• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 1.3. Kuzatish metodlari. Test metodlari. Tayanch so`z va iboralar
  • Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik
    giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
     
    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
     
    1) Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zining alohida predmetiga, o‘zining maxsus 
    vazifalariga va o‘zining maxsus tekshirish metodlariga ega. Bu haqida Sizning 
    fikringiz qanday? 
    2) Psixologiya qaysi fanlar bilan chambarchas bog`liq? 
    3) Nima uchun psixologiya va pedagogika o‘rtasidagi aloqalarni alohida 
    ko‘rsatib o‘tish lozim? 
    4) Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi 
    hozirgi 
    kunda 
    psixologiyaning 
    fanlar 
    tizimida 
    yanada 
    mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Bu haqida Sizning fikringiz 
    qanday? O`z fikringizni bayon eting. 
    5) Hozirgi kunda kishining xotirasiga, tafakkuriga, idrokiga, temperament 
    xususiyatlariga, reaktsiya tezligini hisobga olishga e‘tibor kuchaymoqda. Bu 


    26 
    haqida Sizning fikringiz qanday? O`z fikringizni bayon eting. 
    6) Psixologiya oldida turgan asosiy vazifalarga nimalar kiradi? 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Karimova V.M. Psixologiya: O‗quv qo`llanma. T. 2002. 
    2. Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‗quv qo‗llanma - TDIU, 
    2014. 
    3. G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob. 
    4. Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- ―Voris nashriyot‖, Toshkent, 2012 y. 
    270 b 
    5. www.expert.psychology.ru 
    6. www.psycho.all.ru 
    7. www.psychology.net.ru
     
    1.3. Kuzatish metodlari. Test metodlari.
     
     
    Tayanch so`z va iboralar:
    Ilmiy o’rganish metodlari
    psixologik tadqiqot, individual-psixologik xususiyatlar, ruhiy xususiyatlar, 
    eksperimentning sifati, kuzatish metodi, odamlarning diqqati, tashqi kuzatish, 
    o’zini o’zi kuzatish (introspeksiya), test metodi,
    proektiv testlar.
     
     
    Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari 
    mavjud. Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining ilmiy o‘rganish metodlari («metod» 
    grekcha so‘z bo‘lib, «biror narsaga borish yo‘li» degan ma‘noni anglatadi) soha 
    egasining psixik jarayonlari, holatlari va individual xususiyatlari to‘g‘risidagi 
    bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat 
    qilish usullari va ularning yig‘indisidir. 
    Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan asosiy metodlar quyidagilardan iborat: 

    soha ishi materiallarini psixologik tahlil qilish metodi; 

    anamnestik (biografik) metod; 
    - kuzatish va tabiiy eksperiment metodlari; 


    27 
    - soha egasining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganishning 
    instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari. 
    Ushbu metodlarning qo‘llanishi ziddiyatli vaziyatlarda subyektning xatti-
    harakati, emotsional holatlari, tafakkuri va shu kabilarni qayd etishning zamonaviy 
    yo‘llarini bilishni, shuningdek, individual xatti-harakat fenomenologiyasini tahlil 
    qilish ko‘nikmalarini talab etadi. 
    Individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning instrumental me- 
    todlariga, avvalo, eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har hil 
    testlar o‘tkazish, anketalar, so‘rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni 
    psixodiagnostikaga oid asosiy qo‘llanmalarda berilgan. 
    Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining 
    doimiyligi, yoki o‘zgaruvchanligi darajasi, to`zilishini aniqlash uchun nihoyatda 
    katta ahamiyatga ega. Biroq, olinadigan ba`zi materiallarda ayrim xatolar ham 
    bo‘lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o‘rganishning o‘ziga 
    xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida 
    maxsus o‘rganish va hisobga olishni talab qiladi. 
    Har bir muayyan eksperimentning sifati ko‘p jihatdan tadqiqot 
    metodlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Eksperimental, testga oid, 
    anketalashtirish va boshqa metodlarni birgalikda qo‘llash, olingan ma‘lumotlarni 
    o‘zaro solishtirish, ekspertiza predmetining har tomonlama tavsiflanishini 
    ta‘minlaydi. Shu munosabat bilan asossiz tanqidga uchramaslik uchun, psixolog-
    ekspertlar ushbu eksperiment aktlarida nafaqat ularning diagnostik (tashxis 
    qo‘yish) imkoniyatlarini ko‘rsatishlari, balki turli psixik (ruhiy) hodisalarning 
    yaxlit manzarasini tiklashga imkon beruvchi tizimli tavsiflar sohasida ham nazariy 
    va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarur. 
    Endi tajribada eng ko‘p qo‘llanadigan empirik metodlar haqida kengroq 
    ma‘lumot beramiz. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish