Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
Kuzatish metodi. Kasbiy faoliyat psixologiyasida bu metodning ob‘ektiv 
(tashqi) va sub‘ektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari bor. Soha egalari psixikasidagi 
o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 


28 
1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
2) kuzatiladigan ob‘ekt tanlanadi;
3) sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi;
4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;
5) kuzatish qancha davom etishi qat‘iylashtiriladi;
6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda) 
amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;
7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi;
8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, 
kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi. 
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv 
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, 
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolar o‘rganiladi. Ammo, o‘ta 
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy 
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi. Masalan, 
go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-
tuyg‘usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini 
kuzatishda esa, diqqatining xususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta‘sirlanishi, 
temperamenti, hatti-harakatining sur‘ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi 
to‘g‘risida ma‘lumotlar to‘plashga imkoniyati tug‘iladi. O‘spirin yoshlarning sport 
faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish 
xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining harakatini idora qila olishi yuzasidan 
materiallar yig‘ish mumkin. Soha egasining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish 
natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi, imo-
ishoralari, tashqi qo‘zg‘atuvchidan ta‘sirlanish darajasi haqida keng ma‘lumotlar 
yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq 
faoliyati, his-tuyg‘usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va 
ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir. 
Tashqi kuzatishda ba‘zan tafakkur bo‘yicha ham ma‘lumotlar olish: ish 
ustidagi qayfiyatini, fikrning muayyan ob‘ektga yo‘naltirilganini, tashqi 


29 
qo‘zg‘atuvchilar ta‘siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko‘zdagi 
g‘ayri-tabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni 
kuzatib tafakkurning kechishidagi o‘zgarishni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, 
qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi 
ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma‘lumot beradi. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) 
ham foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki yuqori malakali mohir soha 
egasi o‘zini o‘zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z 
tafakkurini kuzatib o‘zidagi emotsional o‘zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning 
ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi haqida ma‘lumot oladi. Natijada 
tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay 
shaklda

ro‘y berishini kuzatadi. 
Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson ruhiyatini 
o‘rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to‘plangan. Introspeksiya 
yo‘nalishining yirik namoyondalari o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va to‘plagan 
materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat 
qilganlar. Lekin, inson turli vaziyatlarda o‘zini bir hil boshqara olmaydi va shuning 
uchun bu metodning ilmiy ahamiyati katta emas. 
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga 
zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa 
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish