Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
 
Tayanch so`z va iboralar:
Professiografiya, texnologik xususiyatlar, 
kasblarni tavsiflash, kompleks tahlil qilish, mehnat ekspertizasi, masalalarni 
bajarish, psixologik metodlar, retrospektiv mehnat ekspertizasi, mehnat 
unumdorligini oshirish, psixopotologiya, toliqish va o‘ta toliqish, salbiy ta’sirni 
kamaytirish, psixologik xislatlar. 
 
Professiografiya - bu kasb tomomnidan insonga qo‗yiladigan talablar nuqtai 
nazaridan kasblar va ularni tabaqalashtiradigan ixtisoslar tavsifidir. Muayyan 
ixtisos - kasb yoki ular guruhi tomonidan insonga qo‗yiladigan talablar 
sisitemasining tavsiflash va asoslash professiografiyaning natijasini hal qiladi.
Professiogramma yoshlarga o‗zlarining kelgusida kimyoviy texnologiyalar 
yo`nalishi kasbini to‗g‗ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. 
Professiogrammani kasbga xos ravishda o‗qitishni tashkil qilishda ta‘limning 
samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‗nikmalarga, ayniqsa, 
shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog‗liq ekanligini albatta 
ko‗rsatish zarurdir. 
Mana shu professiogrammaga asosan bo‗lajak mutaxassis - kimyogarning 
sifat jihatidan o‗z, kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin. 
Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, boshqa 
qismini esa, zarur kasbiy qobiliyatlar ro‗yxati tarzida inson psixologiyasiga 
qo‗yiladigan talablarning qisqacha ma‘lumotidan iborat bo‗lgan psixogramma 


49 
tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o‗z ichiga oladi. 
Ammo, uning kompleksligi va sintetikligini ushbu klasiffikatsiya g‗oyat hilma - 
hil mezonlarni belgilaydi. Chunki kasbni uning texnologik xususiyatlariga ko‗ra 
klassifikatsiyalashning o‗zi bir ish, gigienaga ko‗ra klassifikatsiyalashning boshqa 
(o‗zi bir) boshqa bir ish va hokazo. Professiografiyaning amaliy ahamiyati va
uning kompleksligi shunda yaqqol ochiladi. Har qanday kasbni o‗rganish va 
tavsiflash hamisha ma‘lum maqsad bilan olib boriladi va ana shu maqsadga
bo‗ysindiriladi. Professiografiyaning maqsadi turlicha bo‗lishi, professiogrammalar 
quyidagi maqsadlar uchun tuzilishi mumkin: 
 zarur kadrlar tayyorlashni ta‘minlovchi o‗quv programmasini asoslash; 
 mehnatning gigiena sharoitini hisobga olishi va yaxshilash; 
 kasbga yo‗naltirish, kasb bo‗yicha konsultatsiya, kasb uchun odam
tanlashni asoslash. 
Tarixiy professiografiya yo‗qolib ketgan kasblarni tavsiflaydi, biroq, 
professiografiyaning eng progressiv sohasi bu bizga o‗tmishning stixiyali o‗tib, 
kirib kelayotgan yangi kasbni konstruksiyalashga bag‗ishlangan bo‗lishidir. 
Mehnatni har tomonlama o‗rganadigan barcha fanlar professiografiya oldiga 
turlicha vazifalar qo‗yadi. Shuning uchun ham kasbni tahlil va tavsiflash uzviy 
ammo bir-biriga aynan o‗xshash jarayon emas. Tekshirishning vazifasi
materialni batafsil o‗rganib olish, uni kengaytirishdan turli formalarni analiz qilib
chiqish, bu formalar ichki bog‗lanishini kuzatib borishdan iborat" - degan 
so‗zlarini eslamasdan bo‗lmaydi. Bunda shuni ham unutmaslik kerakki, 
professiografiya mazkur konkret mehnat psixologiyasi bo‗yicha har qanday 
ishning shart - sharoiti shu bilan barcha ishni iloji boricha har tomonlama
o‗rganish bo‗yicha yakuni bo‗lib ham xizmat qiladi. Har qanday kasb xususiyatini 
kompleks tahlil qilishning quyidagilarni tavsiya qilishi mumkin: 
 kasb va uning ixtisoslariga ishlab chiqarish xarakteristika; 
 kasbning iqtisodiy ahamiyati; 
 kasbning statsiologik xarakteristika; 


50 
 ijtimoiy psixologik xarakteristika uning ishlar orasidagi obro‗si, kompleks 
jamoaning xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarning vertikal va gorizontal 
bo‗yicha o‗ziga xosliklari; 
 pedagogik xarakteristika: kasbiy mahoratni belgilaydigan kasbiy mehnat
muvoffaqiyati uchun zarur bo‗lgan bilim va ko‗nikma xajmining ro‗yxati 
tayyorgarlik turi va muddati harakat marshrutlari xarakteristika hamda
pedagogik jarayonini yaxshilashga oid takliflar; 
 mehnat 
sharoitining 
ishchiga 
xarakteristika 
("kasbiy 
zarar" 
va 
sog‗lomlashtirish tadbirlari); 
 mazkur kasbda ishchiga tibbiyot nuqtai nazaridan zid bo‗lgan sabablar ro‗yxati 
(ayo`llar va o‗smirlar mehnati alohida ajratiladi); 
 faqat zarur (asosiy) va lozim ko`rilgan (qo‗shimcha) qobiliyatlar ro‗yxati emas, 
balki psixologik to‗g‗ri kelmasliklar ro‗yxati emas, balki psixologik to‗g‗ri 
kelmaslik ro‗yxati alfavit ro‗yxati sifatidagi psixogramma ham qo`shilgan 
psixologik to‗g‗ri kelmaslik ro‗yxati sifatidagi psixogramma ham qo`shilgan.
Kasb hunarni o‗rganish qanday maqsadda o‗tkazilmasin uning barcha 
aspektlari turli hil maqsad uchun, garchi har hil meyorda bo‗lsa ham, hisobga 
olinishi kerak. Professiogramma qator fanlarga tayanib, o‗zining har bir sohasida 
tegishli fan tushunchalari sistemasidan foydalanishi kerak. 
Mehnat ekspertizasi - bu mutaxassislar tomonidan insonlar konkret kasbga 
yaroqligini aniqlashdir. Mehnatning u yoki bu turiga yaroqlilik quyidagilar bilan 
belgilanadi: kishining yoshi, sog‗lig‗i, tayyorlik darajasi, zarur bilim, malaka va 
ko‗nikmaga egaligi, keraqli kasblar layoqatlar yig‗indisi sifatidagi talant va 
mazkur kasb bo‗yicha ishlash istagi. Biroq u ijtimoiy hayotiga ham, kishining 
jinsiga ham bog‗liq. Shuning uchun mehnat ekspertizasi har hil bo‗ladi. 
Ekspertiza uchun har bir mutaxassislar va tashkilotlar, vrachlar, psixologlar, 
pedagoglar, muhandislar va boshqa mutaxassislar, qabul komissiyasi, kadrlar 
bo‗limi, ishchi kuchi to‗plovchilar, harbiy komissariyat, vrach mehnat 
ekspertizasi komissiyasi. Mehnat ekspertizasi uning tashkiliy formasidan qat‘iy 
nazar quyidagi umumiy masalalarni bajardi: 


51 
 mazkur kishi muayyan ishni boshlay oladimi; 
 u o‗zi egallagan vazifa lavozimida ishlab ketadimi; 
 mazkur kishining qaysi ishida foydalanish yaxshiroq bo‗ladi; 
 agar baxtsiz hodisa yuz bersa, u ishchi xususiyatida qay darajada 
bog‗liq bo‗ladi, hamda uni ishga qo‗yganda xato qilinmaganmi.
Bu masalalar mehnat ekspertizasida mazkur kasb vazifalari hamda ularni hal 
qilish metodlarini belgilaydi. Mehnat faoliyatidan barcha turlarda mehnat 
ekspertizasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
 yoshi, sog‗lig‗i, ma‘lumoti psixologik yoki qandaydir boshqa 
sabablarga ko‗ra noqobil bo‗lgan kishi ishga kirishishining oldini olish; 
 mazkur kasbga layoqatli, ixtisos bo‗yicha ish vazifasini o‗z sog‗lig‗i 
va tegishli mehnat unumdorligiga zarar yetkazmay bajara oladigan kishilarni 
tanlash; 
 bajarayotgan mehnat turiga negadir layoqatsiz bo‗lib qolgan shaxsni 
o‗z vaqtida ishdan chetlashtirish, dam berish, davolash yoki boshqa qo‗li 
yetadigan ishga o‗tkazish; 
 u yoki bu kishi mehnatning qaysi turiga layoqatli ekanini aniqlash 
va unga kasbiy konsultatsiya asosida u yoki bu mehnat to`rini tavsiya qilish. 
Mehnat ekspertizasining bu asosiy vazifalari har biri unga tegishli bo‗lgan
metod bilan hal qilinadi. Ba‘zi hollarda faqat hujjatli ma‘lumotlar o‗rganiladi. 
Boshqa hollarda o‗qishga kirgan yoki ishlab chiqarishda ishlayotgan kishi bilan 
suxbat o‗tkaziladi, uchinchi holda mutaxassis va ekspert komissiyasi tomonidan
davolash va psixologik metod tadqiqotlar amalga oshiriladi. O‗z vazifasini kishi 
sog‗lig‗ini baholash orqali bajaradigan vrach mehnat ekspertizasi g‗oyat aniq 
tashkil etilganligidan dalolat beradi. Biroq vrach mehnat ekspertizasi u yoki bu 
formada vujudga kelgan birinchi kundanoq hamma vaqt psixologik ekspertiza 
bilan bog‗liq, chunki har qanday mehnat kishining faqat jismoniy emas, balki 
psixologik qobiliyatini ham talab qiladiki, bu talablar ishlab chiqarish 
jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sharoitida yanada ortib 
bormoqda. Yoki psixologik mehnat ekspertizasi metodikasi va tashkiliy formalari 


52 
hali unga qo‗yilgan talablarni qanoatlantirmaydi. Mehnat ekspertizasining ob‘ekti 
- inson (shaxsni psixologik mehnat ekspertizasini o‗tkazish uchun) va mehnatning 
o‗zaro munosabatlaridir. Mehnat ekspertizasi, jumladan psixologik ekspertiza ham 
prognostik, ham retrospektiv bo‗lishi mumkin. Prannostik psixologik mehnat 
ekspertizasi psixodiagnoistika sohasining prinsipi asosida tekshiriluvchining undan 
keyingi faoliyati xususiyatlarini oldindan ko‗ra olish masalalarini hal qiladi. U 
o‗rta maktabdaek o‗smirlarni kasbga yo‗naltirishdan boshlanadi, so‗ngra esa, 
ular kasb hunar-texnika bilim yurtiga kirganlarida hamda u yerdagi o‗qish 
jarayoni davom etib, ishlab chiqarishda yakunlanadi. O‗smirlarning o‗quv va
ishlab chiqarishda mehnatdagi yutuq va kamchiliklarini oldindan ko‗ra bilish 
ya‘ni psixo pragnostika bilan shug‗ullanish g‗oyat muhim va favqulotda murakkab 
vazifadir. O‗zlashtirayotgan kasbni o‗smirlarning shaxsiy fazilatlariga talablarini 
unda o‗qish va mehnatga bo‗lgan zarur qobiliyatlarining mavjudligini, o‗qish va 
mehnatning mazkur turiga qanday munosabatda bo‗layotganini bilish kerak. 
O‗smirga ta‘lim va tarbiya berayotgan kishilar bu barcha ma‘lumotlarni 
psixodiagnostika uchun bilishlari va ana shunday bilim asosida o‗smirlarni o‗quv 
va mehnat faoliyati muvoffaqiyatli bo‗lishini oldindan aytishlari mumkin. Ayni 
pedagoglar ekspert komissiyasi bilan birgalikda prognostik - psixologik ekspertiza 
vazifalarini ham qilishlari kerak. Retrospektiv mehnat ekspertizasi tekshirilayotgan 
shaxsni o‗tgan o‗quv yoki mehnat faoliyatini baholaydi, hamda uning faoliyat 
sifati pasayishining har hil etaplari (brak, jarohat, avariya) ga olib kelgan xato
harakatlar shaxs xususiyatlari bilan aloqasini ko‗rsatadi. Bu ishni nafaqat pedagog 
ham, shuningdek ekspert vrachlar va psixolog ham baholaydi. Retrospektiv mehnat 
ekspertizasi uchun o‗rganilayotgan harakat sifatiga talabni, psixik xususiyat hamda 
tekshiriluvchining tahlil qilayotgan xatosi va hodisalar sodir bo‗lgan paytdagi 
holatini bilish juda muhim. O‗quvchi yoki ishchi qobiliyatini baholash, uning 
keyingi faoliyatini aniqlash hamda buning keyingi o‗qitish u yoki bu kasb
bo‗yicha ishlab chiqarish ishini maqsadga muvofiqligini hal qilishi, unda 
retrospektiv mehnat ekspertizasi muhim ahamiyatga ega.


53 
Mehnat 
unumdorligini 
oshirish 
maqsadida 
mehnat 
jarayonini 
o‗zgartirishning 2 ta asosiy yo‗li bor:
 mehnatni intensivlash; 
 mehnatni ratsionalizatsiyalash.
Mehnatni intensivligiga ishdan bo‗sh qolishi va bekorga vaqt sarflash,
ortiqcha harakatlarga barham berish, uning harakat sur‘atini tezlashish, dam olish 
daqiqalarini kamaytirish, jismoniy nagruzkani tekshirish va hokazo yo‗l bilan 
erishiladi. Agar mehnatni intensivlash ratsionalizatsiyalash bilan qo`shilsalar 
hamda oqilona doirada amalga oshirilsa, uning natijasi ijobiy bo‗ladi. Haddan 
tashqari noratsional intensiv mehnat sifatining pasayishi hamda ishchining tashqi 
qolishga olib koladi. Mehnatni intensivlash, mehnatni to‗g‗ri rejimda o`zaytirish 
bilan birga olib borish kerak. Mehnat rejimi bu ish va dam olish ham kun 
davomida ham vaqt qisqa bo‗lagida taqsimlanishdir. Mikrodaqiqani hisobga olish 
va tashkil etish mikrorejimga kiradi. Mehnat rejimi hamma vaqt dam olish 
rejimini ham o‗z ichiga oladi. Mehnatdagi mikrodaqiqa dam olishning bir 
formasidir. Shu bilan birga cho‗zilib ketgan daqiqa faoliyatga xalaqit beradigan 
tanafus va bekor qolish bo‗ladi. Mehnat rejimi muammosi ko‗p davomida ish
vaqti davomiyligiga ko‗ra bir-biriga qanday nisbatda bo‗lishi mumkinligini 
aniqlashdan iborat. Toki mazkur kunning ishdan charchash, keyingi kunga eng
kam miqdorda o‗tsin. Mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan charchash 
yoki kasbiy toliqish-mehnat psixologiyasining muhim muammosidir. Psixogigiena, 
psixologiya, gigiena va psixistriya fanlari uchrashgan joyda turuvchi fan bo‗lib, 
maqsadi charchashni pasaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va asoslash
hamda muhitning salbiy ta‘sirini keltirib chiqaradigan psixopotologiyaning oldini 
olishdan iborat. Psixopotologiya - psixikaning kasallanishi. U psixologiyaning 
patopsixologiya deb ataluvchi sohasi va tibbiyot fani sifatidagi psixiatriyani 
o‗rganadi. Charchash faoliyat natijasida mehnat qobiliyati vaqtinchalik 
pasaytirishning qonuniy jarayonidir. Charchash faoliyatga normal reaksiyadir. 
Ko‗pincha charchashni toliqishning rejasini hisoblab, ularni aralashtirib 
yuboradilar. Biroq charchash - psixik hodisa, toliqish keltirib chiqaradigan 


54 
kechinma, o‗z tabiatiga ko‗ra og‗riq, ochlik, chanqash kechinmalarga yaqin turadi. 
Faoliyatning ijobiy va salbiy emmotsional fonida charchash boshlanayotgan 
toliqish haqida aniq natural ogohlantiruvchidir. Nisbiy toliqish muammosida
mehnat psixologiyasi uchun eng o‗ziga xos vazifa ishga layoqatli toliqish ta‘sirida 
o‗zgarishga o‗rganishdir. Ishga layoqatlilik tushunchasi pedagogik tushuncha:
faoliyatning aniq to`rini xatosiz bajarish uchun belgilaydi. Mehnatga yaroqlilik 
ijtimoiy tushuncha bo‗lib, mazkur inson to‗g‗risidagi bir necha ma‘lumotlarga 
qarab, mehnat ekspertizasi tomomnidan baholanadi. Iroda kuchi, hayajon 
bajarayotganligiga qiziqish boshlanayotgan fiziologik ko‗rsatkichlar ob‘ektiv
isbotlangan toliqishni niqoblash, uning o‗rnini bosish mumkin: birinchi holda ishga 
layoqat pasaymaydi, ikkinchisida pasayadi, lekin charchoq sezilmaydi. Ishga 
qiziqish, tashabbus ko‗rsatishga topshiriqni bajarishning yalpi usullarini izlashga 
da‘vat etadi. Bunday ishga layoqatlilik ba‘zan pasaytiriladi, balki ancha ortadi.
Bunday charchoq bo‗lishi ham, bo‗lmasligi ham mumkin. Aksincha ishga qiziqish 
bo‗lmasa, astenik emotsiya ifodalangan charchoqning paydo bo‗lishiga hamda 
ishga layoqatsizlikni, toliqishni xarakterlaydigan fiziologik siljish boshlanishidan 
oldin pasayishiga yordam beradi. Toliqish bilan dam olish o‗rtasidagi 
nomuvofiqlik oqibatida toliqishning ortishi insonni sifat holatiga o‗ta toliqishga 
olib keladi. Mehnat psixologiyasida kerak tadbirlar ishlab chiqish uchun toliqish 
o‗ta toliqish boshlanishining asosiy qo‗shimcha va yordamchi omillarni farqlash 
muhimdir. Toliqish va o‗ta toliqishning asosiy sababi - mehnat faoliyatining 
o‗zidir. Biroq ishlab chiqarishning paydo bo‗lishi toliqish o‗z-o‗ziga toliqishni 
keltirib chiqaradigan qo‗shimcha omillar tufayli ancha murakkablashishi mumkin. 
Ishga borishdagi noqulay motivatsiya, transport muammosi, ishning yomon tashkil 
qilinganligi va boshqa kamchiliklar, kichik bo‗lsada qo‗shimcha ish ko‗lami, sport 
bilan xaddan tashqari ko‗p shug‗ullanish o‗z-o‗zicha toliqishni keltirib 
chiqarmaydigan, biroq uning paydo bo‗lishiga ko‗maklasha borib, uni 
ildamlashishiga, yordamchi ishlarni hisobga olish lozim. Bunga xronik kasalliklar 
hamda jismoniy, rivojlanmaganlik, ovqatlanish rejimini buzish, chekish va 
alkogol, muhitning noqulayligi va hokazolar kiradi. Pedagogik va psixologik 


55 
tadbirlari boshlanayotgan toliqish va o‗ta toliqishning asosiy omilini 
yengillashtirishga qo‗shimcha va yordamchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan 
bo‗lmog‗i lozim. Toliqish va o‗ta toliqishni 3 hil yo‗li bo‗ladi: 
1) jismoniy (o‗tin yorish, yer ishlari va hokazolar); 
2) aqliy ( pedagogik yoki o‗quv mehnati va hokazo); 
3) emotsional ( xavfli sharoitlarda ishlash). 
Bular ko‗pincha mos bo‗ladi. O‗ta toliqish turli darajada bo‗lishi mumkin: 
Agar ular kundan kun ish qilib bormaganda edi, dam olish kunlari, ta‘til ham 
zarur bo‗lmas edi. Yengil toliqish navbatdagi ta‘til oldidan bo‗lishi to‗la 
qonuniydir. Faqat psixologiya qoidalari buzilgan hollardagina vujudga keladi. O‗ta 
og‗ir toliqish bu kasallik. Toliqishning kerak alomatlari nihoyatda rang-barang va 
barqarordir. Sektorli doira toliqish ta‘siri ostida turli hil analizatorlarning 
sezgirligi pasayadi, harakat sohasida sensormotorli muvofiqlashtirilishi 
yomonlashadi. Ortiqcha harakatlar paydo bo‗ladi, oddiy va murakkab sezgilik 
tezligi pasayadi. Aqliy faoliyat va diqqat intensivligi ham susayadi. Xotiradan 
tushib qolish va eslashning qiyinlashuvi keng paydo bo‗ladi, diqqatni taqsimlash 
va boshqa tomonga qaratish qiyinlashadi. Toliqishning juda xarakterli alomati 
kunduzi uyquchanlik va kechki uyquning buzilishidir. Bir tomondan, ishni 
maromlashtirish shubhasiz ijobiy omil. Biroq, ikkinchi tomonidan 
maromlashtirish bilan bog‗liq bo‗lgan bir hil maromda bo‗lishi, bir hillik holatiga 
- diqqatning pasayishi va uyqu bosishiga olib keladi. 
Bir hillik ish layoqatiga salbiy ta‘sirni kamaytirish uchun quyidagi 
tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi: 
 o‗ta oddiy va bir operatsiyalarni mazmuniga ko‗ra murakkabroq va hilma 
- hil bo‗lgan operatsiyalar bilan birlashtirish; 
 har bir ishchi tomomnidan bajariladigan operatsiyalarni vaqti bilan 
almashtirib turish; 
 ish ritmini vaqti bilan o‗zgartirib turish; 
 chetdan qo‗zg‗aluvchi (xususan musiqa, ashula ) kiritish. 


56 
Faol dam olishga faqat jismoniy harakatlar emas, balki mehnat harakatlari 
almashinishini oqilona tartibga solish va mehnat jarayonidagi faoliyat xarakterni 
o‗zgartirish ham kiradi.
Mehnat sifati deyilganda ular unumi xavfsizligi nuqsonsizligi hamda 
ishchini qanoatlantirish birligi tushuniladi. Keyingi mehnatning oldingi omillari 
hamda uning psixologik sharoiti bilan belgilanadi. Mehnatning to‗la xavfsizligiga
xato va brak mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jarohati, avariya va 
haloqatlarning olidini olish bilan erishiladi. Olidini olish ishlari qanchalik yaxshi
yo‗lga qo‗yilgan bo‗lsa, mehnat shunchalik bexatar bo‗ladi. Biroq xavf puxta 
o‗rganib chiqilgandagina xavflar oldini olish choralari samara beradi. Ishlab 
chiqarishda yoxud transportda avariya, jarohatlanish yuz bersa, muhandis va 
vrachdan iborat komissiya uni tekshiradi va umumiy masalalarni hal qiladi: 
 kim avariya qildi yoki jarohatlandi; 
 avariya qanday sharoitda va qanday sabablarga ko‗ra yuz berdi; 
 avariya yoki jarohatlanishning oldini olish uchun nima qilinishi lozim edi; 
 shunga o`xshagan hodisalar takrorlanmasligi uchun nima qilish kerak. 
Xavfsizlik xizmati asosida jarohatlanishning oldin olish tadbirlari yotadi. 
Shuning uchun ham mehnat sifati va xavfsizligi uchun ko‗rash avariya vaziyatiga 
olib kelmaydigan shart-sharoitlarni o‗rganish va barham berishdan boshlanadi.
Qiyinchilik, hatto harakatlar avariya mehnat psixologiyasi uchun bir zanjirning 
zvenolaridir. Avariya vaziyati - bu mehnat faoliyati sharoitining murakkablashuvi 
bo‗lib, avariya xavfi ishni belgilangan reja bo‗yicha bajarishga yo‗l bermaydi. 
Avariya vaziyati baxtsiz hodisalarga imkoniyat yaratadi, ammo uni 
muqarrar qilib qo‗ymaydi. Baxtsiz hodisa - insonga vujudga kelgan avariya 
vaziyatidagi noto‗g‗ri harakatining natijasi bo‗lib, mehnat jarayonidagi avariyali 
vaziyat ishchi harakatiga bog‗liq mexanizmning nosozligi yoki sinishi oqibatida 
vujudga kelishi mumkin, biroq ishchining xatti-harakatlari sababli ham sodir 
bo‗lishi mumkin. Uskunalar sinmay hamda ish joyida odamga zarar yetmay yuz 
bergan brak avariyaga sanalmaydi, ammo u shaxsiy omillar bilan bog‗liq bo‗lsa, 
psixik jihatdan bu ham avariyadir. Shaxsiy omil bu - biron bir narsaga, mazkur 


57 
holatda avariya sabab bo‗luvchi shaxsiy xislat yoki noto‗g‗ri harakatdir. Avariya 
sababini aniqlash u bilan bog‗liq bo‗lgan shaxs yoki shaxslarni har tomonlama 
o‗rganishni talab qiladi. Bunda voqea zanjiri hamda ishchi harakatidan sabab 
oqibati boshdan oxirigacha ko‗rib chiqilgan bo‗lishi kerak konkret avariya 
sabablarini tushinish mazkur korxonadagi boshqa avariyalar sababini tushunishi 
osonlashtiribgina qo‗ymay, balki ulardan oldini olishni ham belgilaydi. Bu 
savollarga javob berishning 3 metodi mavjud:
1) analitik metod konkret avariyani chuqur o‗rganishga tayanadi; 
2) statistik- yanada puxtarok o‗rganishni talab qiladigan shunga o‗xshash 
avariyalar takrorlanihini akniklash imkonini beradi;
3) tajriba metodi - psixologik sturkturasiga ko‗ra avariyaga o‗xshash 
vaziyatni tabiiy yoki laboratoriya sharoitida modellashtirish yo‗li bilan o‗rganish 
metodidir.
Mehnat faoliyatining konkret turidagi avariyalarning psixik sabablarini 
umumiy klassifikatsiyalashda, ular quyidagi 3 guruhdan iborat bo‗ladi.
Birinchidan, brak va avariya sababi tasodifiy bo‗lib, mazkur va boshqa 
shaxsda takrorlanish tedensiyasiga ega emas. Bunday hollarda ularga nisbatan 
ishlab chiqarish psixologik analizidan kelib chiqadigan hech qanday maxsus tadbir 
qilinmaydi.
Ikkinchidan - brak va avariyaning sababi mazkur yoki boshqa shaxsda 
shunga o‗xshash hodisa takrorlanish xavfi borligini bu xavfni tegishlicha 
pedagogik davolashlar konstruktiv yoki tashkiliy tadbirlar yo‗li bilan bartaraf 
etishning aniq imkoniyatlarini ko‗rsatadi. Bunday hollarda tadbirlar so‗zsiz, aniq 
bajarilishi lozim.
Uchinchidan brak va avariyaning sababi bunday hodisa mazkur shaxs 
yoki psixologik xususiyatiga unga o‗xshash boshqa shaxsda takrorlanish xavfini 
tasdiklash mumkin, ammo bu xavfni bartaraf qilishning aniq mikoniyati 
aniqlanmaydi. Bunday shaxslar ishdan chetlashtirilishi kerak. Sodir bo‗lgan 
avariya, brak yoxud unga olib kelgan shart-sharoitlarda shaxsiy omilning roli 
qo‗yilgan xatti - harakatlarning e‘tirofi orqali aniqlanadi. Xato harakat - bu 


58 
faoliyatning maqsadga yo‗naltirilgan tarzini buzadigan hamda harakatdagi shaxs 
ularni ko`ngilsiz oqibatlarga olib keladigan elementdir, boshqacha aytganda bu 
insonning beixtiyor harakati bo‗lib, uni maqsadga erishishiga olib kelmaydi. Har 
bir noto‗g‗ri harakatda bitta yoki bir nechta sabab bo‗ladi. Mazkur xato
harakatning paydo bo‗lishi boshlangan sabalardan biri asosiy qolganlari ko‗makchi 
bo‗lib koladi. Asosiy sabab - bu shunday sababki, u yo‗qotilsa mazkur xato 
harakat sodir bo‗lmaydi. Vaqtiga ko‗ra u xato harakat oldin yuz berishi mumkin. 
Bir mehnat jarayonida sodir bo‗lgan bir qancha xato harakatlar o‗z sababiga va 
umumiy sabablarga ega bo‗lishi mumkin. Odatda turg‗un, umumiy sabab bilan 
o‗zaro bog‗liq bo‗ladi. Xato harakatlarning ishlab chiqarish jarayoni yoki qiyin 
operatsiyasining o‗ziga xos xususiyatlariga bog‗liq bo‗lgan sabablar ham bor. 
Bunga quyidagilar kiradi:
 yomon tayyorlanganlik yoki o‗quvchida zarur bilim va malakalarning 
kamligi;
 mavjud mehnat faoliyati talablariga ularning individualligi, ya‘ni
kasbiy qobiliyatlar boyligi darajasi; 
 uning g‗oyaviy siyosiy tarbiyalanganlik darajasining pastligi bilan
izohlanadigan intizomsizligi yoki noshudligi toliqish natijasida mehnat 
layoqatining vaqtincha pasayishi;
 mehnat sharoitning salbiy ta‘siri.
Xato xarakterlarni keltririb chiqaradigan sabablarni ularning asta -sekin 
murakkablashib boradigan turlarni belgilaydi. Ular o‗quvchi qobiliyati va mehnat 
faoliyatini muvoffaqiyatli egallashga yordam berishi ham mumkin. Shu bilan birga 
ular o‗z navbatida mehnat sifatini ta‘minlaydigan o‗qitishi metodikasi 
samaradorligining indiqatori hisoblanadi.
Agar kasb hunar texnika ta‘limi bir butun jarayonda o‗qitishning oxirgi 
natijasi kasbiy mahoratni tarkib toptirish bo‗lsa, tarbiyaning oxirgi natijasi - 
quruvchi sifatidagi ishchi shaxsini tarkib toptirishdan iborat. Hozirgi zamon 
ishchisining siyosiy sifatlari mana shunday ifodalab berilgan. Ijtimoiy ishlab 


59 
chiqarishning malakali ishchisi shaxsiga xos bo‗lgan ishchan psixologik xislatlar 
quyidagilardan iboratdir: 
 kishilar ehtiyojlarini va shu jumladan o‗zining ham shaxsiy ehtiyojlarini 
qondiruvchi, shuning bilan birga ishlab chiqarish unumdorligini va uning sifat
natijalarini orttirishga qaratilgan moddiy boyliklarni hosil qilishga intilish; 
 o‗zi ishlayotgan muassasa va xalq xo‗jaligi sohasidagi jamoa ishning 
muvoffaqiyatidan manfaatdorlik; 
 texnologik vazifalarni tez va to‗g‗ri hal qilishga nisbatan qobiliyat aqliy
va jismoniy ishlab chiqarish vazifalarini yengillik bilan ortiqcha zo‗r bermasdan va 
buzilishlarga yo‗l qo‗ymay bajarishga chidash; 
 jamiyat uchun foydali moddiy boyliklarni hosil qilishda tobora katta 
yutuqlarga erishish maqsadida o‗zining kasbga oid bilimlarini, malakalarini, 
o‗quvlarini va ishlab chiqarishga oid mahoratini doim takomillashtirishga intilish. 
Bularning hammasi malakali ishchilarning faqat eng umumiy xislatlaridir. 
Bulardan tashqari har bir kasb bo‗yicha maxsus faqat shu kasbga xos bo‗lgan 
shaxsiy sifatlar tarkib topadi. Masalan: harakatlarning aniqligi va tezligi
epchiliik, chaqqonlik, hozirjavoblik va o‗zini tuta bilish. Bular mana shu 
sifatlarning albatta namoyon bo‗lishini talab qiladigan faoliyat turlarida tarkib 
topadi. Biroq, shaxs xislatlarining tarkib topishi avtomatik ravishda yuzaga keladi.
Ishchi xalq xo‗jaligining qandaydir biron bir sohasida butun hayoti davomida 
ishlashi mumkin, lekin bajarayotgan ishi uchun zarur bo‗lgan u yoki bu psixik 
xususiyati rivojlanmasligi ham mumkin. Hamma narsa asosan u ishlayotgan 
muhitga, uning mehnatga bo‗lgan munosabatiga, uning ishlab chiqarish faoliyatini 
tashkil qilgan va yo‗naltirgan kishilarga va albatta mehnatning o‗ziga bog‗liqdir. 
Ma‘lumki har qanday mehnat ham shaxsni tarkib toptiravermaydi, balki mehnat 
ijtimoiy foydasi shaxsga ko‗rinib turgandagina va asoan mehnatning shunday turi 
ilojini tarkib toptiradiki, bunday mehnat jarayonida odam boshqa kishilar bilan 
bevosita yoki bilvosita munosabatga kirishadi hamda o‗zini jamoaning a‘zosi
sifatida anglaydi. Qisqaroq qilib aytadigan bo‗lsak, shaxs mehnat va munosabat 
jarayonida tarkib topadi. Mehnat tarbiyasi bolalalikdan boshlanadi, dastavval o‗z-


60 
o‗ziga xizmat qilish, undan so‗ng yasama o‗yinchoqlarning qurishi. Keyin ota-
onalarga xo‗jalik ishlarida yordam berish. Mehnat tarbiyasi maktabda 
mashg‗ulotlarning ma‘lum qoidalariga rioya qilishi, o‗quv topshiriqlarni bajarishi. 
Mehnat darslarida undan so‗ng, kasb hunar texnika bilim yurtlarida va bevosita 
sanoatda elementlar ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish talab qilinadi. Yosh 
yigit qizlar shaxs sifatida sanoatga qanday tarzda kelishlari, savdo xodimi sifatida 
do‗kon peshtaxtasiga, mexanizator sifatida dalaga kelishlari, mehnatga nisbatan 
o‗zi bilan birga ishlaydigan kishilarga nisbatan o‗z-o‗ziga nisbatan qanday
munosabatda bo‗lishlari, o‗zining professional va fuqarolik sifatlarini qaysi 
tomonga va qanchalik muvoffaqiyat bilan rivojlantirishlari bilim yurtining 
pedagoglariga bog‗liqdir. Shuning uchun pedagoglar o‗zlariga tegishli bilim yurtini 
bitiruchilarning faqat maxsus bilimlari va o‗quvlari - mehnatkashi va fuqaro 
sifatida tarbiyalanganliklariga ham javobgardirlar. Mehnat tarbiyasining hamma
davrlarida (oilada, maktabda, o‗quv yurtida, sanoatda) mehnatkash shaxsi 
xislatlarining va uning mehnatga bo‗lgan qobiliyatini muvoffaqiyatli tarkib 
toptirishning asosiy psixologik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
 ishlab chiqarish faoliyatiga undovchi mehnat muhiti; mehnat 
harakatlariga tarbiyalovchi ta‘lim;
 mehnatga psixologik jihatdan tayyorlash;
 o‗qish va mehnat vazifalarini hal qilish uchun shaxs sifatlarini psixologik 
jihatdan safarbar qilish;
 samarali mehnat.
Mehnat muhiti muvoffaqiyatli mehnat tarbiyasining zaruriy shartidir. 
Mehnat muhitiga quyidagilar kiradi:
 tarbiyalanuvchini (bolani, o‗smirni yoki katta yoshli odamni) 
birgalikda ishlaydigan kishilar guruhiga yoki jamoa bo‗lishi konkret mehnat 
majburiyatlarini aniqlash ishini zaruriy moddiy vositalar bilan ta‘minlash;
 mehnatga jalb qiladigan tashqi sharoitni hosil qilish.
Tarbiyalanuvchini mehnat guruhigi qo‗shishni hatto oilada ham hamma 
vaqt amalga oshirib bo‗lmaydi. Ba‘zan bola o‗zining tug‗ilgan yurtida 


61 
"begonadek" yashaydi, faqat majbur qilgandagina o‗z-o‗ziga xizmat qilish bilan 
shug‗ullanadi. Bunda u qandaydir xo‗jalik ishlaridan bosh tortib biron mehnatga 
o‗rganmay batartiblik va ozodalik odatlarini ortirmaydi. Maktabdagi sinflarda 
kasb hunar texnika bilim yurtlaridagi o‗quv guruhlarida ishlab chiqarish zvenolari 
va brigadalarida ayrim "begonalar" uchrab turadi. Ular faqat tashqi tomomndan 
kimningdir, majbur qilishi orqali o‗z majburiyatlarini bajaradilar. Bunda hech 
qanday mehnat tarbiyasi haqida so‗z bo‗lishi mumkin emas, "begonalarda" faqat 
xudbinlik va tekinxurlik tarkib topadi. Bunday hodisa oilada bola o‗z holiga 
tashlab qo‗yilganda g‗amxo‗rliklik qilinganda, bola oilada mehnat guruhining teng 
huquqli a‘zosi sifatida kattalar bilan birgalikda qilinadigan bironta ishga jalb 
qilinmaganda oilada doimiy mehnat majburiyatlariga ega bo‗lmaganda va mehnat 
majburiyatlarini bajarish yuzasidan hech qanday javobgarlikni his etmaganda yoki 
bo‗lmasa, mehnat majburiyatlariga ega bo‗la turib, ularni bajarganda xech 
qanday qanoatlanish hissini sezmaganda va bunday faqat yo`lgiz yoqimsizlik
sezganda yuzaga keladi. O‗quv va ishlab chiqarish guruhlaridagi ayrim 
shaxslarning mehnatdan mana shunday begonalanishi xuddi oila sharoitidagidek, 
asosan bir hil sabablar asosida yuzaga keladi. O‗quvchi yoki ishchi ta‘lim yoki 
ishlab chiqarish guruhiga formal tarzda kiritib qo‗yiladi. Ammo u guruhda organiq 
qism sifatida kiritilmaydi va o‗zini o‗quv guruhning teng huquqli a‘zosi sifatida 
his qilmaydi. Guruhga yangi qo‗shilgan o‗quvchilarning umumiy ish uchun hech 
qanday qadr-qimmatini va foydasini ko‗rmaydi. Ana shunday holatlarda 
mehnatdan begonalanish hodisasi yuz beradi. Shuning uchun guruh bunday
o‗quvchi yoki yosh ishchiga g‗araz bilan foydasiz odam sifatida qaraydi. Bu 
psixologik jihatdan ishlamaslikning yuzaga kelishidagi asosiy sababidir. Mana 
shunday 
sharoitda 
"begonalashgan" 
odamlarda 
birgalikda 
ishlashdan 
qanoatlanishning bo‗lishi mumkin emas. Bunday holat "begonalashgan" o‗quvchi 
yoki yosh ishchiga xursandchilikka qaraganda ko‗proq dilsiyoxlik keltiradi, 
yoqimsizlik esa, mehnatga nisbatan nafrat uyg‗otadi va u mehnat me‘dasiga 
tekkan mavxum odamga aylanadi. Guruh bilan munosabatda bo‗lishda uning bilan
birgalikda mehnat qilishda unga begonalarcha va g‗araz bilan qarash "baxtsiz" 


62 
shaxsning salbiy xislatlarini va mehnatdan qochishni rivojlantirish mumkin. 
Mehnatkash shaxsning faqat ijobiy xislari muvoffakiyali ravishda tarkib topishi
mumkin bo‗lgan mehnat muhitiga o‗quvchi deganda guruh bilan ushbu o‗quvchi
uchun umumiy manfaatlarni topishdek, ma‘no tushuniladi. Agarda bunday
umumiy manfaatlar yo‗q bo‗lsa, guruh a‘zolari tomomnidan ko‗tarinki ruh bilan 
qabul qilinadigan vazifalar qo‗yish orqali guruhdan bunday umumiy 
manfaatdorlikni yuzaga keltirish kerak, hech bir istesnosiz guruh har bir 
a‘zolarining qadr-qimmatini ijobiy sifatlarini va yutuqlarini ta‘kidlab ko‗rsatish 
orqali guruhning umumiy ishi uchun har bir a‘zosining ham foydali ekanini 
guruhga ko‗rsatish lozim. O‗quv va ishlab chiqarish ishlari bo‗yicha guruhda 
o‗zaro yordamlashishni tashkil qilish va guruhning umumiy vazifalarini
bajarishda yutuqlarni ta‘minlash lozim. Yutuqlar guruhda namoyon bo‗ladigan 
ozgina garazguylikning oldini olib, bir-biriga nisbatan xayrixoxlik 
munosabatlarini hosil qilishi kerak. Mana shularning yordamida mehnat 
munosabatining muvaffaqiyatli bo‗lishiga yaxshi ta‘sir kiluvchi, guruhda 
psixologik iqlim hosil qiladi. Mehnat tarbiyasining muvoffaqiyati shuningdek 
mehnatning tashqi muhitni tashkil qiluvchi tevarak atrofdagi sharoit hamda,
moddiy jihatdan ta‘minlangan bo‗lishiga bog‗liq bo‗ladi. Chiroyli qilib bezatilgan 
va toza keraqli texnika vositalari bilan jihozlangan, oqilona tartibga keltirilgan 
xonaga ishlash yoqimlidir. Bunday sharoitda tartib saqlash, tozalik va betartiblik,
shuningdek tirishqoqlik hamda mehnat madaniyati haqida o‗quvchilarni
ogohlantirmasa ham bo‗ladi. Bunday tashqi sharoit va mehnatning moddiy 
ta‘minoti o‗quvchilarning o‗zlari tomomnidan tashkil qilingan bo‗lsa, bunday 
intilish iroda kuchliroq bo‗ladi. Mana shu sababdan madaniy sharoit tashkil qilish
va ish joylarini keraqli texnika vositalari bilan oqilona jihozlash pedagoglarning 
birinchi navbatdagi vazifalaridan biri bo‗lishi kerak. Mehnatning tashqi muhiti
tarbiyalovchi mehnat ta‘limi uchun zarur bo‗lgan sharoitni yaratib beradi. 
Tarbiyalovchi ta‘lim o‗zlashtirilgan bilimlarning shaxs xususiyatlariga aylanishi 
jarayonidan iboratdir. Bunda bilimlar ishonch e‘tiqodga aylanadi. Bilimlarning 
ko‗lami bilimdonlikka ko‗tariladi. Mehnatga o‗rgatmasdan turib, jamiyat uchun


63 
qimmatli shaxsni tarbiyalash mumkin emas. Ammo istalgan ta‘lim ham tarbiya 
bera olmaydi. Hamma davrlarda juda ko‗p kishilarni yoshlik chog‗laridan boshlab 
mehnatga o‗rgatganlar, ammo hamma vaqt ham jamiyat uchun foydali shaxslarni
ta‘lim bilan tarbiyalab voyaga yetkazgan emaslar. Hattoki ijtimoiy foydali ishga 
o‗rgatish ixtiyorsiz holda foydasiz, ba‘zan esa, jamiyat uchun zararli shaxsni 
voyaga yetkazishi mumkin. Bunday shaxsda maxsus bilimlar kasbiy malaka va 
barcha ijobiy jihatlarning bo‗lishi bilan birga boshqa odamlar uchun mehnat 
qilishga intilishi birga ishlayotgan odamlarga yordamlashish xohishi, jamoa bilan 
birga bo‗lishi, mehnat unumdorligini oshirishda yuksak darajalarga erishish istagi 
bo‗lmasligi mumkin. Psixologiyaning maqsadini mensimaydigan ta‘limda ya‘ni 
shaxsning tarkib topishi haqida g‗amxo‗rliklik qilinmay ta‘lim berilganda 
o‗quvchilarla ijobiy shaxsiy sifatlar o‗rniga, masalan: shuxratparastlik, ta‘magirlik, 
poraxo‗rlik, intizomsizlik, yalkovlik va ishga nisbatan e‘tiborsizlik kabi xislatlar 
rivojlanishi mumkin. Tarbiyalanuvchilarga nisbatan beparvolik, begamlik, 
sovuqqonlik yoki pedagogik jihatdan tajribasizlik natijasida qilingan barcha
salbiy ishlar o‗quvchilarning kundalik ta‘lim yoki ishlab chiqarish ishlarida ko‗p 
martalab ularning ko‗z o‗ngida namoyon bo‗ladi. Pedagoglar tomonidan
psixologik bilimlar asosida va uning tarbiyalanganligiga tayangan holda o‗quv 
guruhida amalga oshiriladigan tashkiliy, o‗quv va tarbiyaviy ishlar mana shulardan 
iboratdir. O‗quvchilarning mehnatlari ularning har biri uchun hamma jihatdan 
unumdor bo‗lishini ta‘minlash borasida pedagoglar barcha zarur choralarni 
kurishlari kerak. Faqat ana shunday muhim sharoit bo‗lgandagina pedagoglar
keraqli kasbiy sifatlarga ega bo‗lgan halol mehnatkashlarni, munosib fuqarolarni 
tarbiyalashlari mumkin.

Download 1,72 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish