Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
Test metodi. Test-inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. 
Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, 
jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash 
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste‘dodlilar va aqli zaiflarni 
aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llanadi. Test metodining qimmati 
tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, 
yig‘ilgan psixologik ma‘lumotlarning ob‘ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila 
bilishga bog‘liqdir. 


30 
Test bu qisqa topshiriq bo‗lib, bajarilgan topshiriqqa sonlar va sifat jihatidan 
berilgan baho ularning strukturasidagi asosiy psixik faoliyatlarning kamolot 
darajasidan ko‗rsatkichi bo‗ladi. Testlar muayyan qobiliyat bilim, ko‗nikma, 
malakalar bor yoki yo‗qligini aniqlash, shaxslar ba‘zi sifatlarini tavsiflash hamda 
u yoki bu kasbga layoqatni bilish imkonini beradi. Test psixodiagnostik va
ayniqsa psixoprognostik qiymati ma‘lum darajada ilmiy tajribaga hamda test
asosida qo‗yilgan psixologik faktlar ishonchliligiga bog‗liq. Yetarli darajada ilmiy 
asoslanmagan, to‗g‗ri nazariyaga tayanmagan, ba‘zan bu nazariyani 
"moslashtirishga" urinish (soddalashtirish) g‗oyat jiddiy xatolarga olib kelishi 
mumkin. Testlarga ancha asosli "qo‗llanilishi" va doimo asoslanmagan "testlashni" 
farqlash kerak. Keyingisida doimo testlar yordamida olinadigan natijalardan 
psixologik tahlil asossiz ravishda to‗g‗ri yechimlar soni matematik 
manipulyatsiyasi bilan almashtiriladi. Boshqa metodlar bilan olingan psixolgik 
materiallar ishlashdan matematik metodi o‗zidan prinsipial yondashuviga ega bo‗la 
turib, ko‗pincha, modellashtirish metodi bilan uyg‗unlashib ketadi va psixik 
hodisalarning miqdoriy ifodasi bilan matematik model yaratish imkonini beradi.
Bu metodda u yoki bu psixologik hodisani o‗rganish natijalari tekshirilayotgan 
mehnat jarayonlari hamda shaxs xususiyatlari tahlilini osonlashtiradigan 
diagramma, grafiklar, sxemalar tarzida ko‗rsatmali ifodalanadi. Mehnat 
psixologiyasiga oid konkret tadqiqotlar metodlaridan o‗zlashtirilishi tekshiriladi. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish