Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
 
2.1.
 
Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlarning ishonchliligi. Shaxs 
psixodiagnostikasi. 
 
 
 
Tayanch so`z va iboralar:
Kasbiy psixodiagnostika, individuallikning 
moxiyati, kasbiy faoliyatni taxlil qilish, kasbiy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar, 
kasbiy faoliyat muvaffaqiyati, kasbiy layoqat, kritik incident, muayyan qoidalarga 
rioya qilish, test - retest ishonchliligi, parallel shakllar, konseptual validlik, 
mehnat metodi. 
 


39 
Psixologiya fanida kasbiy layoqatni aniqlash sohasida muayyan ilmiy 
izlanishlar olib borilgan, o‗ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V. 
Kulaginning fikricha kasbiy psixodiagnostika deganda odamning individual 
xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga 
yo‗naltirish, nomzodlarni (da‘vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy 
tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy 
masalalari tizimini yechish tushuniladi. 
Individuallikning moxiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga 
saralash muammosini xal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kasbga 
layoqatlilikni tashxis (prognoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini xisobga olishga 
asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy taxlil orqali shaxsning xususiyatlari 
ko‗rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari 
aniqlanadi. Xozirgi zamon psixologiyasining ma‘lumotlariga qaraganda, tashxis 
(prognoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun 
o`rtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. 
Bunday model tashxis (prognoz) qilishda cheklanganlikka ega bo`lib, tashxisning 
mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir. 
Kasbiy faoliyatni taxlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika 
(kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya‘ni professiografiya 
moxiyatiga va uning tuzilishiga e‘tibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli 
yondashuv amalga oshirilib, uning xarakatlari va operatsiyalari testlar yordamida 
baholanishi mumkin. Chunki xarakatlar va operatsiyalar mazkur faoliyatning 
tarkibini tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifi egallash jarayonini osonlashtiradi, 
unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samaradorligini tashxis 
qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash, uning muvaffaqiyati o`lchovi 
mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) 
natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) 
imkoni vujudga keladi. 
Kasbiy faoliyatning taxlili maqsadga yo‗naltirilgan va tashkiliy jarayon 
xisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo‗ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan 


40 
ma‘lumotlar to`plash; b) olingan ma‘lumot va axborotlarni qayta ishlab chiqish 
hamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; c) amaliy va 
nazariy masalalarni yechish uchun professiogrammadan foydalanish (kasbiy 
faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar tanlash, uni baholash (tashxis 
qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar. 
Kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar (axborotlar) turli manbalardan 
olinishi mumkin:
1. Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta ahamiyat 
kasb etadi. 
2. Kasbiy faoliyat to‗g‗risida ma‘lumotlar to`plashning asosiy metodlaridan 
biri bo`lib suxbat - intervyu xisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki 
nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi. 
3. Ba‘zan kasbiy faoliyatning u yoki bu qirralari (jabxalari) ni qayd qiluvchi 
kundaliklar yoki varaqlardan ham foydalaniladi. 
4. Kasb - hunar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va 
xar hil shakllarda mutaxassislar xukmiga xavola qilinadi. 
Kasbiy faoliyat shaxsning munosabat va motivlaridan iborat bo`lib, 
xarakatlar va operatsiyalarni nazorat qilish hamda boshqarishni qamrab oladi. 
Faoliyatning dinamik xususiyatlarini o‗rganish uchun unga ko‗p yoqlama 
yondashishni amalga oshirish zarur. Faqat motivatsion va regulyativ jabxalarini 
xisobga olish bilan kasbiy faoliyat moxiyatini tavsiflab bo`lmaydi, modomiki 
shunday ekan, uning shaxsga oid, emotsional, kognitiv va operatsional, irodaviy 
jixatlar bilan bog`liq tomonlarini ham tadqiqot predmetiga kiritish lozim. 
Kasbiy faoliyatning taxlili uning muvaffaqiyatini baholashga xizmat 
qiluvchi mezonlarni aniqlashga imkon beradi. Bu narsa testlarning barqarorligi va 
validligini tekshirish uchun mutlaqo zarur. 
Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar sifatida shaxsning 
maqsadga erishuvini tavsiflovchi xar hil ko‗rsatkichlardan foydalanish mumkin. 
Mezonlar tariqasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan o‗quvchanlik, 
mutaxassis faoliyatining bevosita va bilvosita ko‗rsatkichlari uning hamkorlik 


41 
faoliyatiga qo`shgan xissasi qo‗llanilinadi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati 
mezonlari qatoriga quyidagilar kiritiladi: 
1) samaradorlikning to‗g‗ridan to‗g‗ri ko‗rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish 
salmog`i; 
2) kasbiy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar; 
3) kasbiy layoqatni ifodalovchi ma‘muriy tadbir va choralar: intizomga 
taalluqli choralar mukofotlash, xizmat lavozimida ko`tarilish, safarga yuborish, 
namuna tariqasida stenda joylashtirish;
4) kadrlar ko`nimsizligi; 
5) noxush xolatlar (kechinmalar) va shikastlar (xaloqatlar); 
6) faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va o`zini o`zi baholash 
kabilar. 
Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma‘lum talablarga javob berishi shart. 
Mezonlarning relevantlikligi (adekvatliligi, validliligi) deganda samaradorlik 
ko‗rsatkichi sifatida muxim ahamiyat kasb etishi tushuniladi. 
Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonidan aks 
ettirish lozimligi, ya‘ni mezonlar to`laqonligidir. Ular mutaxassislarning kasbiy 
layoqatining yuksakligi va qo`yiligi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz 
(mezonlar diskriminativligi). Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning 
omilkorligi, ya‘ni amaliy jixatdan qulayligi muxim o`rin egallaydi va u o`zining 
soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Kasbiy layoqatni (yaroqlilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari 
qo‗llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi va 
boshqalar). Ko‗pincha mutaxassisning layoqati ma‘muriy xujjatlarda o`z ifodasini 
topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba‘zan kasbiy 
layoqatni o‗rganishda baxtsiz xodisalar (xaydovchi, uchuvchi, mashinist, operator 
va boshqa kasb egalarida) xisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari 
baholanadi. 


42 
Kasbiy layoqatni aniqlashda o‗quvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga 
nisbatan zexnlilik) foydalaniladi va o`zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, 
erishgan natijasi mezon rolini o‗ynaydi. 
Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, maxoratning qirralari ekspert 
baholash metodi yordami bilan o‗lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (kuch) 
taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‗llaniladi.
Shkalaning sodda ko‗rinishi ball bilan baholashga mo`ljallangan. Shkalani 
baholash o‗ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi 
uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta‘minlaydi. 
Ba‘zi xollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma, 
shakl, parametrik ko‗rinish va xokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni 
baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida 
qo‗llanilib kelinayotgan "galo - effekt" metodikasiga bunga yaqqol musoldir. 
Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida 
umumiylikka 
bog`liq 
tarzda 
baholanadi. 
Natijada 
shaxsning 
hilma-hil 
xususiyatlarini differensiyalash imkoni yo`qoladi, yuzaki baholanish jarayoni 
yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, 
ko‗rinishlari namoyon bo‗ladi.
Ammo balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uning bir 
necha bosqichlardan, tarkiblardan tuzish ma‘qul. Faqat shundagina yaqqol 
misollar, namunalar negizida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon 
bo‗ladi. 
Jaxon psixologiyasida keng qo‗llanilib kelayotgan metodlardan biri - bu 
kritik insidentdir. Muayyan o`lchamlarga asoslangan xolda ajratilgan insidentlar 
tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi), ya‘ni taxlil qilish orqali insident xususiyati 
aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda (u "pretranslyatsiya" deb ataladi) birinchi 
bosqichdagi mezonlarga asoslanib yangitdan tasnif qilinadi. 
Kasbiy layoqatni o‗rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka 
qilish) deyiladi. Xar hil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga 
qarab muayyan tartibga solish, jixozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish 


43 
uchun kasb sub‘ekti kasbiy maxoratning maksimal ko‗rsatkichini namoyish qilishi 
lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o`tkaziladi. 
Mazkur jarayonni osonlashtirish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
1) guruhning alifboviy ro`yxatini tuzish; 
2) maksimal muvaffaqiyatga erishgan sub‘ektlarni aloxidalash; 
3) minimal muvaffaqiyatga erishgan sub‘ektlarni guruhlash va boshqalar. 
Tartibga solish (ranjirovka qilish) juft (kush) qiyoslash (taqqoslash) metodi 
yordami bilan amalga oshiriladi. Buning negizida ikki sub‘ektning xislatlari, 
imkoniyatlari o`zaro solishtirilib, umumiy va farqli tomonlari aniqlanadi. 
Bundan oldingi saxifalarda metodlarning nuqsoni yuzasidan muloxaza 
yuritilgan edi. Ulardan foydalanishda kamchiliklar miqdorini kamaytirish uchun 
muayyan qoidalarga rioya qilish lozim: 
1) baholanishga mo`ljallangan shaxsning xususiyatlari yetarli darajada aniq 
va bir hil ma‘noli qilib aniqlanishi shart; 
2) agarda bir guruh sinaluvchilarni bir necha xususiyatlar, fazilatlar bo`yicha 
baholash zaruriyati vujudga kelsa, u taqdirda yaxlit guruhning xar qaysi xislat 
bo`yicha baholash tavsiya qilinadi; 
3) gala - samara moxiyatini ekspert tomonidan tushuntirish va uning bartaraf 
qilish zaruriyatini ta‘kidlash tavsiya qilinadi;
4) bir nechta mustaqil ekspertlar baholashini umumlashtirishda o`lchovning 
aniqlik darajasi (ishonchliligi) ortadi; 
5) maxsus tayyorlangan va o`qigan ekspertlar ishonchliroq baholashga 
qodirdirlar; 
6) turli vaziyatlar va xolatlarni uzoq muddat kuzatishda baholanishning 
aniqligi yuqori bo‗ladi.
O`lchashda xatoga qabul qilingan omillarning farqlanishiga qarab testlar 
ishonchliligini baholashga nisbatan uch hil yondashuv xukm suradi: 
I. Test - retest ishonchliligi. Test bo`yicha ayni bir hil odamlarni takroriy 
o‗rganishning natijalari korrelyatsiyasi ishonchlilik koeffitsientiga teng. 
O`lchashdagi nuqsonlar sinaluvchilar xolatlarining tafovuti, takroriy sinovning 


44 
sharoitlari va tashkiliy daqiqalari, javoblarni esda olib qolish, matn bilan ishlash 
ko‗nikmalarini egallash jarayonlari bilan tavsiflanadi. 
II. Testning parallel shakllarining ishonchliligi. Testning parallel 
shakllarining korelyatsiyasi ishonchlilik koeffitsientiga teng. O`lchashdagi 
nuqsonlar yuqorida ta‘kidlab o`tilganlardan tashqari, testning parallel shakllarini 
ijro etish bilan aloqador operatsiyalar va xarakatlar xususiyatlaridagi farqlar bilan 
tavsiflanadi. 
III. Ishonchilik testlarining gomogenliligi sifatida qo‗llanilishi mumkin. 
Mazkur xolatda metodikaning qismlari o`rtasidagi interkorrelyatsiyasini xisoblash 
vositasi bilan ishonchlilik baholanadi, ularning xar qaysisi aloxida test sifatida 
qaraladi. Olingan korrelyatsion ma‘lumotlar yaxlit testning ishonchlilik darajasini 
xisoblashda aniq formulaga asoslanib foydalaniladi. 
Ishonchlilikdan farqli ularoq, validlik testlarini baholash bilan ularning u 
yoki bu faoliyatdagi xususiyatlari va roli to‗g‗risidagi tasavvurlar o`rtasidagi 
muvofiqlik o`lchovidir. Validlik kriteriaviy, konseptualli va ma‘noviy turlarga 
ajratiladi hamda ular xos talqini bilan o`zaro tafovutga egadir.
Kriteriaviy validlik testning korrelyatsiya ko‗rsatkichi, aloqalar ko‗lami, 
uning tashqi mezonlari bilan o`lchanadi. Tashqi mezon testga bog`liq bo`lmagan 
ma‘lum faoliyatning o`lchami xisoblanadi. Kriteriaviy validlik test baholari bilan 
qay yo`sinda faoliyatli xususiyati aloqaga kirishganligini ko‗rsatadi. Kriteriyaviy 
validlik ko‗pincha korrelyatsiya koeffitsienti bilan baholanadi, vaxolanki boshqa 
metodlardan foydalansa bo‗ladi.
Konseptualli validlik test ko‗rsatkichi bilan o`lchanayotgan xususiyat 
moxiyati to‗g‗risidagi nazariy tasavvurlar muvofiqligi o`lchovi bo`lib xisoblanadi. 
Konseptualli validlik biron bir statistik ko‗rsatkich bilan o`lchanishi mumkin emas 
chunki u test to‗g‗risidagi nazariy va emperik ma‘lumotlar umumlashmasini taxlil 
qilish yo‗li o`rnatiladi. Konseptualli validlik metodikasi test bo`yicha tekshirish 
natijalari bilan nazariy bashorat ma‘lumotlari muvofiqligida to`zilgan bo‗lishi 
kerak. Bunga V.D. Nebilistin tomonidan taklif qilingan metodika nerv sistemasi 
xususiyatini baholashga xizmat qilishi yorqin misoldir. 


45 
Ma‘naviy validlik o`rganilayotgan individual xislatlar xususiyatiga testning 
tarkibi va mazmunining muvofiqligi eksperimental taxlil qilish yo‗li bilan 
o`rnatilinadi. Validlikning mazkur turi kriteriaviy o`lchash bilan jips aloqaga ega, 
chunki bajolanishga qaratilgan xarakatlar va operatsiyalarning qat‘iy xususiyatlari 
umumiy xislatlari aloqasidan tashqari olib qaraladi.
Mehnat metodi. Kimyo kasb ixtisosining psixologik mohiyatini o‗rganish
uchun tekshiruvchining o‗zi ham bu faoliyatga kirishib uni o‗zlashtiradi. Bunda u 
o‗zining ishlab chiqarishdagi faoliyatini har kuni tegishlicha qayd etib, o‗z ishini 
tahlil qiladi. Mehnat metodi umumiy fan pedagoglari, muhandis pedagoglar va 
kimyo texnologiyasi yonalishi vakillariga o‗rganilayotgan mehnat faoliyatlarini 
shaxsan ko‗rib bilish hamda aqlli kichikroq shaxsiy tajribaga ega bo‗lish uchun 
ayniqsa zarur. Ishtirokli kuzatish - agar oldingi metod faoliyatni o‗rganishga 
mo‗ljallangan bo‗lsa, bu endi shuni ijro etuvchi shaxsni o‗rganishga mo‗ljallanadi. 
Uni g‗oyat mahorat bilan qo‗llaganda, kishi o‗zi o‗rganish ob‘ekti bo‗lib, xizmat 
qilayotganini sezmaydi, binobarin u o‗rganayotgan kishiga mehnat jamoasining 
bir a‘zosi deb qaraydi. Bu ularning tabiiy bo‗lishiga hamda, ko‗proq ob‘ektiv 
ma‘lumot to‗plashga imkon beradi. Mehnat operatsiyalarini ob‘ektiv qayd etish 
butun mehnat faoliyati psixik holatlar alohida harakatlar va tadbirlar yig‗indisidan 
hosil bo‗ladi. Tekshirishning zamonaviy texnik vositalari barcha mehnat 
jarayonlarini tekshiruvchining shaxsiy kuzatuvlari bilangina emas, balki
o‗rganilayotgan hodisalarni ob‘ektiv qayd etib borish bilan o‗rganish 
imkoniyatini beradi. Ishchi holatini yoki yuz tasvirini suratga olish qayd etishning 
ana shunday namunasidir. Mazkur yoki boshqa ob‘ektni masalan, ishga 
kuzatayotgan kontrol asboblardan ko‗rsatganlarini, mimika - pantomimikani
kinoga olish psixologik hodisani qayd etish eng yaxshi metodik yondashuvdir. 
Kinoga olish odatdagicha, tezlatish va aksincha sekin, impulsli bo‗lishi mumkin, 
bu mehnat operatsiyasini batafsil tahlil qilish va mehnat jarayonida qonuniyatlarini 
aniqlash imkonini beradi. Oddiy kolyugraf yoki nozik sotsiolografda pnevmatik 
yoki axborotlar elektr datchiklar yordamida stanok uzellaridan ayrim harakatlarini, 
ishchilar harakatini va reaksiyasini qayd etish mumkin. Magnitafon yozuvi nutq,


46 
mashinalarning soz va nosozligidan shovqinni, tovushlar signali ratsiyasi va 
boshqalarni ob‘ektiv qayd etish imkonini beradi. Ilg‗or kasb hunar-texnika bilim 
yurtida paydo bo‗la boshlagan stanok laboratoriyada bunday ob‘ektiv qayd etishlar 
mehnat jarayonlarini samaralirok o‗rgatish uchun hilma - hil mehnat 
operatsiyalarini o‗rgatish imkonini beradi. Usta o‗z faoliyati mahsulidan yaratgan 
buyumlar ma‘lum tayyorlangan mahsulot uning ko‗polligini ham, ishga 
sovuqqonlik bilan qarashni ham, ehtiyotsizligi, ishidagi xato va barqarorlikni ham 
ko‗rsatadi. Tayyorlangan buyumga qarab kishining qobiliyati funksiyasizligi va 
mazkur ishga mutlaqo layoqatsizligi bo‗lishi mumkin. Agar buyumlarning soni va 
sifati ish kunining ayrim qismlariga ko‗ra tahlil qilinsa, ishga kirishishi cho‗zilib 
ketganini, eng serunum davrni va yaxshi mehnat rejimi haqida xulosaga kelishi
mumkin. Xato harakatlar tahlilining samaradorligi "Buzilmaydigan qonuniyat 
ko‗rinmasligi mumkin, ammo qonunning buzilishi uchun namoyon bo‗lishiga 
yordam beradi"- deb ta‘riflagan qonun bilan belgilanadi. Misol: normal holda 
ko‗rinmaydigan narsa potologiyada yaxshiroq namoyon bo‗ladi. Xato harakatlar - 
bu o‗ziga xos" faoliyat patologiyasidir". Mehnatdagi xatolar ularning xarakteri 
barqarorligi va takrorlanishi uddalay olmaydigan harakatlarni bajarish
qobiliyatining, bor-yo‗qligini, bu harakatlarni to‗g‗ri bajarish qobiliyatining 
yo‗qligini, e‘tibor bo‗lmaslikni, sovuqqonlik yoki ehtiyotsizlikni, o‗z-o‗zini bo‗sh
nazorat qilganligini, tez toliqish yoki psixologik holat va hokazolarni ko‗rsatadi. 
O‗quvchilar xatolarining tekshirilishini hisobga olish malaka, ko‗nikma va 
mahoratning shakllanish jarayonini, bu asosda esa, mashqlar samaradorligini 
baholash imkonini beradi. Xato harakatlarning sabalarini aniqlash va bartaraf etish 
kasb hunar texnika ta‘limi metodikasini, mehnat sharoiti va rejimini 
takomillashtirish, shu bilan birga mehnat faoliyatining unumdorligi va sifatini 
oshirish imkonini yaratadi. Bu metod shuning uchun ham zarurki, mustahkam 
malakaga ega bo‗lgan tajribali ishchi faoliyat jarayonida normal ish sharoitida bu 
avtomatlashtirilgan harakat qanday amalga oshirilayotgan harakat sezmaydi,
shuning uchun ham ularni tahlil qilish tushuntirish mumkin emas, chetdan 
kuzatayotgan kishi esa, o‗rganilayotgan harakatning psixologik sturkturasini topish 


47 
imkoniyatiga hamisha ham ega bo‗lavermaydi. Malakalar avtomat harakatini 
buzish, ishlayotgan va ular harakatini kuzatayotgan kishiga sezilmagan narsalarni 
ochadi. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish