Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
birinchidan, biror kasbning "nufo`zli ekanligiga" baxs borishdagi 
dogmalarga asoslanish;


70 
ikkinchidan, kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish; 
uchinchidan, biror kasb egasi bo‗lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy 
munosabatda bo‗lishni tegishli kasbga ko‗chirish;
to‗rtinchidan, kasbning oddiy kundalik tomonini nazar - pisand qilmasdan, 
uning tashqi tomoniga, sirtiga maxliyo bo‗lish;
beshinchidan, o‗rtoqlarining ta‘siri ostida "kompaniya uchun" kasb tanlash 
kabi xatoliklarga duch kelishi mumkinligini ta‘kidlab o`tadi. 
O‗spirinlar kasb tanlash to‗g‗risida yaqqol tasavvuriga ega bo`lmaganliklari 
boisdan ko‗proq xatoga yo‗l qo‗yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo`lgan 
kasb undan qanday shaxs fazilatlarining talab qilishini tushunib yetmaydilar. Ular 
o`z layoqatlarini oqilona baholashga qurbi yetmaganligi uchun u yoki bu kasbni 
egallanganda qanday tezlikda va aniqlikda harakat qilishigina, sezish va idrok 
qilish xususiyatlarini, asab tizimining muvofiqlashishi mumkinligini bilmaydilar. 
Shuning uchun yuqorida bayon qilib o‗tilgan xatolarga yo‗l qo‗yadilar. Biroq 
xozirgi davrda bunday ko‗ngilsiz xolatlarning oldini olish imkoniyatlari mavjud. 
Buning uchun quyidagi pedagogik psixologik va ijtimoiy xususiyatli umumiy 
tomonlarga aloxida e‘tibor berish maqsadga muvofiq. 
O‗qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jaxon psixologlari ularni ikki 
kategoriyaga yoki guruhga ajratib tekshirishni lozim topadilar. Birinchi 
kategoriyaga taalluqli motivlar o‗quv faoliyatining mazmuni, moxiyati hamda 
uning jarayonlari, sharoitlari bilan bevosita uyg`unlashgandir. Ikkinchi 
kategoriyaga kiruvchi motivlar tizimi o‗quvchilarning atrof - muxit bilan keng 
ko‗lamdagi o`zaro munosabatlariga ularning begona, o`zga kishilar bilan 
muomalaga kirishish extiyojiga, ijtimoiy turmush voqeliligiga nisbatan shaxsiy 
qarashiga bog`liqdir. 
O‗quv faoliyati mazmuni bilan uzviy bog`liq motivlar tizimini shartli 
ravishda ikki guruhga ajratib, ularni ijobiy (musbat, pozitiv) va salbiy (manfiy, 
negativ) deb nomlash mumkin. Bunday atamalarni qo`llashdan asosiy maqsad 
maxalliy an‘ana, ijtimoiy tajriba (stereotipizatsiya darajasidagi ta‘sirchan kuchli 
tashqi omil) ekstremal xolat ta‘sirida keskin ruxiy burilishlar yasashga qodir 


71 
psixologik mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir. Odatda salbiy (negativ) 
motivatsiya shunday vaziyatda vujudga kelishi mumkinki, qachonki o‗quvchi 
bilimlarni o`zlashtirmaslik oqibati qanday ko‗ngilsiz xolatlarga olib kelishini 
anglab yetsa (jazolanish, ota - onalar tanbexi, sinfdoshlar e‘tirozi, yomon baho 
olish, jamoa a‘zolari orasida obro`sizlanish va boshqalar) va ana shunga muvofiq 
say‘i - xarakatlarni amalga oshirsa. Salbiy motivatsiyaga ega bo`lgan o‗quvchi 
kamroq mo`sibatli (mushkul axvol) yo‗lni tanlab, ta‘lim jarayonida qatnashishda 
davom etadi. Bunday o‗qish motivatsiyasiga aloqador o‗quvchilar yuqori 
ko‗rsatkichlarga, muvaffaqiyatli o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`lmaydilar, 
chunki ishtiyoqsiz darsga qatnashish tuyg‗usi, bilim va o‗quv predmetiga nisbatan 
qiziqishning mavjud emasligi bunga ma‘naviy to`siq bo`lib xizmat qiladi. Buning 
natijasida o`zlashtirmovchi, bo`sh o`zlashtiruvchi, sust o‗quvchilarning safi taboro 
kengayib boradi, bu narsa kundalik odatga aylana borsa, u stereotip darajasiga 
o`sib o`tishi mumkin. Mustaqil va muvaffaqiyatli o‗qish esa, shaxsdan faol, qatiy, 
ijodiy izlanishlarni takozo qiladi va shunga o`xshash talablarni o`zlashtiruvchi 
oldiga qo‗yadi. Shaxsning mazkur xolatlarga tayyor emasligi, undagi 
imkoniyatlarning cheklanganligi sababli o`zlashtirmovchilar qatorini to`ldirishga, 
bir sinfda yoki kursda ikki yil o‗qishga olib keladi, usha qiyinchiliklar bilan o`z 
sinfi, kursini tamomlaydi. Bunday toifadagi o‗quvchilar yoki talabalar o‗quv 
faoliyati motivatsiyasini qayta ko`rish evaziga ijobiy natijalarga erishish mumkin. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish