladilar. Bunga asos qilib Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining janubiy qismlarini umumiy gidrometeorolik xususiyatlarini o‘xshashligini hamda bu regionda okean va atmosfera- sirklyatsiyasi sxemasini umumiyligini ko‘rsatmoqdalar. Janubiy okeanning" shimoliy chegarasini Afrika, Avstraliya va Janubiy Amerikaning eng janubiy chekka nuqtalarini shartli ravishda kenglik bo‘ylab tutashtiruvchi chiziqdan yoki antarktika konvergensiya zonasidan o‘tkazishni taklif qilishmoqda, Ammo, tabiatda Janubiy okeanni Yerning boshqa okeanlaridan ajratib turuvchi aniq geomorfologik chegara yoq`. Binobarin, Hind okeanini yuqorida ta'kidlanganidek to‘rtta materik o‘rtaligida joylashgan mustaqil va bir butun geografik akvatoriya deb qarash maqsadga muvofiqdir.

Download 417.17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 417.17 Kb.