• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 3.2. Professiografiyaning tuzilishi. Psixogramma tushunchasi. Turli kasblarning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari.
  • Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik
    giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
     
    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
     
    1) Kasb - kor (hunar) oldiga qo`yiladigan talablar haqida nima deya olasiz?
    2) Kasb tanlashga yo‗naltirishda nimalarga e`tibor berish lozim?
    3) Ye.A.Klimov qarashlariga binoan professiogramma nimadan iborat?
    4) Professiogramma oldiga qanday talablarni qo‗yish maqsadga muvofiqdir?
    5) V.A. Krutetskiy o‗spirinlarda uchrashi mumkin bo`lgan qanday motivlarni 
    aloxida ta‘kidlab o‗tadi.


    72 
    6) Yirik psixolog Ye.A. Klimov o‗spirinlar kasb tanlashida qanday 
    xatoliklarga duch kelishi mumkinligini ta‘kidlab o`tadi?
    7) O‗qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jaxon psixologlari haqida 
    nimala deya olasiz?
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Karimova V.M. Psixologiya: O‗quv qo`llanma. T. 2002. 
    2. Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‗quv qo‗llanma - TDIU, 
    2014. 
    3. G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob. 
    4. Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- ―Voris nashriyot‖, Toshkent, 2012 y. 
    270 b 
    5. www.expert.psychology.ru 
    6. www.psycho.all.ru 
    7. www.psychology.net.ru
     
    3.2. Professiografiyaning tuzilishi. Psixogramma tushunchasi. Turli 
    kasblarning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari. 
     
     
     
     
    Tayanch so`z va iboralar:
    Munosabatlar muhiti, o‘qishga nisbatan ijobiy 
    munosabat, saboq oluvchilar munosabati, xulq - atvordagi o‘zgarishlar, qiziqishni 
    o`stirish tarafdori bo‘lish, xulq - avtor motivlari, o‘quv faoliyatining moxiyati, 
    ijtimoiy motivlar, muomalaga kirishish, xususiyatlarning namoyon bo‘lishi.
    O‗quvchilar va talabalarda o‗qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga 
    vujudga kelmaydi, balki uni keltirib chiqaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta‘sir 
    etishi extimol. 
    O‗qishga nisbatan saboq oluvchilar munosabatini aniqlashga xarakat qilgan 
    o‗qituvchi qanday o‗zgarishlar yuz berayotganligini qayd qilish uchun ayrim 
    mezonlarni ta‘kidlay boshlaydi:


    73 
    a) xayolparishonlik vujudga keladi;
    b) vijdondan yo`ndoshish yo`qoladi;
    c) boshqalardan ko`chirib olishni odat qiladi;
    d) yo`lg`on so`zlash va bahona qidirishga o`rganadi;
    e) darslarni qoldiradigan bo`lib qoladi;
    f) mustaqil topshiriqlarni bajarmay qo‗yadi va boshqalar.
    O‗qituvchi yoki o‗qituvchilar jamoasi yuqorida taxmin qilingan 
    o‗quvchilardagi salbiy o‗zgarishga nisbatan an‘anaviy tartib - intizom metodlarini 
    tadbiq qiladi:
    a) kundaliklarga ogohlantirish yozish;
    b) ota-onalarga bu to‗g‗risida ma‘lumot berish;
    c) sinf raxbari, maktab raxbariyatiga xabar berish;
    d) darsdan keyin olib qolib qattiq uyaltirish;
    e) bilim dargoxidan xaydash masalasini qo`yish va xokazo.
    Bunday aniq voqelik xar qanday maktab, kollej, akademik litsey, oliy ta‘lim 
    tizimida yuz berib turadi. Bizningcha, jazo choralarini ko`rishga shoshilishdan 
    ko`ra, mazkur "Muammoni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar?", "Nega shunday 
    xodisa yuz berdi?" degan savollarga javob qidirish odilona yondoshishdir.
    "Jumladan, o‗quvchilar va talabalar xulq - atvordagi o‗zgarishlarning qanday 
    motivlari mavjud?", "O‗qishga nisbatan o‗zgaruvchan munosabatni yuzaga 
    keltiruvchi sabablar nimalardan iborat?", "Sinfda (auditoriyada) va undan tashqari 
    u yoki bu xatti - xarakatlarni amalga oshirishga undovchi omil qaysi?" va 
    boshqalar.
    Yuqorida ta‘kidlab o`tilgan munosabat va xulq - atvor motivlarini chuqur va 
    mukammal o`rganmasdan turib, pedagogik ta‘sir o`tkazish chora va tadbirlarini 
    qo`llash mumkin emas, chunki motivni turtki sifatida namoyon qiluvchi ichki va 
    tashqi ta‘sirini aniqlamasdan, unga ilmiy yondashib bo`lmaydi.
    Xozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni egallashga nisbatan ichki 
    extiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan shaxs xulq - atvorini birmuncha 
    boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta‘kidlaydi. Shuning bilan birga o‗quvchi 


    74 
    (talaba) da barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga aloxida e‘tibor 
    qilinadi. Darhaqikat barqaror bilishga qiziqishlar ko`zg`atuvchi turtki (kuch) 
    sifatida o‗quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatli ta‘minlashga xizmat 
    qiladi. O‗quvchi yoki talabada bilimlarning muayyan soxasiga, u yoki bu faoliyat 
    turiga qiziqishning tug`ilishi ko‗p jixatdan shaxsni qay tarika shakllanish 
    imkoniyatini belgilaydi.
    Ana shu boisdan o‗qituvchi o`z o‗quv faniga nisbatan o‗quvchi va 
    talabalarda qiziqishni o`stirish tarafdori bo‗lishi shart, chunki xuddi shuning 
    negizida o‗quv materiali va o‗quv dasto`rini yuksak darajada o`zlashtirish 
    muammosi yotadi. Shuni aloxida ta‘kidlash lozimki, bilishga qiziqish motiv 
    doirasida o`sadi, o`zaro ta‘sir etadi, ular bilan uzviy bog`lanib ketadi.
    Ma‘lumki, o‗quvchi (talaba) bilim dargoxida ilm olishdan tashqari 
    tengdoshlari jamoasi ichiga kirib boradi va qatnashadi, shu boisdan unda o`z 
    o`rtoqlari, o‗qituvchilarga nisbatan muayyan munosabat shakli vujudga keladi. 
    Uning o‗quv faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir qatorda boshqacha xususiyatli 
    xulq - avtor motivlari ham mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‗lish 
    istagini anglatib, uning hayotida ishtiroq etish xoxishini o`zida aks ettiradi.
    O‗quvchi va talabalar o‗quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa 
    odamlar bilan muomalaga kirishi extiyoji bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularni 
    baholash, quvvatlash, tengdoshlar jamoasida muayyan joy egallash singari 
    talablarda o`z aksini topadi. Mazkur motivlar o‗quv faoliyatining moxiyati bilan 
    bog`liq bo`lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni bildiradi. Ammo ushbu
    motivlar o‗quvchi va talaba o‗qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi. 
    Ijtimoiy motivlarni taxlil qilishda davom etsak, ular bevosita jamoa burchi, 
    qarindoshlar va yaqin kishilar oldiga burch, o‗qishni umuminsoniy madaniyat, 
    qadriyat, ma‘naviyatni egallash tasavvuri bilan bog`liq vosita, ushbu vosita 
    odamlar foydali shaxs tarikasida namoyon bo‗lish, o`z imkoniyatini ro`yobga 
    chiqarish, ezgu niyatini ushatishga intilish funksiyasini bajarish mumkin. Turtki, 
    undovchi usul vazifasini bajaruvchi ko`zg`atuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab 
    u yoki bu darajada aks etadi, ammo ular xar doim ham anglashilgan shaklga ega 


    75 
    emas, shuning uchun ifodalanish darajasi nursizdir. O‗smirlik va o‗spirinlik 
    davrlarida ijtimoiy motivlar anglashilgan, ahamiyat kasb etuvchi bosqichga o`sib 
    o`tadi. Bunday motivatsiyani xar tomonlama qo`llab quvvatlash, rag`batlantirish 
    bilan birga va bir davrning o`zida bilishga qiziqishiga aloqador boshqa o‗quv 
    faoliyati motivlarini shakllantirish lozim.
    Ijtimoiy motivlar o‗quvchi va talabalarning tor ma‘nodagi shaxsiy intilishlari 
    bilan ham aloqador bo‗lishi mumkin, jumladan, ularda o‗qishga nisbatan qiziqish 
    yuk bo`lsa - da lekin barcha topshiriqlarni yuksak darajada bajaradi, chunki 
    o‗qituvchi ularning "a‘lo" baholashi, sinf yoki kurs pyozqadami qilib tayinlashi, 
    xech qanday shubxa bilan qaramasligi, extimol o‗quv jarayoni bunday 
    xususiyatlari odamlarga shaxsiy muvaffaqiyat yoki yutuqqa erishishning, nufuz 
    (obro` - e‘tibor) ning, yalov - bardorlikning birdan - bir yo‗li deb tasavvur qilinadi. 
    Bunday yo‗lni tanlash vijdonga hilof xatti-xarakatlarga olib boradi, shaxsni 
    shakllanish jarayoniga salbiy ta‘sir etadi. Shu boisdan ijtimoiy deb qabul qilingan 
    motivlar jamoa extiyo`jini qamrab oladi, goxo ular shaxsiyatparastlik, tor saviyali 
    shaxs xususiyatini mujassamlashtiradi.
    Ularning hayotida o`z tengdoshlari va do`stlari bilan muomalaga kirishish, 
    do`stlikka sodiqlik, bergan va‘dasi (so`zi) ni uddasidan chiqish, hamkor bo‗lish 
    extiyoji muxim o`rin egallaydi. O‗qituvchi mashg`lotlarda o‗quv faoliyatining 
    zarur motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud ehtiyojlariga tayanib ish tutsa, 
    o‗quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi. 
    Shuning uchun qiziqish, motiv, motivatsiya shaxsning xatti-xarakati ichki 
    regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojni qondirish, xoxish - istak, ezgu niyat, 
    orzu tilakni amaliyotda ro`yobga chiqarishning bosh omili bo`lib xisoblanadi. 
    Motiv va motivatsiya faqat bilimlarni o`zlashtirish, o‗quv ko‗nikmalari va 
    malakalarini egallash bilan cheklanib qolmasin, balki shaxsning xulq-atvori, ya‘ni 
    shaxsga oid xususiyatlarining namoyon bo‗lishini ham izohlashga xizmat qiladi. 
    Bu husussiyatlar quyidagilardan iborat: 
    1) kasblarni o‗rganish metodlarini ishlab chiqish, ularni klassifikatsiyalash 
    va lo‗nda qilib ifodalash;


    76 
    2) o‗qituvchining kasb maorifi yuzasidan tashviqot ishlari olib borish, 
    o‗qituvchilar bilan kasbga doir individual konsultatsiyalar - maslahatlar 
    uyushtirish, o‗spirin va uning ota-onasi bilan kasbga yo‗naltirish metodikasini 
    birgalikda ko‗zdan kechirish; 
    3) o‗spirinlarni kasbning asosiy guruhlari bilan yaqindan tanishtirish, 
    ularning fazilatlari hamda kasb o‗rganishning yo‗llari bilan tanishtirishni tashkil 
    qilish; 
    4) mehnat ta‘limi darslarida o‗quvchilarda dastlabki kasbiy tayyorgarlikni 
    yuzaga keltirish va unga nisbatan mexr - muxabbat uyg`otish; 
    5) psixodiagnostik va kasb tanlashga doir metodlarni amaliyotda tadbiq 
    qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish; 
    6) tuman va shaxarlarda zamon talabiga javob beradigan kasb tanlash 
    markazlarini jixozlash; 
    7) kasb tanlashni tashviqot qilish yuzasidan o‗spirinlarni ommaviy axborot 
    vositasiga jalb qilish va ularni psixologik jixatdan tayyorlash kabilar. 
    O‗quvchilarni professiogramma bilan tanishtirishda bosh maqsad quyidagi 
    tarkibiy gismlarni, o`z ichiga qamrab oladi:
    a) asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr - 
    xayo`li - xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo`naltirilgan bo‗lishi kerak;
    b) asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni 
    amalga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi soxalarda ishlatish 
    mumkin ekanligini bilish, ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalarning rolini 
    to‗g‗ri tasavvur qila olish, operatsiyalarning yangi variantlarini qidirish va kashf 
    qilish uchun xarakat qilish;
    c) asosiy qurollar va vositalar: qo`l aslaxalaridan - slesar, xirurg, skripkachi, 
    g`ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi;
    d) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini o`rab turgan tabbiy muxim va 
    sharoitlar, kishilar va x.k. 
    Yuqoridagi muloxazalardan kelib chiqqan xolda, o‗spirinlarning qiziqishi, 
    mayli, extiyoji, iqtidori, qobiliyati, ko‗nikmasi va malakasini xisobga olgan xolda 


    77 
    kasb tanlashga to‗g‗ri yo‗llantirish mamlakat taraqqiyoti uchun puxta zamin 
    xozirlaydi. Bu xaqda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ibratli fikrlar 
    bildirilgan. 

    Download 1,72 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish